32.Bozor sharoitlaridagi rejalashtirish avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejalashtirishdan nimasi bilan farq qiladi?
Javob
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funksiyalari bo‘lib, u yoki bu vaqt oralig‘ida biznes strategiyasini aniqlashga yo‘naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko‘proq ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi.
Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to‘ldirib turadi. Bashorat rejalashtirishning dastlabki bosqichidir.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak bo‘ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi qanday bo‘ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo‘lib, ular ishlab chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
33.Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlarida rejalashtirishning asosiy tamoyillarini sanab bering.
Javob KITOBDA MA’LUMOT YETARLI EMAS
Xo‘jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir.
34.Rejalashtirishdagi iqtisodiy tahlilning ahamiyati nimada?
Javob
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv sub-
yektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Chunki
xo‘jalik subyektlarida rahbar hamda mutaxassislar mavjud axborotlar
bilan ishlashi, ular asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur.
Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va
undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning
eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan.
Tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tahlilning ikki xil
yo‘nalishi mavjud:
1. Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish. Mazkur yo‘nalishda
korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlil qilinadi. Shuning uchun u iqtisodiy
fanlar qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.
2. Iqtisodiyotda tarmoqlar, sohalarni tahlil qilish. Ushbu yo‘nalishda
iqtisodiyotda alohida olingan tarmoqlar, sohalar, iqtisodiy rayonlar,
hududlar va milliy iqtisodiyotning o‘zini tahlil qilish tushuniladi. Shu
o‘rinda aytish kerakki, iqtisodiyotda tarmoqlarni, sohalarni, hududlarni
tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u
makroiqtisodiyot, statistika, iqtisodiy nazariya va tarmoqlar iqtisodiyoti
kurslarida o‘rganiladi.
Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish alohida olingan fan
bo‘lib quyidagi maxsus bilimlar tizimini o‘rgatadi:
• Obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv tartibdagi omillar
ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlar hamda ularning o‘zaro
bog‘liqligini tadqiq qilish.
• Biznes-rejalarni ilmiy asoslash hamda uning bajarilishiga obyektiv
baho berish.
• Ijobiy va salbiy omillarni aniqlash va ularning ta’sirlarini miqdor
jihatdan o‘lchash.
• Korxona rivojlanishidagi yo‘nalish va mutanosibliklarni ochib,
ulardagi foydalanilmagan tashqi va ichki imkoniyatlarni aniqlab berish.
• Tajribalarni umumlashtirish asosida maqbul boshqaruv qarorlarini
qabul qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |