KEYSLAR TIPOLOGIYASI.Keyslar uchun ular juda ko’p turli ekanligi xosdir.Keyslarning turlari bo’yicha tasniflanishi 7-jadvalda ko’rsatilgan.
7-jadval
Keyslar turlarini tasniflash jadvali
Tipologik belgilari
|
Keys turi
|
Asosiy manbalari
|
1. Tabiiy sharoitdagi
2. Kabinetdagi
3. Ilmiy-tadqiqotchilikdagi
|
Syujet mavjudligi
|
1. Syujetli
2. Syujetsiz
|
Vaziyat bayonining vaqtdagi izchilligi
|
1. O’tmishdan hozirgi kelish rejimidagi keys
2. Vaqt orqaga qaytariladigan keys-xotira
3. Bashorat keysi
|
Keys ob’ekti
|
1. Shaxsiy
2. Tashkiliy-institustional
3. Ko’p sub’ektli
|
Materialni taqdim etish usuli
|
1. Hikoya
2. Esse
3. Tahliliy yozishma
4. Jurnalist tergovi
5. Hisobot
6. Ocherk
7. Faktlar majmui
8. Statistik materiallar majmui
9. Xujjatlar va ishlab chiqarish namunalari majmui
|
Hajmi
|
1. Qisqa (lo’nda)
2. O’rtacha miqdordagi
3. Katta (uzun)
|
Tuzilmaviy o’ziga xos xususiyatlari
|
1. Tuzilmalangan
2. Tuzilmalanmagan
|
O’quv topshirig’ini taqdim etish usuli
|
1. Savolli
2. Keys-topshiriq
|
Didaktik maqsadlari
|
1. Muammo, yechim yoki konstepstiyani izohlash
2. Treningli, o’quv rejasidagi fan bo’yicha malaka va ko’nikmalar orttirishga mo’ljallangan
3. Tahlil va baholashga o’rgatuvchi
4. Muammoni ajratish va yechish, boshqaruvchilik qarorlari qabul qilishga o’rgatuvchi
5. Vaziyat sub’ekti rivojining yangi strategiyalari va yo’llari, yangicha baholash uslublari va shu kabilarni ishlab chiqishga rag’batlantiruvchi
|
Rasmiylashtirish usuli
|
1. Bosma
2. Elektron
3. Video-keys
4. Audio-keys
5. Multimedia-keys
|
Keysologning (shu o’rinda va keyinchalik – keysni ishlab chiquvchi) vazifasi keys turining qo’yilgan didaktik maqsadlarni optimal amalga oshirishga imkon beradigan o’ziga xos xususiyatlarini tanlash va qo’llashdan iborat.
Keyslarning turli manbalari.Keys intellektual mahsulot sifatida o’z manbalariga egadir. Ularni sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin:
3.Mavzu: “Arifmetik progressiya”.
Darsning ta'limiy maqsadi: o'quvchilarda arifmetik progressiya tushunchasini shakllantirish. O'tilgan mavzulardan umumiy xulosa chiqarishni o'rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o'quvchilarni erkin, mustaqil fikrlashga o'rgatish. Ularni jamoa bo'lib ishlashga, ya'ni trening mashg'ulotlariga ko'proq jalb etish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Bu mashg'ulotlar orqali o'quvchilarni o'z
maqsadlariga erishish ruhida tarbiyalash hamda o'qituvchi va o'quvchi munosabatida erkinlik va faollikni oshirish.
Darsning turi: o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida muloqot va munozara darsi.
Darsning jihozi: 9-sinf algebra kitobi, arifmetik progressiyaga doir ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar hamda test savollari. 9-sin uchun elektron darslik, multimediya proyektori.
DARSNING BORISHI:
I. Darsning tashkiliy qismi:
a) tashkiliy qismda salomlashish va o'quvchilar yo'qlamasi;
b)1,2,3-qismlarida shakllanadigan guruhlarga ajratish;
II. Uy vazifasini so’rash: Aqliy hujum:
Arifmetik progressiyaga doir debat o’tkazish.
III. Mashg'ulotning birinchi qismi 25 daqiqa davom etadi.
O'qituvchi galma-gal o'quvchilarga savol bera boshlaydi.
1-savol. Haftaning olti kunida har biringiz 3 tadan test savollari tuzdingiz. Bu tuzgan testlaringizdan shunday ketma-ketlik chiqaringki, natijada arifmetik progressiya hosil bo'lsin.
O'quvchilar bahs-munozara natijasida quyidagi xulosaga kelsa, demak, masalaga to'g'ri yechim topilgan hisoblanadi.
Demak, a1 = 3; a2 = 6; a3 = 9; a4 = 12; a5 = 15; a6 = 18 bo'ladi. Arifmetik progressiyaning ta'rifiga ko'ra, bu ketma-ketlikda ikkinchidan boshlab uning har bir hadiga oldingi hadga ayni bir xil 3 soni qo'shilganiga teng bo'layapti. Bundan esa a6 _ a5 = 18 - 15 = 3. Bu yerda biz har kuni tuzadigan test savollarini d deb belgilasak, quyidagi arifmetik progressiya hosil qilamiz:
a6 a1 + 5 d
2-savol. Agar a6 = 110; a12 = 158 bo'lsa, arifmetik progressiyaning n - hadi formulasini toping.
Ikkinchi o'quvchining javobi:
a5 = a1 + 5 d va a12 = a, + 11d bo'lgani uchun a1+5d = 110 a1 + 11d = 158 bo'ladi.
Ikkinchi tenglamadan birinchi tenglamani ayiramiz. 6 d = 48 qoladi. Bundan d = 8. a1 = a12 - 11d bo'lgani uchun a1 = 158 - 11x8 = 158-88 = 70. a1 = 70.
an = a1 + (n-1)d bo'lgani uchun an = 70 + (n-1) x 8= 70 + 8n - 8 = 62 + 8n.
Javob: an = 62 + 8 n. yoki an = 8n + 62.
Mashg'ulot shu tariqa davom etadi. O'quvchilar ham arifmetik progressiya mavzusidan tushunmagan savollarini o'qituvchilga beradilar.
IV. Mashg'ulotning ikkinchi qismi 10 daqiqa. O'quvchilarning har uch juftligiga kartochkalar tarqatiladi. Test savollari quyidagicha:
1-savol. an = 3 + 4n formula bilan berilgan ketma-ketlik arifmetik progressiya bo'lishini isbotlang.
A) 4 B) - 4 S) 5 D) - 5 E) 6
2-savol. Agar a1 = 5, d = 2 bo'lsa, arifmetik progressiyaning o'n beshinchi hadini toping.
A) 35 B) 34 S) 33 D) 36 E) 32
3-savol. 86 soni 2, 4, 6, 8, ... arifmetik progressiyaning hadi. Shu hadning raqamini toping.
A) 46 B) 44 S) 45 D) 43 E) 42
4-savol. Arifmetik prodressiyada a5=14, a9=18 bo'lsa, n - hadining formulasini toping.
A)n-9 B)-n + 9 S)-n9 D) n + 9 E) 9 - n
5-savol. Arifmetik progressiyada a1 = 5, d =4 bo'lsa, a21 ni toping:
A) 88 B) 87 S) 84 D) 86 E) 85
Test savollar kaliti quyidagicha:
1)-A; 2)-S; 3) - D; 4) - D; 5) - E
Shu 10 daqiqa ichida qaysi juftlik to'g'ri bajarganligi aniqlanadi.
V. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash:
Darsning yakuniy qismida mashg'ulotda faol Ishtirok etgan o'quvchilar bilimi baholanadi va kundaligiga qo'yiladi, o'quvchilar rag'batlantiriladi. O'tilgan mavzu yuzasidan har bir o'quvchi o'z fikr-mulohazalarini bildiruvchi ma'ruza yozib kelishi uy vazifasi sifatida beriladi.
4. 3-sinf matematikadan 10 ta test tuzing
1. Barcha tomonlari teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak nomini toping.
A) To’rt burchak B) Kvadrat D) Uchuburchak
2. To’g’ri javobini toping (54+27) : 9 =
A) 8 B) 9 D) 7
3. Masalani to’g’ri ishlash yo’lini toping.
Bir olma daraxtidan 36 kg, ikkinchisidan 24 kg olma terildi: Hammasi 6 kg dan yashiklarga joylandi. Nechta yashik kerak bo’ladi.
A) (36+24):6 B) (36-24):6 D) 36:6+24
4. Noma’lum sonni toping x-55=45
A) 10 B) 100 D) 1000
5. 30 sonigacha bo’lgan sonlarning 7 ga bo’linadigan eng katta son qaysi?
A) 27 B) 28 D) 29
6. 72 sonidan 8 soni necha marta kichik?
A) 5 marta B) 8 marta D) 9 marta
7. Uzunligi 24 sm bo’lgan kesmaning uchudan bir qismini toping?
A) 8 sm B) 9 sm D) 7 sm
8. To’g’ri belgini qo’ying 2 t 300 kg · 2 t 300 g
A) > B) < D) =
9. To’g’ri javobini toping 63:7+40:8=
A) 14 B) 13 D) 15
10. Tomonlari 5 sm va 4 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning peremetrini toping.
A) 18 B) 20 D) 48
5 .Vaqtga doir masala
Kamolaning uyidan maktabgacha 1 km. Kamola 1 soatda 4 km yuradi? U uyidan maktabga qancha vaqtda boradi?
Toshkent va farg’ona shaharlari orasidagi masofa 330 km. Avtobus soatiga 55 km tezlik bilan yursa, masofani necha soatda o’tadi?
Nodira 1 soatda 3 km yo’l yuradi. U shunday tezlik bilan yursa 6 km masofani qancha vaqtda bosib o’tadi?
Mashina 50 km/soat tezlik bilan ketyapti.
300 km masofani u necha soatda o’tadi
Mashina tezligini 10 km/soatga oshirdi, endi u o’sha masofani necha soatda o’tadi.
Matiz avtomabili 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. U 400 km masofani qancha vaqtda bosib o’tadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |