tarixiy (diaxron) va hozirgi (sinxron)
yasalishga aloqador bo„lishi
mumkin. So„z yasalishining tahlilida bu ikki hodisani farqlash
lozim.
So„z yasalishi
hozirgi (sinxron)
aspektga tayanadi. Bunda til
taraqqiyotining ma‟lum bir davri ko„zda tutiladi. Masalan, hozirgi
zamon o„zbek tili. Bunda yasama so„zning qismlari o„rtasidagi
munosabat jonli bo„ladi, ya‟ni so„zning ma‟nosini qismlarning
ma‟no munosabati bilan asoslash mumkin bo„ladi. Masalan,
o‗r-im,
ter-im, temir-chi, doira-chi, bilim-li, aql-li, randa-la, egov-la
va
boshqalar.
Tarixiy (diaxron)
yasalishda esa yasama so„zning ma‟nosi va
shu ma‟noning ifodalanish usulini qismlarning ma‟no munosabatlari
orqali asoslab bo„lmaydi. Bu ma‟no maxsus tekshirishlar orqali
10
aniqlanadi. Masalan,
o‗t-loq, tosh-loq, qum-loq, qish-loq, ov-loq
so„zlari ko„rinishidan o„xshash. Bularning hammasi aslida o„rin
ma‟nosini ifodalovchi –loq qo„shimchasi orqali yasalgan. Ammo
dastlabki uch so„z yasama sanalib, morfemalarga ajraladi (
o‗t-loq –
o‗tli, o‗t ko‗p joy, tosh-loq-toshli, tosh ko‗p joy, qum-loq-qumli, qum
ko‗p joy
). Keyingi ikkitasi (qishloq, ovloq) bunday qismlarga
ajralmaydi, chunki bularda qismlarning semantik munosabati
sezilmaydigan bo„lib qolgan. Ya‟ni qishloq so„zi fasl bildiruvchi
qish so„zi bilan bog„lanmaydi (qish-la-q “qishda yashaydigan joy”),
ovloq so„zi endi “ov joyi, ov qilinadigan joy” ma‟nosida emas, balki
ma‟nosi o„zgarib “xilvat joy” degan ma‟noni bildiradi.
Hozirgi (sinxron) so„z yasalishida kamida ikkita yasovchi
komponent (qism) qatnashadi. Bulardan hech bo„lmaganda bittasi
mustaqil ma‟noli (narsa, belgi, harakat va sh.k) bo„ladi. Yasama
so„zni yuzaga keltiruvchi bu qismlar yasovchilar, ularning o„zaro
munosabatidan (birikishidan) hosil bo„lgan birlik yasalma (yasama
so„z) deyiladi.
Yasalmaning yuzaga kelishida qatnashuvchimustaqil ma‟noli
qism yasovchi asos (yasalmaning asosi) hisoblanadi. Bunday asos
sodda yasama so„zda bitta, qo„shma so„zda birdan ortiq bo„ladi:
ishchi: ish-yasovchi asos, -chi –yasovchi qo„shimcha, ishchi –
yasalma; toshko„mir: yasovchi asos –tosh va ko„mir, toshko„mir –
yasalma.
Yasama so„z quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi.
1.
Agar so„z tarkibida, ikki yasovchi qism qatnashmasa, garchi
bu so„z tarkibida yasovchi qo„shimcha yoki mustaqil ma‟noli qism
11
bo„lsa-da, shuningdek, so„zning ma‟nosi bilan so„z yasalishining
ma‟lum tipi o„rtasida aloqadorlik sezilsa-da, bu so„z yasama so„z
bo„la olmaydi. Masalan, qattiq, yumshoq, silliq so„zlariga e‟tibor
bering.
Bulardan
yumshoq
so„zi
yumsha
fe‟liga
–q
qo„shimchasining qo„shilishidan hosil bo„lganini sezish qiyin emas
(-q qo„shimchasining ta‟sirida fe‟l oxiridagi a tovushi o tovushiga
o„tgan: yumsha-q -yumshoq). Shuningdek, yumshoq so„zi bildirgan
ma‟noni yumsha va –q yasovchilari ma‟nosi bilan asoslash mumkin:
-q qo„shimchasi narsaning fe‟l anglatgan harakat natijasi sifatida
belgisini bildiradi: yig„-iq, qis-iq, yup-iq, yirt-iq kabi.
Qattiq
so„zi ham aslida xuddi yumshoq so„zi tipida yasalgan.
Buni yumshoq so„zi bildirgan ma‟noning yumshash harakati bilan
bog„liqligi, qattiq so„zi bildirgan ma‟noning qotish harakati bilan
bog„liqligidan va ikkalasida ham bir qo„shimchaning mavjudligidan
sezib olish mumkin. Lekin yuz bergan fonetik o„zgarish qattiq
so„zning qot fe‟li bilan bog„lanishini juda xiralashtirib, sezilmas
darajaga keltirib qo„ygan. Shuning uchun bu so„zni qismlarga
ajratib bo„lmaydi.
Silliq
so„zi ham shu tipda yasalgan. Lekin yasalmalilik bu
so„zda deyarli sezilmaydi. Chunki hozirgi o„zbek tilida “sathini
ravon qilish” ma‟nosidagi sili (yoki “sil”) fe‟li yo„q.
Demak, hozirgi so„z yasalishi nuqtai nazaridan yumshoq, iliq,
ochiq kabilar yasama so„z. Lekin suyuq, silliq, quyuq so„zlari
yasama so„z emas.
2. Ba‟zi so„zlarda affiks qismi borligi sezilib turadi, hatto, uni
boshqa qo„shimcha bilan almashtirish ham mumkin. Bu hol mazkur
12
so„zning aslida yasama bo„lganini juda aniq ko„rsatadi: tipik, tiril.
Lekin bularda ham mustaqil ma‟noli qism (yasovchi asos) bo„lgani
bilan ularni yasama so„z hisoblab bo„lmaydi.
Xullas, u yoki bu so„zning tarkibida so„z yasovchi qo„shimcha
bo„lsa, hatto bu qo„shimcha bir necha so„zlar tarkibida uchrasa ham,
lekin so„z tarkibida mustaqil ma‟noli komponent (yasovchi asos)
qatnashmasa, bunday so„zlarni yasama so„z deb bo„lmaydi.
Ularning yasamaligi yo tarixiy nuqtai nazardan yoki boshqa til
nuqtai nazaridan bo„ladi. Masalan, g„ovla, emakla, o„dag„ayla,
tarashla so„zlaridagi –la affiksining fe‟l yasovchi affiksligi aniq.
Demak, bu so„zlar tarixan yasama fe‟l. Mashinist, egoist, maishiy,
moddiy, siyosiy so„zlardagi –ist, -iy ham so„z yasovchi affiks. Lekin
bularda ham mustaqil ma‟noli komponent (yasovchi asos) yo„q,
shuning uchun yasovchi qismlarga bo„linmaydi. Demak, yasama
so„z emas. Bularning yasama so„z ekani qaysi tildan o„zlashgan
bo„lsa, o„sha til nuqtai nazaridangina bo„lishi mumkin.
3. Biror so„z tarkibida mustaqil ma‟noli qism bo„lsa ham, lekin
undan qolgan qismning ma‟no va vazifasi shu so„z doirasida
uqilmasligi (bilinmasligi) mumkin: ko„chmanchi, tiqmachoq,
bo„g„iz, beldamcha, zarurat, po„stloq, quloqchin, qoldiq, bosqich,
shaxsiyat, shodiyona, qo„nalg„a, biror (biron) va b. bularda ham
mustaqil ma‟noli qism borligi sezilib tursa-da, lekin undan
qolganqismning so„z yasovchi ekani sezilmaydi, shuning uchun
bunday so„zlar ham hozirgi so„z yasalishi nuqtai nazaridan yasama
so„z hisoblanmaydi, yasovchi qismlarga bo„linmaydi.
13
4. Ba‟zi so„zlar tarkibida mustaqil ma‟noli qism va yasovchi
affiks borligi sezilsa-da, bu so„zning ma‟nosini uning qismlari
ma‟nosi bilan asoslab, izohlab bo„lmaydi: beozor, oqliq, sholcha,
qishloq, ovloq kabilar. Bunday so„zlarni ham hozirgi so„z yasalishi
nuqtai nazaridan yasama so„z deb bo„lmaydi.
Demak, ma‟lum bir so„zning tarkibida mustaqil ma‟noli qism
yoki yasovchi affiksning, yoki har ikkisining borligi sezilib tursada,
lekin bu so„zning ma‟nosini ajralishi mumkindek ko„ringan qismlar
ma‟nosi bilan asoslab bo„lmasa, bunday so„z hozirgi so„z
yasalishiga
kirmaydi.
Bunday
so„zlar yasovchi qismlarga
bo„linmaydi (bularda yasovchi asos+yasovchi affiks yoki yasovchi
asos+yasovchi asos holati bo„lmaydi), ularda soddalashish yuz
bergan.
Xullas, hozirgi so„z yasalishida ikki yasovchi qismning
qatnashuvi, bulardan esa kamida bittasi mustaqil ma‟noli bo„lishi
shart. Yasama so„zning (yasalmaning) ma‟nosi ana shu yasovchi
komponentlarning ma‟no munosabatiga asoslangan bo„ladi:
ter-im;
ter
–yasovchi asos, -
im
–yasovchi affiks;
belbog‗-li: belbog‗
–
yasovchi asos,
-li
yasovchi affiks va b.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |