BMI ni bajarishdan maqsad va vazifalari. So„z yasalish
mavzusi o„tish jarayonida amaliy maqsadlarga bo„ysundirilgan
ta‟limiy o„yinlardan foydalanish va ularning dars samaradorligini
oshirishdagi o„rnini belgilash tadqiqotning asosiy vazifasi qilib
belgilandi. Bu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni bajarish
ko„zda tutiladi:
- ona tili darslarida ta‟limiy o„yinlardan foydalanishning
amaliy ahamiyatini belgilash;
- fe‟l yasalish mavzusini o„tishda qo„llaniladigan usul, metod
va o„yinlarni tashkil etishning samarali yo„llari, vazifalari va
usullarini aniqlash;
- fe‟l mavzusi yuzasidan ta‟limiy o„yinlar, usullar, metodlar
silsilasini ishlab chiqish;
7
- ishlab chiqilgan metod, vosita va usullar hamda o„yin –
topshiriqlarni amalda sinovdan o„tkazish.