1. Brendni nomlashning maqsad va vazifalari. Brend nomlanishining hozirgi kundagi o’ziga xos xususiyatlari


Kompaniyalar faoliyatini rivojlantirishda jahon tajribasidan foydalanishmi takomillashtirish



Download 69,43 Kb.
bet8/9
Sana14.07.2022
Hajmi69,43 Kb.
#794266
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
wwwwwwwwww

4. Kompaniyalar faoliyatini rivojlantirishda jahon tajribasidan foydalanishmi takomillashtirish.
2016 yilda O’zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Turizm sohasidagi o’zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo’nalishlaridan biri bo’lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta’minlay oladi. Tahlillar sohaga tegishli asosiy ko’rsatkichlarning ijobiy dinamikasini ko’rsatdi. Xususan, 2016-2019 yillar oralig’ida O’zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlarning sonida sezilarli o’sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016 yilda mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo’lsa, 2019 yilda ularning soni 3,3 barobarga ko’payib, 6,7 millionga yetdi. 2018 yilda chet ellik sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 98%ga, sayyohlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni esa 131%ga ko’paydi. E’tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro’y bermoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar soni yillik o’rtacha 22-25 foiz atrofida ko’paygan bo’lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida yillik o’sish 50 foizni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda ichki turizm ko’rsatkichlarida ham ijobiy natijalar qayd etildi. 2016 yil bilan solishtirganda 2019 yilda mahalliy sayyohlarning soni deyarli 2 barobarga ko’payib, 14,7 millionga yetdi. Pandemiyaning turizmga ta’siri Jahon turizm va sayyohlik kengashi ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda turizm va sayyohlik sohasining jahon yalpi ichki mahsulotiga bevosita va bilvosita qo’shgan hissasi 8,9 trillion (jahon YaIMning 10,9 foizi) dollarga teng bo’lgan. Dunyo bo’ylab har o’n kishi turizmga aloqador sohalarda faoliyat olib borgan. Ta’kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi fonida joriy etilgan cheklovlar va ularning natijasida yuzaga kelgan global inqiroz oqibatlari tufayli turizm sohasi katta talofatlarga yuz tutdi. Xususan, 2020 yilda O’zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarning soni 96% foizga kamayib, 1,5 mln. nafarga tushib ketdi. Ko’rsatilgan sayyohlik xizmatlarining hajmi esa 261 mln. dollarni tashkil etdi. Xususan, pandemiyaning boshlanish nuqtasi 2019 yilda ko’rsatilgan turistik xizmatlarning umumiy hajmi 1,5 mlrd. dollardan oshgan bo’lsa, eksport ko’rsatkichlari 1,3 milliardga yetib, umumiy xizmatlar eksportining 38,2 foizini tashkil etdi. Turizm sohasining qayta tiklanishi Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, «Uzbekistan Safe travel» guaranteed ("O’zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan") "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 1105 loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha sayyohlarga mo’ljallangan bo’lib, jahon standartlariga asoslangan sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi hisoblanadi. Turizm ob’yektlari va tegishli infratuzilmani, turistik xizmatlarni yangi sanitariya-gigiyena talablari asosida sertifikatlash quyidagilar uchun majburiy bo’ldi: barcha davlat chegara punktlari; havo, temir yo’l va avtobus bekatlari; moddiy-madaniy meros ob’yektlari, muzeylar, teatrlar va boshqalar. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2020 yildagi №4755-sonli Qarori bilan Xavfsiz turizm jamg’armasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasining 20 milliard so’m miqdordagi dastlabki to’lovi, shuningdek, «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» tizimi doirasida joriy etilayotgan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o’tish uchun to’lanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi to’lov hisobidan shakllantirildi. Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun O’zbekiston turizm sohasi ishtirokchilari bir qator imtiyoz va imtiyozlarga ega bo’ldilar. Shunday qilib: - turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalarining daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq stavkasi 50%ga kamaytirildi; - turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i va mol-mulk solig’ini to’lashdan ozod etiladi; - ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida belgilandi; - turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun turistik faoliyat bilan shug’ullanganlik yig’imini hisoblash va to’lash vaqtinchalik to’xtatildi; - joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklaridan ilgari berilgan kreditlar bo’yicha turistik tashkilotlarning foiz xarajatlari qisman qoplandi; - mehmonxonalarni tasniflash yoki modernizatsiya qilish uchun moddiy-texnik bazani yangilash, rekonstruksiya qilish va mustahkamlash xarajatlari qisman qoplandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo’llabquvvatlashga doir kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonida 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 1 martga qadar joylashtirish bo’yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash ko’zda tutilgan. Umuman olganda, Davlat Rahbarining videoselektor yig’ilishida qayd etishiga ko’ra, 1750 ta sub’yektga mol-mulk solig’i, yer va ijtimoiy soliqlar bo’yicha qariyb 60 milliard so’m miqdorida imtiyozlar berildi. Sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 1106 Sayyohlar sonining keskin o’sishi natijasida yuzaga kelgan talabni qondirish maqsadida davlat tomonidan joylashtirish maskanlarini ko’paytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Birinchidan, hamyonbop joylashtirish maskanlari turiga mansub xostellar faoliyatini tartibga soluvchi 22 turdagi ortiqcha talablar bekor qilindi. Shu jumladan, xostellar tomonidan ko’rsatiladigan mehmonxona xizmatlarini majburiy sertifikatsiyalash tartibi bekor qilinib, mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ro’yhatdan o’tgan holda faoliyat olib borish amaliyoti yo’lga qo’yildi. Ikkinchidan, mamlakatda kichik turdagi mehmonxonalar sonini ko’paytirish maqsadida Turkiya va Janubiy Koreya tajribasiga asoslangan 50 nomergacha bo’lgan kichik mehmonxonalarning 8 turdagi namunaviy loyihalari tadbirkorlarga bepul taqdim etildi. Hisob-kitoblarga ko’ra, tarqatilgan loyihalarning umumiy qiymati 60 mlrd. so’mdan oshiqni tashkil etadi. Uchinchidan, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida, davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida mehmonxonalar qurishga qator imtiyozlar joriy qilindi. Unga ko’ra, qurilgan 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun davlat byudjeti mablag’lari hisobiga 30 mln., 4 yulduzli mehmonxonalar uchun 40 mln. so’m kompensatsiya ajratish belgilandi. Shu bilan birga, jahonga mashhur mehmonxona brenlarini jalb qilgan mehmonxonalarning royalti xarajatlarini qisman kompensatsiya qilish amaliyoti yo’lga qo’yildi. Unga ko’ra, 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 200 AQSh doll., 4 yulduzli mehmonxonalar uchun 400 doll ajratiladi. Natijada, joylashtirish vositalarining soni keskin ko’paydi. Xususan, 2016-2020 yillar oralig’ida ularning soni 750 tadan 1308 taga, mavjud o’rinlar soni esa 34 mingdan 62 mingga oshdi. Shuningdek, 2018-2020 yillar davomida mehmon uylarining soni 13 barobarga oshib, 1386 taga yetdi. Turizm industriyasini rivojlantirishda yetakchi mamlakatlar tajribasidan foydalanish yo’llari Turistik safarlar sonining ortishi, ular jug’rofiyasining kengayishi, transport vositalarining rivojlanishi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar davlatlar va hukumatlarning diqqat-e’tiborini turizmni rivojlantirish muammolari hamda milliy turizm tashkilotlarining yangi mavqeiga qaratmoqdalar. 1921 boshlab Millatlar ligasi, BMTning 1975 yildan boshlab esa Jahon turizm tashkilotining rahbarligi ostida turizm muammolariga bag’ishlangan 30 dan ortiq xalqaro anjumanlar, kongresslar va tadbirlar o’tkazildi. 1995 yil mart oyida Kadis shahrida (Ispaniya) JTT rahbarligi ostida turizm bo’yicha xalqaro forum o’tkazildi va unda jahonnning 52 mamlakatidan kelgan parlamentchilar ishtirok etdilar. Ushbu forum shunday xulosaga keldiki, davlatlar turizm rivoji uchun katta ahamiyatga molik quyidagi muammolarni yechishda yordam berishlari zarur:4
• turistik rasmiyatchilikni tartibga solish va turistlar xavfsizligini oshirish; "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 1107
• turizm infratuzilmasi, shu jumladan transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish;
• turistik tashkilotlar rahbarlari va xizmatchilarini o’qitish uchun sharoitlar yaratish;
• turistik ob’ektlar va safar manzillarida ekologik normalarga rioya qilishni ta’minlash;
• turistlar huquqlarini himoya qilish;
• turistik firmalar uchun imtiyozli soliq tizimini ta’minlash;
• turizmda qabul kilingan xalqaro mezonlar va normalar asosida ob’ektiv statistika hisoboti va nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradigan iqtisodiy va statistik mexanizmlardan foydalanish;
• turizm uchun foydali bo’lgan mamlakat timsolini shakllantirish yo’li bilan milliy turmahsulotlarni chet-el bozorlariga olib kirish. Quyidagilar bir qator xorijiy mamlakatlarda turizm rivojini qo’llabquvvatlashning iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlari bo’lib xizmat qiladi:
• soliq imtiyozlari, subsidiya va dotatsiyalar;
• turizm rivojini va turistik xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni qo’llab-quvvatlovchi milliy qonunchilik va normativ hujjatlari;
• mamlakatga kirish va undan chiqish paytida pasport va viza cheklashlarini kamaytirish;
• narxlarni qisqartirish va boshqa turli xil imtiyozlar berish yo’li bilan nomavsumiy turizmni rag’batlantirish;
• ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash;
• turistlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish;
• davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy merosni asrab-avaylash bo’yicha va boshqa chora-tadbirlarni kuchaytirish. Bir qator mamlakatlar, shu jumladan Ispaniya va Gretsiya soliqlar amortizatsiya ajratmalari va oborot uchun soliqlar to’lash bo’yicha sarmoyadorlarga imtiyozlar beradilar. Ba’zi mamlakatlarda korxonalar faoliyatining dastlabkn yillarida ularni daromad solig’idan ozod etish, shuningdek, qo’shimcha qiymat solig’ini to’lashda imtiyozlar berish amaliyoti qo’llaniladi. Bundan tashqari mehmonxonalar uchun asbob-uskunalar va sayohat uchun transport vositalarini import qilish paytida bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlar (umuman ozod qilishgacha) beriladi . Yevropa Ittifoqi mamlakatlari turizm va mehmonxona faoliyati uchun 6-25% atrofida bo’lgan qo’shimcha qiymat solig’ini (QQS) tenglashtirishga yo’naltirilgan siyosatni olib borishadi. Misol uchun, Germaniya va Lyuksemburgda o’rtacha QQS miqdori 15% qilib belgilangan. Daniya va Shvetsiyada maksimal QQS miqdori 25%ga teng. Ispaniyada joylashtirish uchun QQS o’rtacha 7%ni tashkil qiladi va mehmonxona darajasiga qarab o’zgarishi mumkin, ovqatlanish (restoran xizmatlari), avtomobillarni "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 1108 ijaraga olish uchun QQS esa 16%gacha yetadi. Gretsiyada joylashtirish va ovqatlanish kerak. Ikkinchi vazifa o’z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa o’z navbatida suv resurslari, elektr quvvati, transport vositalaridan samarali foydalanish, turizm sohasida ish bilan ta’minlash, mahalliy aholi qatnashuvi siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, madaniy, tabiiy va tarixiy qadriyatlarni muhofaza qilish kabi masalarni ko’rib chiqish zaruratini tug’diradi. Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim hisoblanadi. Maktablarning o’quv rejalariga turizm ekologiyasi bo’yicha o’quv kursini kiritish tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida davlat turistik tashkilotlar va professional turistik birlashmalar xususiy sektor bilan hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Turizmni rivojlantirishni rejalashtirish sohasida yetakchi mas’uliyat davlatga yuklanadi. Davlat idoralari turizmning tartibsiz rivojlanishini oldini olish maqsadida bu jarayonni nazorat qiladi. Sust rejalashtirilgan va boshqarib bo’lmaydigan turizm tuzatib bo’lmas zarar yetkazishi mumkin Masalan, Bermuda orollarida turizm industriyasini himoya qilishga yo’naltirilgan bir qator qonuniy hujjatlar qabul qilingan. Ayniqsa, portlarga kiruvchi kemalar soni cheklangan, neon bezaklar man etilgan, dengiz o’simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish nazarda tutilgan, binolar balandligi chegaralangan, tabiiy qo’riqxonalar uchun yer ajratish ko’zda tutilgan. Davlat idoralari vazifalariga yangi qurilishlarni nazorat qilish ham kiradi chunki turistik ob’ektlarni suv bilan ta’minlash, oqava suvlarni, axlat va qoldiqlarni chiqarish, zarur joylarda suvning qo’shimcha zahiralarini yaratish uchun zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo’lishi kerak. Qurilishda yangi ish joylarini tashkil qilish maqsadida kup sonli mahalliy ishchi kuchini talab qiluvchi texnologiyalardan foydalanish, shuningdek qurilayotgan turistik ob’ektlarbo’ronlar, suv toshqini, zilzilalar kabi ehtimolli tabiiy ofatlarni hisobga olgan holda loyihalashtirilganligi davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim. Davlat tomonidan nazorat qilinuvchi choratadbirlar tizimigina turizmning uzoq muddatli to’g’ri va samarali rivojlanishini ta’minlashi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasida turizm sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi, ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lib xizmat qiladi. Turistik faoliyatining davlat nazorati shundan iboratki, O’zbekiston Respublikasida turizm iqtisodiyotning ustivor tarmoqlaridan biri deb tan olingan. Mahalliy va tashqi turizm, shuningdek, ijtimoiy va madaniy turizmni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish davlat nazoratining ustivor yo’nalishlari sifatida e’lon qilingan. Turistik faoliyatning davlat tomonidan nazorati quyidagicha amalga oshiriladi:
• turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy va huquqiy hujjatlarni yaratish;
• turistik mahsulotni ichki va jahon turizm bozorlariga olib chiqishda yordam berish; "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 1109
• turistik faoliyatni standartlashtirish va litsenziyalashtirishni amalga oshirish, turistik mahsulotini sertifikatsiyadan o’tkazish;
• O’zbekiston hududida mamlakatga kirish, chiqish va istiqomat qilish qoidalarini o’rnatish;
• turizmni rivojlantirish bo’yicha davlat dasturlarini yaratish va amalga oshirish uchun to’g’ri byudjet mablag’larini ajratish;
• turistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash; turizm faoliyatini kadrlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash va turizm sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va boshqalardan iborat. Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda sayyohlik sohasini innovatsiya va raqamlashtirish orqali o’zgartirish zaruriyati mavjud. Egallanmagan imkoniyat sifatida endi rivojlanayotgan agro va etno turizm kabi bozor segmentlarini rivojlantirish lozim. Turizmni rivojlantirishning jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, mazkur industriyani yuqori daromadli sohaga aylantirish uchun davlat va xususiy sektordagi barcha ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish va mustahkamlash zarur. Bunda, hukumatning roli xalqaro, hukumat va xususiy sektor darajalarida turizm sohasidagi rivojlanish siyosatini muvofiqlashtirish va rejalashtirishni ta’minlashdir. Mavjud muammolarni tezkor va sifatli yechish pandemiyadan keyingi davrda O’zbekistonda turizm imkoniyatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi.



Download 69,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish