1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi kuniga bag`ishlangan davra suhbatimizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi: - Assalomu alaykum! Ma`lumki, bugungi kunda maktablarimizning har bir sinfida bosh Qomusimiz hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rgatuvchi darslar o`tilyapti. Unda bolalar “Konstitutsiya” so`zi “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”, “tuzilish”, “yaratilish” degan ma`nolarni anglatilishini bilib olganlar.
1-boshlovchi: To`g`ri aytasan. Bizning zukko o`quvchilarimiz Bosh qomusimiz haqida bilishlari shart bo`lgan bilim va ma`lumotlarni, huquq va burchlarini o`z yoshlariga munosib ravishda o`zlashtirib borishmoqda.
2-boshlovchi: - Darvoqe, bundan 25 yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini o`zida to`la aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonga yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga kelganining o`ziga xos isboti sifatida Bosh qomusimiz 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi.
1-boshlovchi: - O'zbekiston Konstitutsiyasi bizning mustaqilligimizning huquqiy jihatdan ta`minlovchi asosiy huquq jihati bo`lgani uchun ham biz
8-dekabrni alohida ardoq va mamnuniyat bilan bayram qilamiz.
2-boshlovchi: - Endi navbatni o`quvchilarga beraylik. Bosh qomusimizni ular qanday ta`riflashar ekan?
Xozir davramizga 4-,,B" sinf o'quvchilarini davraga taklif qilamiz...
1-boshlovchi:
-Rahmat, bolalar, chiroyli she'rlarlar uchun.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo`lim, 26 bob, 128 ta moddalardan tashkil topgan..
2-boshlovchi:
-Konstitutsiyamizning “muqaddima”sidan to oxirgi misrasigacha inson manfaatlari haqida, uning farovon turmushi uchun ko`rsatilishi muqarrar g`amxo`rlik to`grisidagi g`oyalar singdirilgan.
Xozir davramizga 4-,,B" sinf óquvchisi Zayirova Farangizni davramizga chaqiramiz...
1-boshlovchi
-Bolalar huquqlari to`g`risidagi qonunlarni o`zida mujassamlashtirgan xalqaro hujjatlar ham bor. 1989-yil 20-noyabr BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilingan. “Bolalar huquqlari to`g`risida“gi konversiya ana shunday hujjat hisoblanadi.
2-boshlovchi
-Darhaqiqat ushbu konversiya 1990-yil 2-sentabr kuchga kirgan. O`zbekiston Respublikasi unga 1992-yil 9-dekabrda ya`ni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning ertasigayoq qo`shilgan.
1-boshlovchi
-“Bola huquqlari to`g`risida”gi konversiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, uning asosiy maqsadi biz – bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat.
2-boshlovchi
-Bir so`z bilan aytganda bu konversiyani o`ziga xos “Bolalar Konstitutsiyasi“ deb ham hisoblash mumkin. Chunki unda bolalar huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, burchlari ifodalangan.
Endi davramizga 4-,,A" sinf óquvchilarini taklif qilamiz. Ular bizga moddalar haqida qisqacha ma' lumot berishadi...
1-boshlovchi . Endi esa davramizga 4-,,A" sinf óquvchilarini chiroyli bir raqsga taklif etamiz...
2-boshlovchi. Xozirgi navbatni 4-,,B" sinf óquvchilarini taklif qilamiz...
1-boshlovchi Endi esa davramizga 4-,,A" sinf óquvchilarini taklif etamiz...
2-boshlovchi. Xozirgi navbatni 4-,,B" qizlarini taklif qilamiz...
Do'stlaringiz bilan baham: |