iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish yo’llari
Marketingning faoliyatini rejalashtirish tovarlar bo’lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va taklifni rejalashtirishni va tovarlarni sotishni, iste’molchilarga o’z vaqtida va to’liq yetkazib berishni, moddiy resurslardan to’la va tejab - tergab foydalanish kabilarni o’z ichiga oladi. Firma faoliyatini samarali rejalashtirish uchun quyidagi asosiy prinstiplarga amal kilish zarur:
-rejalashtirish-firma tashki muxitidagi uzgarishlarga uz vaktida javob berish kerak;
-rejalashtirish bilan, eng avvalo, keyinchalik bu rejani xayotga tatbiq qiluvchilar shug’ullanishi kerak;
-rejalashtirishga mas’ul kishining saviyasi firma resurslarini taqsimlovchi saviyaga mos kelishi kerak.
Marketingni rejalashtirish quyidagi bosh muammolarni yechishga qaratilishi zarur:
-maqsadlarni aniqlash (tanlangan bozor segmentlariga tovarlarni tabakalashtirish, yangi tovarlar va bozorlarni uzlashtirish, raqobatdoshlik muammolarini hal qilish);
-alohida rejalar zaxirasi va tuzilmasini, o’zaro bog’liklikdagi tavsifini shakllantirish;
-rejalashtirish uchun zarur bo’lgan dastlabki ma’lumotlar tabiatini aniqlash;
-rejalashtirish jarayonini va chegarasini tashkil qilishni belgilash.
Tashqi bozorga chiqayotgan firma birinchi navbatda tovar taklif qilishi kerak, agar bu raqobatdosh tovar bulsa, ikkinchi bosqichda bozor tanlanadi, uchinchi bosqichda mavjud tovarlar va bozor istiqbolidan kelib chiqib, firmaning xar bir bo’limiga topshirik beriladi. Rejalashtirishda juda muhim bosqich - bu narx belgilashdir.
Marketing faoliyati uchun ajratiladigan mablag’ ham rejalashtirishda katta ahamiyatga ega. Mablag’ni marketing xizmatining barcha bo’limlariga to’g’ri taqsimlash kerak.
Zamonaviy marketing bu korxonaning yuqori foyda olish maqsadida xaridorlaming real so’rovlari va bozorni kompleks o’rganish asosida xizmat ko’rsatish, tovar ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etish tizimidir. Aytish mumkinki, biznes-rejaning barcha bo’limlarini shakllantirish marketingning ulkan salohiyatidan to’liq va keng miqyosda foydalangan holda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga asoslanadi.
Marketingda asosiysi ikki yoqlama va bir-birini to’ldiruvchi yondashuvdir. Bir tomondan korxonaning butun faoliyati, ayniqsa, uning mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, fan-texnika tadqiqotlari, kapital qo’yilmalar dasturlarini yaratish bozor va undagi o’zgarishlarni chuqur bilishga asoslansa, ikkinchi tomondan bozorga va mavjud talabga faol ta’sir ko’rsatish, ya’ni ehtiyojlar va iste’molchilik afzalliklarini shakllantirish turadi. Bundan marketingning asosiy tamoyili - ishlab chiqarishning yakuniy natijalari iste’molchilar talab va takliflariga yo’naltirilishi kelib chiqadi.
Ushbu kompleks vazifani bajarish uchun marketing tahliliy, ishlab chiqarish va sotuv funktsiyalarini bajarishi lozim.
Tahliliy funktsiya asosan iste’molchilar va raqobatchilarni, shuningdek, tovarning harakatlanishi va sotuv xarakteri, bahoni shakllantirish tizimi va reklamani o’rganishga borib taqaladi. Shu bilan birga korxonaning ichki muhiti, uning ishlab chiqarish imkoniyatlari, raqobatbardoshligi va hokazolar ham tahlil qilinadi.
Quartus II dizayn muhiti sizga yuqoriga yoki pastga qarab dizayn strategiyasini amalga oshirishga imkon beradi.
Ikkala strategiya ham xulq-atvor va modul tavsifidan foydalanishni o'z ichiga oladi. Strukturaviy tavsifda modul tavsiflash ierarxiyasida bir-biriga bog'langan pastki darajadagi komponentlar to'plami sifatida taqdim etiladi. Xulq-atvor tavsifida modulning algoritmi o'rnatiladi.
Yuqoriga qarab loyihalash VLSI ishlab chiquvchisi uchun mavjud bo'lganidan farqli ravishda elementar asosda tuzilgan (odatda o'rta integral mikrosxemalarda sxematik diagramma) uchun batafsil tarkibiy tavsif mavjud bo'lganda qo'llaniladi.
Shunday qilib, dizayn jarayonida ishlab chiquvchi avval tavsiflash ierarxiyasida pastki darajali modullarni, so'ngra yuqori darajadagi modullarni yaratadi. Shuning uchun dizayn strategiyasining nomi.
Yuqoridan-pastga yo'naltirilgan dizayn strategiyasi yaratilgan qurilmaning ishlash algoritmi (xatti-harakatlar tavsifi) va tizim talablari to'plami (maksimal soat chastotasi, kirishlardan chiqishlarga, signallarning tarqalishi kechikishi, energiya sarfi, xarajatlar va boshqalar) ko'rsatilganda qo'llaniladi. Bunday holda, xulq tavsifi rasmiylashtirilishi mumkin (algoritmning blok-sxemasi, grafik, o'tish va chiqish jadvali va boshqalar) yoki norasmiy (og'zaki tavsif). Yuqoridan pastga qarab dizaynni amalga oshirish strukturaviy dekompozitsiyani iterativ amalga oshirishga asoslanadi.
Shunday qilib, dizayn jarayonida ishlab chiquvchi tavsiflash ierarxiyasining yuqori darajasidan, VLSI darajasidan pastki darajalarga tushadi. Shuning uchun dizayn strategiyasining nomi.
Ta'kidlash kerakki, yuqoridan-pastga mo'ljallangan dizayn strategiyasi rivojlanish vaqti va loyihaning sifati jihatidan shubhasiz afzalliklarga ega.
Bozorni segmentlash bir tomondan korxonaning marketing faoliyati yo’naltirilgan bozor qismi va obyektlarini aniqlashni, ikkinchi tomondan bozorda qarorlar qabul qilish jarayoniga boshqaruv yondashuvini, marketing elementlarini to’g’ri tanlashga asos yaratishni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda bozorni segmentlash - bu bozorni ko’rsatkichlari va u yoki bu faoliyat turiga (reklama, sotish kanallari va usullari) reaktsiyasi bo’yicha bir-biridan farq qiluvchi qismlarga ajratishdir.
Segmentlash obyekti birinchi navbatda iste’molchilardir. Alohida tarzda ajratib olingan va umumiy tamoyillarga ega bo’lgan holda ular bozor segmentini tashkil etadi. Segmentlar soni ko’p bo’lganda ularning har biri talablariga moslashish juda qimmatga tushishi mumkin. Shu sababli shaxsiy foydalanish tovarlariga nisbatan doimo yirik segmentlarni belgilash lozim.
Bozor sig’imini aniqlash bozor tadqiqotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tovar bozori sig’imi deganda belgilangan darajada va baholarda tovarni sotish imkoniyatlari tushuniladi. U iste’molchilar talabi va tovar taklifi miqdori bilan tavsiflanadi. Bozor sig’imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |