Bojxona auditi mustaqillik, xolislik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Bojxona auditi quyidagi vakolatli shaxslarga nisbatan o‘tkaziladi:
deklarant;
tashuvchi;
bojxona ombori bo‘lmagan joylarda tovarlarni bojxona nazoratida saqlayotgan shaxs;
bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni va erkin ombor egalari;
importchi, yukni qabul qiluvchi, tovarlarga nisbatan moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxslar;
tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin ularni sotib oluvchilar;
vakolatli iqtisodiy operator;
vakolatli shaxsning barcha moliyaviy va huquqiy majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan shaxslar.
Bojxona auditini amalga oshirish jarayoniga, zaruratga ko‘ra, maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, xolis, audit natijalaridan manfaatdor bo‘lmagan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Bojxona auditi tovarlarning bojxona nazorati ostida bo‘lish muddati tugagan paytdan e’tiboran uch yil davomida amalga oshirilishi mumkin.
Vakolatli shaxsning aynan bir tovariga nisbatan takroriy bojxona auditi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bojxona auditi kameral va (yoki) sayyor shaklda o‘tkaziladi.
Bojxona auditi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ushbu Nizomda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan o‘tkaziladigan bojxona auditi bo‘yicha tuziladigan hujjatlar “Bojxona auditi” tizimida qayd etib boriladi.
Bu qarorda bojxona auditining o’tkazish tartibi,muddatlari,bojxona auditining natijalarini rasmiylashtirish jarayonlari,bojxona organlari va vakolatli shaxslarning huquq va majburiyatlari keltirib o’tilgan.
Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Davlat Bojxona Qo’mitasi bir qator buyrug’larni ishlab chiqdi:
VMQ-101 qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan DBQ ning 2021-yil 1-martdagi 44-sonli buyrug’i;
Bojxona auditi avtomatlashtirilgan axborot tizimini amaliyotga joriy etish to’g’risida 2021-yil 26-martdagi DBQning 64-sonli buyrug’i;
Bojxona auditi avtomatlashtirilgan axborot tizimi doirasida bojxona auditidan o’tkaziladigan vakolatli shaxslarni tanlash tartibi to’g’risidagi 2021-yil 7-maydagi DBQning 110-sonli buyrug’i;
Bojxona auditini amalga oshirish strategiyasi va taktikasini tasdiqlash to’g’risidagi 2021-yil 22-maydagi DBQning 121-sonli buyrug’i;
“Ko’k yo’lak” ga yo’naltirilgan tovarlarga nisbatan bojxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar to’g’risidagi tartibni tasdiqlash xaqida 2021-yil 9-sentabrdagi DBQning 200-sonli buyrug’i.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida 18.02.2022 yildagi O‘RQ-755-son qonuni bilan O’RQ-502 ning 7-moddasidagi bojxona organlarining huquqlariga “bojxona auditini amalga oshirish”huquqi berildi.
Shunday ekan bojxona auditining asosiy maqsadi nima oʼzi yoki ushbu tushunchaning mohiyati va vazifasi haqida bildirilgan fikr-mulohazalarga yoxud bojxona auditiga berilgan taʼrif va izohlarga eʼtibor qaratsak.
Masalan, А.V.Аgapovaning fikricha, «Bojxona auditining asosiy vazifasi – qonunlarga itoat etuvchi vijdonli tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun bojxona jarayonlarini tezlashtirish, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonidagi ortiqcha xarajatlarni kamaytirish hamda bojxona auditini bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida emas, balki tovarlarni erkin muomalaga chiqarilgandan soʼng oʼtkazishdan iborat»
Аytish joizki, bojxona auditining natijalaridan, nafaqat xalqaro tashqi savdoda qatnashuvchi subʼektlar, balki ular bilan bilvosita aloqador tashkilotlar, jumladan, bank, soliq va bojxona organlari ham oʼz sohasi doirasida birdek manfaat koʼradilar. Chunki bojxona auditi yordamida tashqi iqtisodiy faoliyat subʼekti tashqi savdo jarayonlari aks etgan moliyaviy axborotlarining hisob va hisobot hujjatlarida milliy hamda xalqaro meʼyor talablariga muvofiq kelish yoki kelmasligi isbot-dalillar bilan aniqlanib, tegishli xulosa beriladi.
Qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarni to‘g‘ri talqin qilish, unga amal qilish mamlakatga tovarlar kirishi va chiqishida mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi quyidagi holatlar bilan bog‘liq bojxona risklarini bartaraf etilishini ta’minlaydi: Bojxona qonunchiligiga rioya qilmaslik yoki bo`ysunmaslik;
Bojxona to`lovlari – QQS, aksiz solig`i, bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yig`im, tovar va transport bojxona qiymatidan hisoblanadigan bojxona bojini to`lashdan qochish;
Tovarlarni kontrabanda yo`li bilan olib kirish va olib chiqish;
tranzit tovarlarni respublika hududida tushirib qoldirilishi va hakazo.