1. Bozor haqida umumiy ma’lumot. Bozorning turli asnolarda tuzilishi



Download 62,65 Kb.
bet13/15
Sana20.01.2022
Hajmi62,65 Kb.
#393497
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Isroilov Jamshid

Monopollashgan bozor – bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar xukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor. Bu bozorning o’zi uch xil bo’ladi:

Monopol raqobatli bozor;

Oligopolistik bozor;

Sof monopoliya bozori.

Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi. Ular bozorda xar xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar (masalan, kurtka, plashch, palto) bilan ishtirok etadilar, ulardan xar biri boshqasi bilan raqobatlashadi, ammo raqobat ishtirokchilari miqdoran cheklangan bo’ladi. Oligopolistik bozorda sanoqli, ozchilik firmalar va kompaniyalar xukmron bo’ladi. Ammo ular xam raqobatlashadilar. Bu yerga bir xil yoki farqlanuvchi tovarlar chiqariladi. Raqobat ko’p xollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi. Oligopolistik bozorda misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin: bozorda tovarlarning xammasi (100%) uchta firma -- ,,Toyota”, ,,Xonda” , ,,Nissan” firmalarinikidir. Sof monopoliya bozorida sotuvchi sifatida bitta firma tanxo xukmron bo’ladi. Butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar yetkazib beruvchi bo’lmaydi, uning tovarini o’rnini bosadigan boshqa tovar xam topilmaydi. Bu yerda raqobat bo’maydi. Shunday bozorda misol qilib, AQSH dagi kompyuter bozorini olish mumkin. Bu yerdagi tovarlarning 80-85 foizini tanxo IBM korparatsiyasi yetkazib beradi. Monopoliya ko’rinishlari qadimdan mavjud. Noyob maxsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv xavzalari, o’rmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qo’lida to’planib, egalariga monopol mavqe bergan. Ular ma’lum maxsulotni bozorga tanxo yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda xukmron bo’lganlar. Monopol o’z tabiatiga ko’ra ishlab chiqarishda turg’unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarf-xarajatlarni kamaytirmay foyda ko’rish, raqobatning yo’qligu yoki zaifligidan foydalanib bozorda o’z izmini o’rkazish mumkin.

Monopoliya bozor inkoniyatlarini cheklaydi, shu sababli respublikamizda Moliya vazirligi qoshida ,, Demonopolizatsiya va raqobatni rejalashtirish” qo’mitasi tashkil etilgan. ,,Ochiq” bozor – bu tovarlarning boshqa yerdan erkin keltirib va chegaralanmagan xolda oldi-sotdi qilinishidir. Ochiq bozor xorij mollari uchun ochiq bo’lgan milliy yoki davlatlararo (regional) bozordir. Ochiq bozor boj to’lovi bilan ximoya qilinmaydi, bu yerga tovarlar cheklanmay oqib keladi. Jahon bozori o’z tabiati bilan ochiq bozor xisoblanadi, unda xamma mamlakatlararo bemalol qatnasha oladi. Milliy bozor bir tovar uchun ochiq bo’lsa, boshqasi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Umuman olganda bozor iqtisodiyotiga erkin va ochiq bozor hosdir. ,, Yopiq “ bozor – bu uchki bozorga xos bozordir. Undagi tovarlar xajmi va turlari eng avvalo maxalliy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bu bozordagi mollar asosan oziq-ovqat, sanoat mollari, xo’jalik va uy-joy qurilish buyumlaridan iborat bo’ladi. ,,Pinxoniy” bozor deganda qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan oldi-sotdi qilish yoki faoliyat bilan shug’ullanish tushuniladi. Bundaylarga: Qurol savdo qilish; Narkotik moddalar biznesi; Qimorbozlik; Foxishbozlik; Valyuta bilan chayqovchilik qilish; qo’lbola” spirtli ichimliklarni tayyorlash; Reket (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’rilik);  Kontrabanda(chegaradan yashirincha mol-tovar o’rkazish yoki chet elga g’ayri qonuniy mol chiqarish). Yashirin biznes soliqlardan va ish kuchini yollashni tartibga solib turuvchi qonun xujjatlaridan xoli bo’lganligi sababli ,,pinxoniy” bozorda narxlar va ish xaqi, odatda, ,, rasmiy” bozorlardagiga nisbatan pastroq bo’ladi. Aynan shu narsa, ,, pinxoniy” bozor qatnashchilariga g’ayri qonuniy mo’may daromadlarni olishlariga imkon yaratadi.




Download 62,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish