Ikkinchidan, Prezidentlik hokimiyati siyosati demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etilgan tamoyili bo‘lgan xalqning xohish-irodasini amalga oshirishning kafolatidir. Prezidentlik boshqaruvi hokimiyati insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishni Konstitutsiyaviy qonunlar bilan kafolatlaydi.
Uchinchidan, Prezidentlik boshqaruvi barqarorlik, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonunchilik hamda Konstitutsiyaviy tuzum barpo etishning asosi bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatini mamlakat oliy maqsadlari yo‘lida muvofiqlashtiradi2.
To‘rtinchidan, Prezidentlik boshqaruvining asosiy tamoyili o‘zi boshqarayotgan davlatning dunyo davlatlari orasida teng huquqliligini, milliy manfaatlar ustuvorligi, respublika suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolatlangan Konstitutsiya normalari va qonunlarining to‘g‘ri va qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi va boshqaradi.
Umuman, mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi milliy davlatchiligimizni shakllantirishdagi qarashlarimizning ma’no va mazmunini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Buning isbotini Prezidentimizning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy yetakchi bo‘lib qolayotganligini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.
2.3. Davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishini
Davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi (1990 yil 20 iyun) kunida qabul qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi»siz tasavvur etib bo‘lmaydi. Negaki, aynan ushbu Deklaratsiyasining birinchi moddasida: «O‘zbekiston SSRning davlat mustaqilligi O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir» deb belgilab qo‘yilishi davlatchiligimiz g‘oyalarining huquqiy asoslarini tashkil etgan edi.
«Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi yana bir muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadami edi. Aynan ushbu Deklaratsiya e’lon qilinishidan boshlab, mamlakatimizning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalarni mustaqil tarzda hal qilishga kirishildi.
Davlatchilik g‘oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini shakllantirishda O‘zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan1 Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasining qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga o‘tishi alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Ushbu Farmonga binoan Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki Ishlar Vazirligining ichki qo‘shinlari ham bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Ayniqsa, Respublika Ichki Ishlar Vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi, prokuraturasi, Adliya organlari, ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari siyosiy partiyadan butunlay holi qilinganligi milliy davlatchiligimiz shakllanishidagi yangi bosqichning boshlanishi edi.
XULOSA
1990 yil 24 martda O‘zbekistonda Prezidentlik institutining joriy etilishi, 1990 yil 1 noyabrida Prezident xuzuridagi Vazirlar Mahkamasining tashkil etilishi, viloyat, shahar va tumanlarda vakillik hamda ijroiya idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlik lavozimining ta’sis etilishi, yangi milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy asosi bo‘lib xizmat qildi.
1991 yil 31 avgustda O‘zbekistonda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, mamlakatning demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tomon yo‘l tutishi respublikaning yangi Konstitutsiyasi yaratilishini taqozo etdi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yangi milliy davlatchilikning konstitutsiyaviy poydevori bo‘lib qoldi.
Bu Konstitutsiya avvalo, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi va an’analariga tayanib, milliy davlatchilikning yangi asosda ijodiy rivojlanishini ta’minlab beruvchi siyosiy-huquqiy hujjatdir.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi demokratiya va inson huquqlarining jahonda e’tirof etilgan qoidalariga to‘la mos bo‘lib, mamlakatimizda keng ko‘lamli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazish uchun huquqiy zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa ham bu hududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik harakatiga ham o’ziga xos hususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon hukmronligini cheklash, mavjud tizim sharoitida islohotlar o’tkazish, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, keyinchalik xon va amir yakka hukmronligi har qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib etdilar. Chunki 1917 yilda Xivada Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan islohatlar o’tkazish haqidagi farmonini bekor qilish va 1918-1919 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida jadidlar hukumat organlarida rahbar lavozimida ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar (1920-1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek qo’ygan bo’lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan mahv qildi.
Xulosa qilib aytganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muhim o’rin tut
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: «O’zbekiston”, 1998.
2. Fozilbek Otabek o’g’li. Dukchi Eshon fojeasi. Toshkent “Cho’lpon”, 1992.
3. Milliy uyg’onish. T.: 1996.
4. Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan. T.: “Fan”, 1996.
5.Ziyoyev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukumronlikka qarshi kurash. T.: “Sharq”., 1998.
6. O’zbekiston yangi tarixi. 1 – kitob. T.: 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |