53
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti
o„zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchi kurs talabasi Umida
Umarovaning “Fe‟lning yasalish usullari ustida ishlash”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Ta‟lim mazmunini yangilanishi, uning
dastur va darsliklarida
o„z ifodasini topishi ona tilidan har bir bo„lim, har bir bobda
mavzuni o„tishning o„ziga xos tomonlarini izlashni, o„ziga xos
metod va usullar qo„llanishni taqozo qilmoqda.
Ona tili darslarida
o„quvchilarni
mustaqil fikrlashga
yo„naltirish, ular ongida ma‟noviy-ma‟rifiy inqilob qilishga erishish
zarur. Shuning uchun ham, grammatik qoidalarni yodlatishdan voz
kechib, ijodik tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg„ulotlarni
o„quvchilarning nutqiy malakasini, ijodiy fikrlash ko„nikmasini
yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.
Bu maqsadni
amalga oshirishda Umida Umarova tomonidan tayyorlangan
fe‟lning yasalish usullari ustida ishlash mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishi dolzarbdir.
Umida Umarovaning “Fe‟lning yasalish usullari ustida
ishlash”
mavzusidagi
bitiruv ishi kirish ikki asosiy bob va xulosa
qismidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi
maqsad vazifalari hamda ishning amaliy ahamiyati,
ona tili
materiallarining berilishi haqida ma‟lumot bergan.
Ishning asosi ikki bobda ochib berilib o„quvchilarda ijodiy
fikrlash ko„nikmasini shakllantirishda turli xildagi materiallardan
54
foydalanish usullari ko„rsatilgan. O‟quvchilarning og„zaki va yozma
shakllaridan to„g„ri qisqa va aniq sodda va obrazli usul jihatdan
ravon ifodalash ko„nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan qator
tavsiyalar taklif qilingan.
Fe‟llarning yasalishini o„tishda noan‟anaviy usullardan
foydalangan holda dars o„tish bayon qilinib, bu bilan
o„quvchilarning og„zaki va yozma
nutq malakalarini oshirish
yo„llari tavsiya qilingan.
Bitiruv ishda o„yin-topshiriqlardan na‟munalar berishda faqat
fe‟llarning yasalishiga bag„ishlangan topshiriqlar keltirilganda edi
ishning saviyasi yanada oshgan bo„lardi. Lekin talabaning dars
o„tishda no‟ananaviy usullardan foydalanishga oid fikrlari taqsimga
loyiq Umuman olganda Umida Umarovaning “Fe‟lning
yasalish
usullari ustida ishlash” mavzusidagi
bitiruv malakaviy ishi yuqori
saviyada yozilgan. Unda keltirilgan fikrlar ishning ilmiyligini
yanada oshirgan. Men ushbu ishni yuqori darajada yozilgan
ishlardan biri sifatida baholashni YaDA hay‟ati azolaridan
so„rayman.
Taqrizchi:
katta o„qituvchi L.Ibragimova