1. Bojxona auditining bojxona nazorat shakli sifatida kiritilishi



Download 1,07 Mb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#594872
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi


Reja:
1.Bojxona auditining bojxona nazorat shakli sifatida kiritilishi.


2.Bojxona to’lovlarining to’g’ri va to’liq undirishida bojxona auditining roli
3.Bojxona auditini o’tkazishda xalqaro tajribalar.

Soʼnggi yillarda tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, tashqi bozorlarda talab yuqori boʼlgan sifatli mahsulotlar eksportini koʼpaytirish, mamlakat ichki bozoriga kiritilayotgan import tovarlar hajmini keskin qisqartirish choralarining koʼrilishi va tadbirkorlik subʼektlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida qator iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Soliq va bojxonaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritilmoqda, yangilari qabul qilinmoqda.


Davlatlar oʼrtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojida tashqi savdo orqali sodir etiladigan operatsiyalar katta ahamiyatga ega. Shu bois ularning qonuniy asosda amalga oshirish jarayonini tezlashtirish, bunda tashqi iqtisodiy aloqalar va bojxona tizimida tub islohotlarni joriy etish jarayoni, rivojlangan Gʼarb mamlakatlari tajribasidagi ilgʼor va samarali metodlarni mamlakatda qoʼllashni taqozo etmoqda. Bu esa bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona nazoratida har ikkala tomon manfaati uchun ham ortiqcha vaqt va xarajat talab etuvchi nazorat amallari oʼrniga bojxona nazoratining biz uchun yangi boʼlgan shakli – bojxona auditini amaliyotimizga kiritishni zaruratga aylantirmoqda.
Bojxona auditi — tovarlarni chiqarishga ruxsat berilgandan so‘ng bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilganligini vakolatli shaxslar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar bilan solishtirgan holda o‘rganish va tekshirishga asoslangan bojxona nazorati shakli
Iqtisodiyotimizni yanada isloh qilishning hozirgi sharoitida xalqaro tashqi savdoda axborotlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida bojxona auditini tashkil etish va oʼtkazish metodologiyasini yaratish zarurati paydo boʼlmoqda. Bundan kelib chiqib qonunchilikda quyidagi o’zgartirish va qo’shimchalar joriy etildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 05.06.2020 yildagi PF-6005-son farmoni.Bunga ko’ra:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
Bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin TIF ishtirokchisi faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmasida umumiy shtat birliklari doirasida:
Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etilsin;
Uch oy muddatda bojxona auditi tamoyillari va usullari, audit obyektlarini tanlash usullari va mexanizmi, shuningdek, bojxona auditini o‘tkazish bosqichlarini nazarda tutuvchi Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“BOJXONA AUDITI” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish kabi vazifalar qo’yildi.
O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2022 yildagi O‘RQ-748-son “O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunida Bojxona kodeksining 201-moddasiga quyidagi o’zgartirishlar kiritildi:
Bunga ko’ra:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli”;
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “otnosyaщuyusya” degan so‘z “otnosyaщiyesya” degan so‘z bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “bir yil” degan so‘zlar “uch yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Bojxona organlari bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar bilan solishtirgan holda o‘rganish va tekshirish orqali bojxona auditini amalga oshiradi.
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 25.02.2021 yildagi 101-son qarori.
Bojxona auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom 11 bobdan iborat:
1-bobda Umumiy qoidalar keltirib o’tilgan:
Bojxona auditi vakolatli shaxsga nisbatan quyidagilarni o‘rganish va tekshirish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga qaratiladi:
tovarlarni muayyan bojxona rejimiga joylashtirishning qonuniyligi;
bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan ma’lumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligi;
bojxona yuk deklaratsiyasida rasmiylashtirilgan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodiga muvofiq to‘g‘ri tasniflanganligi;
ma’lum qilingan bojxona qiymatining haqqoniyligi;
bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanganligi va undirilganligi;
tovarlarga nisbatan tarif preferensiyalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligi;
bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligi, tovarlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlarga rioya etilganligi yoki ulardan belgilangan maqsadda foydalanilganligi;
shartli chiqarib yuborilgan tovarlar bo‘yicha belgilangan cheklovlarga rioya etilganligi;
tovar va transport vositalari saqlanadigan joylarga chiqqan holda, ular bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar va majburiyatlarga rioya etilganligi.
Bojxona auditida vakolatli shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat bojxona qo‘mitasi) “Bojxona auditi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Bojxona auditi” tizimi) orqali tanlanadi.
“Bojxona auditi” tizimi orqali bojxona auditini amalga oshirish vazifasi yuklangan bojxona organi mansabdor shaxslari avtomatik tarzda taqsimlanadi.
Sayyor bojxona auditini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan bojxona organi mansabdor shaxslari haqidagi ma’lumotlar sayyor bojxona auditini o‘tkazish to‘g‘risida bojxona organi qarori bilan tasdiqlanadi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish