Avesto.Qur’oni Karim.
Muhammadali:— Mayoq bo‘lding elimga,
Maqom berding tilimga.
Faxr to‘ldi dilimga,
Sha'nim, oru nomusim,
G‘ururimsan — Qomusim.
Ibrohim:— Jamlab, tizib bir ipga,
Yo‘lim solding qolipga.
Hayot tushdi tartibga.
Ahdim, oru nomusim,
Bebahoim — Qomusim.
Alixan:— Huquq, burchim aks etgan,
Har satri pishib etgan.
Maqsad, g‘oyamiz yotgan.
Lafzim, oru nomusim,
Muqaddasim — Qomusim.
Shamshod:— Tunda chaqnagan chaqin,
Yurakda yongan yolqin.
Qalbda jo‘sh urgan to‘lqin.
Baxtim, oru nomusim,
Iftixorim — Qomusim.
Shahlo: - Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek: «... har qanday davlatning
yuzi, obro‘-e'tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir».
Mustafo:- Ajib topgan unda buyuk g‘oyamiz,
Zabt etmoqni maqsad qilgan qoyamiz.
Belgilangan huquq, burch,himoyamiz,
Baxtimiz qomusi - Konstitutsiyam.
O‘zbek elin faxri, ulkan nufuzi,
Asosiy tamoyil, chin, asl yuzi.
Yurakdan bitilgan har satri, so‘zi,
Baxtimiz qomusi - Konstitutsiyam.
- Yo‘lchi yulduz tuydik dildan biz uni,
O‘rgansak kam, takror-takror har kuni.
Eng xalqchil,muqaddas, davlat qonuni,
Baxtimiz qomusi - Konstitutsiyam.
Qomusimiz o’z to’yin qilar tantana,
Karnay-surnay sadosi muborak,yurtimda shodiyona.
Qutlug’ ayyom muborak,yurtimda shodiyona,
Iqbol,quvonch keltirsin ozod,obod o’lkamga.
Asosiy qomusimiz-hayotimiz qomusi
Mustaqillik tufayli ushaldi armonimiz
Konstitutsiyamiz xalqimiz or-nomusi
Taqdirimizdan so’zlar e’tiqod vijdonimiz.
Hayotimiz mezoni
Davlatimiz qomusi
Bunga eng oliy hakam
Har kimning or-nomusi
Burchiga sadoqati,
Va’dasiga vafosi
Ona vatan xalqiga,
Dil qo’shig’i nidosi
-O’zbekiston qomusi
Shahodatlar a’losi
Unda topmish huquqin
Yurtning har fuqarosi.
Shahlo:Yurtim bitta jajji qizing,
Kalomini qabul et.
Oppoq tongda bergan otash,
Salomini qabul et.
Qabul qiling qalbimdagi
Orzularning beshigin
Sen haqingda kuylab yurgan
Tongday toza qo’shig’in
Mittigina gulman axir
O’zing so’nmas chamanim
Keng bag’ringda tug’ildim men
O’zing qutlug’ vatanim.
Mironshoh:Kuchlimisan,kuchsizmisan,
Oqmi,qora,qizil tan.
Baxtli bo’lish huquqi
Barchamizga berilgan
Maktabimiz bog’ida
O’tqazdik biz yosh nihol
Parvarishlab qarardik
Nihol ko’rmasin zavol
Firdavs:Ota va onamizning
Bizlar ko’rar ko’zimiz
Ona O’zbekistonning
Kelajagi o’zimiz.
Ulg’ayaman qo’lda kitob
Yo’l olaman maktabga
Har bolaning huquqi bor
Maktabda o’qimoqqa.
“Havo shari” metodi.Bunda modda mazmuniga mos rasmlar topiladi.
1-boshlovchi: - Yurtimiz obod, elimiz shod, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Ona O‘zbekistonimiz gullab-yashnayversin.
2-boshlovchi: - Xayr, salomat bo‘ling.
Musiqa sadolari ostida tadbirga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |