1 Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba`zi belgilarining ko’rinishini o’rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma`lumotlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, bola xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funktsiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalanadi. Masalan: darsda bola diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to’plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg`ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Ikkala holatda ham u yoki bu o’quvchi o’zlashtirishi va intizomining pasayishi tashqaridan sezilsada, psixodiagnostik tadqiqotlarda o’rganilayotgan o’zgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo’lishi psixologik holat belgilari ham o’rganiladi.
1. Psixik taraqqiyot o’zgarishini o’rganish uchun zarur ma`lumotlarni to’plash. Agar «ko’ndalang kesim» metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma`lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, ya`ni psixik funktsiyalar rivojlanishining dolzarb zonasi aniqlanadigan bo’lsa, «uzunasiga kesim» (longitYud) psixodiagnostik tadqiqotlarda bola psixik hayoti taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishi, ya`ni ta`lim va tarbiya jarayonida o’ rganiladi.
2.O’yin va o’qish faoliyatida ko’p martalab o’tkazilgan eksperimental-psixologik tadqiqotlar bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishida ma`lum faoliyatning ta`sir ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Bolada o’tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki qo’llanilgan turli metodlarning o’quv-tarbiyaviy ta`sirini hisobga olganda shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi.
3. Aqliy zaiflik darajasini, yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar mahsus yoki yordamchi maktabda o’qish haqida masala hal bo’layotganda tibbiy pedagogik xay`at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin.
4. Bolalarda paydo bo’lgan etarlicha o’rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o’tkazish. Vazifa bunday qo’yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala bo’yicha katta guruhlarda tadqiqot o’tkaziladi. Bu erda olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
2 Ob’ektivlik prinsipi
u prinsipga ko‘ra, ob’ektni bilish davomida bizning shu ob’ekt haqidagi sub’ektiv fikrlarimizga emas, balki uning o‘z tabiatiga asoslanmoq, predmet haqidagi fikrni predmetning o‘ziga bo‘ysundirmoq, ob’ektga o‘ylab chiqarilgan sxema va tuzilmalarni yopishtirmaslik, balki ularni ob’ektining xususiyatlari, qirralari va tomonlaridan chiqarmoq kerak. Ob’ektni tadqiq etish jarayonida bu o‘ta muhim metodologik prinsipning buzilishi bizni soxta xulosalarga, haqiqiy ahvolning ixtiyoriy yoki g‘ayriixtiyoriy ravishda buzib ko‘rsatilishiga olib keladi, bu xol amalda ob’ektni o‘rganayotgan sub’ektning (odam, kishilar guruhi yoki butun jamiyatning) shu ob’ektni bilish va ijodiy o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qiladi.
3 diagnostikani predmeti, maqsadlari, vazifalari, ahamiyati xarakteristikasi va uning metodlari haqida fikr yuritamiz. Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari kutilgan natijalari bo’ladi.
Pirovard ish natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar chiqarish, yoki yo’l qo’yilgan bo’shliqlarni to’ldirish, kelgusi rejalarda uni hisobga olish pedagogik diagnostikani predmeti hisoblanadi.
O’quvchi bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtihonlardan o’tkazish, pirovard ish natijalar o’quvchini, kamchiliklarni aniqlash orqali galdagi vazifalarni belgalash jarayonida pedagogik diagnostikaning usullaridan foydalanib kelingan.
Ayrim mutaxasislar pedagogik diagnostikasi ta`lim mazmunida ko’zda tutilgan bilimlarni o’zlashtirishni asosiy deb tushunadilar. Boshqa bir mutaxasislar diagnostikani o’quv - biluv jarayonini jadallashtiruvi axborot deb targ’ib qiladilar.
Ayrim mutaxasislar diagnostikani egallash bilim, ko’nikma, tushuncha,malakalarning sifatini nazorat etish degan fikrni ilgari suradilar.
Bizning fikrimizcha, pedagogik diagnostika o’quvchining o’zlashtirish imkoniyati bilan o’quv materiallari mutanosibligini tahlil etish, tanqidiy baholash, takliflar ishlab chiqish, rejalar tuzib tadbiq etish asosida maqsadni to’g’ri tanlash mezonidir.
Umuman olganda pedagogik diagnostika o’quv materiallarini o’rganish, o’zlashtirish, bilib olish jarayonini tashkil etish orqali eng mavhum pedagogik asosni yaratishga zamin yaratadi.
4 Har bir dars o’quvchilarning bilim va malaka doiralarini kengaytirishi
hamda mustahkamlashi, ularda barqaror ijobiy ko’nikma va odatlar hosil
qilishga yordam berishi lozim.
Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iborat
qilib qo’ymasligi balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari bilan
organik bog’lab olib borish ham zarur.
SHuning uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi lozim.
Bu esa biror temaga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars materiali asosida
26
o’quvchilarning ahloqiylikning qanday g’oyalarini anglashga olib kelajagini
diqqat, fikrlash, xotira, tasavvur, irodani rivojlantirish va boshqa shu kabilar
sohasida shaxs sifatini qanday kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur
qilmog’i lozim.
Agarda bolalar yaxshi yoritilmagan sinfda, yoshiga mos kelmaydigan
qo’pol, og’ir asboblar bilan ishlasalar, bu ularning ish natijalariga juda yomon
tahsir ko’rsatadi. Mehnat madaniyati malakalari ko’p marotaba takrorlanadigan
mashqlar natijasida hosil bo’ladi, bunda mashqlar davomida har bir mashq
jarayonida o’rnatiladigan tartib va ish harakati izchilligini sistematik suhratda
tushuntirish berish zaruriyati bilan birga qo’shib olib boriladi.
Mehnat va politexnik jihatdan tayyorlashning yangi dasturi “taqlid qilish”
metodikasini mehnat darsidagi ish sistemasi sifatida rad etadi, tajriba shuni
ko’rsatadiki, bolalar butun buyumni tuzulishini yaxshi tasavvur etsalargina ish
opreatsiyasi va asboblar bilan ishlash usullarini tezroq va puxtaroq o’qib
oladilar, o’qituvchi ayniqsa birinchi sinf o’quvchisi o’qituvchiga taqlid qilishga
intiladi. SHu sababli o’quvchi boshdan boshlaboq faqat to’g’ri usullarni
ko’rishi va eslab qolishi lozim. Bordi-yu o’qituvchi qo’llamasligi lozim
bo’lgan noto’g’ri ish usulini har doim tahkidlab ko’rsataversa o’quvchi shuni
eslab qolishi mumkin, u o’quvchilar ongiga singshib olib, keyin uni tuzitish
ancha qiyin bo’ladi.
5 Professional ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar o’zining pedagogik faoliyatida
pedagogik diagnostika bilan shug’ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Xar
kanday faoliyat zamirida xam amalga oshirilgan ishlarning pirovard maksadi, vazifalari va
kutilgan natijalari buladi. Faoliyat natijalarini sarxisob kilish, amaliy xulosalar yasash - bush
yoki muvaffakiyatli urinlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi boskichlarida uni xisobga olish
diagnostika deyiladi.
Pedagogik diagnostika o’quvchining o’zlashtirishi, o’qishdagi qiyinchiliklarini, uning
o’qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o’rganishga yo’naltirilgandir. Diagnostika
natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri rejalashtirish, yo’l qo’yilgan hatolarni tuzatish,
psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib boorish imkonini beradi.
Pedagogik diagnostika mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |