11.2-jadval
Korxonaning assortiment siyosati.
182. Sifat sohasidagi korxona strategiyasiga nimalar kiradi?
Javob; Sifat sohasidagi korxona strategiyasi. Biznes-rejaning ushbu bandida quyidagilar aks ettiriladi:
xaridor uchun eng jozibali bo‘lgan sifat jixatlarining tavsifi; mahsulot jozibadorligining o‘zgarishi yo‘nalishlari; mahsulot sifatini oshirish borasidagi korxonaning strategik yo‘nalishlari. dizayn borasidagi korxona harakatlarining strategik yo‘nalishlari; korxona mahsulotni dizayni bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; dizayn xizmatiga qilinadigan xarajatlar.
183. Tovar belgisi nima?
Javob, Tovar belgisi - huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi bo‘lib, tovar sotuvchisining faqatgina o‘ziga marka nomi va marka belgisidan foydalanish huquqini beradi. Tovar belgisi sifat kafolatlari, individuallik, reklama va markani himoya qilish vazifalarini bajaradi. Tovar markasi uning bozor atributlari asosiy elementi bo‘lib, bozordagi qiyofasini shakllantirishning asosini tashkil etadi.
184. Tovar markasi ta’rifini va vazifalarini yoriting
Javob; Tovar markasi - bu ramz, belgi, surat, nom bo‘lib, bir yoki bir necha ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarning solishtirishni (identifikatsiya) va raqobatchilar mahsulotlaridan farqlanishini ta’minlaydi.
Markalar o‘z ichiga maxsus ramzli belgilar, rasmlar, nomlar va ularning qo‘shilmalarini qamrab olishi mumkin.
Marka nomi - markaning bir qismi bo‘lib, talaffuz qilish mumkin bo‘lgan xarf, so‘z yoki ularning qo‘shilmasi tarzida ifodalanishi mumkin (masalan, «Mersedes-bens», «Tip-top»).
Marka belgisi - markaning bir qismi bo‘lib, talaffuz qilinmaydi va oson tanib olinadigan belgi, rasm shaklida bo‘lishi mumkin (masalan, «Jeneral motors» uchun «GM» belgisi).
185. Mahsulotning qadoqlanishi qanaqa vazifalarni bajaradi?
Javob; Mahsulotning qadoqlanishi bir qator vazifalarni bajaradi:
mahsulot belgisini, nomini, uning ishlab chiqarilgan joyi va vaqtini ko‘rsatishga ko‘maklashadi. Xozirda qadoqlash idishlarida va yorliqlarda ushbu maqsad uchun shtrix kod tizimidan foydalanilmoqda.
mahsulotning estetik jihatdan ma’qulroq joylashtirish va unga zarar etkazilishidan himoya qiladi;
mahsulotni indentifikatsiya qilishda yordam beradi;
ishlatilishida va saqlashda qulaylik yaratadi;
xaridor e’tiborini o‘ziga jalb qiladi;
mablag‘ni tejaydi.
Qadoqlashning e’tiborni jalb qiluvchanligi mahsulotni muvaffaqiyatli sotilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jalb qilish darajasi bir qator omillar: o‘lchovi, rangi, materiali, qadoqlash shakli jixatidan alohida farqlanuvchi va oson o‘qiladigan yozuv va ko‘rsatmalar bilan shakllanadi.
Qadoqlash idishlari taqqoslash, solishtirish vositasi sifatida shunchalik muhim bo‘lib bo‘lib qoldiki, ''Koka-kola'', ''Xayns'' kabi kompaniyalar o‘z ishlarini va yorliqlarini (etiketka) uzoq yillar mobaynida o‘zgartirmaydilar, bu esa xaridor uchun mahsulot markasini tezda bilib olishga imkon yaratadi. Qadoqlash idishlarini boshqa maqsadlardan ham ishlatish imkoniyati xaridorlarni bevosita jalb qilish darajasini oshiradi. Masalan, ichimliklardan bo‘shagan idishlar keng ko‘lamdagi maqsadlarda foydalaniladi. Ba’zi birlari kolleksionerlar uchun bebaho predmet bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |