59. -m egalik qo‘shimchasining vazifasi to‘g‘ri ifodalangan javobni toping. A) fe’llarga qo‘shilib, birinchi shaxsni ifodalaydi
B) fe’llarga qo‘shilib, ot yasaydi
C) unli bilan tugagan otlarga qo‘shilib, qarashlilikni ifodalaydi D) fe’llarga qo‘shilib miqdor anglatuvchi ot yasaydi
60. Quyida keltirilgan gapdagi yasama otlar sonini aniqlang. Qayerda tinchlik hukm sursa, u joyda sotqinlik, aldamchilik, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi. A) 5 ta
В) 4 ta
C) 2 ta
D) 3 ta
61. Boshlang‘ich ta’limda qanday olmoshlar o‘rganiladi? A) 2-sinfda; faqat kishilik olmoshlari
B) 4-sinfda; faqat kishilik olmoshlari C) 3-sinfda; kishilik va ko‘rsatish olmoshlari
D) 4-sinfda; kishilik va o‘zlik olmoshlari
62. Olmosh so‘z turkumi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qaysi metodlarda tushuntiriladi? A) suhbat
B) yarim izlanishli muammoli metod
C) induktiv
D) barcha javoblar to‘g‘ri
63. Kishilik olmoshlarining birlik va ko‘pligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qanday usul bilan tushuntiriladi? A) taqqoslash orqali B) chizmalar orqali
C) darslik bilan ishlash orqali
D) mashqlar orqali
64.Barcha shodlik senga bo‘lsin, bor sitam, zorlik menga, Barcha dildorlik senga-yu, barcha xushtorlik menga. She’riy parchada olmoshlarning necha turi qo‘llangan? A) 4
B) 2 C) 5
D) 3
65. Qaysi gapda o‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan? A) Biz o‘z tuprog‘imizni ko‘z qorachig‘iday asraymiz.
B) O‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun ishlatilmaydi.
C) Soat o‘zi ishlab ketdi. D) Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman.