2. BOB. Jadidlarning o’lkadagi demokratik harakatlarga o’tkazgan muhim ta’siri.
2.1.X1X asr oxiri XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda chorizm istilochilik siyosatiga qarshi ma’rifatparvarlik g‘oyalari
Chor Rossiyasi mazkur O‘rta Osiyo hududini o‘ziga mustamlaka qilib olgach, o‘z siyosatini yurgiza boshladi. Bir tomondan, o‘lkada ruslashtirish siyosati olib borilsa, ikkinchi tomondan, rus madaniyati ko‘klarga ko‘tarib maqtaldi. Bu davrda Ogahiy “Shohu gado”, Ahmad Donish aqlsizlikka qarshi kurashdi, Berdaq Xiva xonligi ma’muriy siyosatini qoraladi. Uning “Ahmoq podsho” dostoni mavjud. Bu davrda Sattorxon, Furqat kabi bir qancha ma’rifatparvarlar yuzaga keldi.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishi bo‘lib, uning namoyandalari mamlakatni qoloqlikdan chiqarish va milliy taraqqiyotga erishishnig ma’rifiy yo‘lini ko‘rsatdilar. Ismoilbek Gaspirinskiy jadidchilik g‘oyalarini O‘rta Osiyoga yoygan inson bo‘lib, “Yuz yildan so‘ng. 2000 sana” romanida sinfiy kurash nazariyasiga qarshi edi. Madaniyati yo‘q bir millatning sanoati bo‘la olmas, u ham bo‘lmasa sinfiy nizolarga erta, biz madaniy o‘suvdan iborat deb bildi va kurashdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy I.Gaspirinskiy g‘oyalarini Markaziy Osiyoga yoyishda bosh rol o‘ynadi. U “Sho‘roi Islom” tashkilotiga asos soldi. Munavvarqori Abdurashidov Turkistonda jadidizm rahbarlaridan biri edi. U “Sho‘roi islomiya” tashkilotini tuzdi. Bu tashkilotlar Turkiston o‘lkasini Chor Rossiyasidan ajratib olib, uni ma’rifatli qilish g‘oyalari bilan yashadi. Ular Rossiya tarkibida milliy-diniy avtonomiya tuzish tarafdori edi. Fitrat, Cho‘lpon va boshqa jadidchilik oqimi namoyandalari mamlakat aholisini faqat savodli, ilm berish yo‘li bilan bu mustamlakachilik siyosatidan qutulish yo‘llarini ko‘rsatdilar. Lekin sobiq sovet tuzumi davriga kelib ana shu jadidchilik oqimi namoyandalari repressiya qurboni bo‘ldilar. Lekin biz bugungi kunda ana shu jadidchilarning mamlakat aholisini ma’rifatli qilish, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurash olib borganligini ko‘ramiz. Ular mustamlkachilik siyosatini tubdan qoraladilar, yerli aholini savodli qilish uchun kurash olib bordilar. Ana shu jadidchilarning ushalmagan orzulari bugungi kunda mustaqillik tufayli, Prezidentimiz Islom Karimovning dono rahbarligi va siyosati tufayli ma’rifatli jamiyat uchun olib borayotgan siyosatini men albatta chin ko‘ngildan qo‘llab-quvvatlayman.
Chunki ma’rifatparvar jadid oqimi namoyandalarining ushalmagan orzusi bugungi kunda amalga oshmoqda. O‘zbekiston o‘zining ma’naviyati, madaniyati bilan jahonga yuz tuta boshladi. Endilikda biz “O‘zbek xalqi hech qachon hech kimdan kam bo‘lmaydi” degan Prezidentimiz g‘oyasi atrofida birlashmoqdamiz.
XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning “sovetcha” ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlar sari yo‘l tutishi
Milliy istiqlol uchun kurash yo‘llari va shu yo‘ldagi maqsad mushtaraklikda bo‘lgan emas. Mustaqillikka erishish kurashlari afsuski, turlicha anglangan va unga turlicha yondashilgan. Ammo, milliy ozodlik harakatining mag‘lubiyati yoxud ko‘plab ziyoli namoyondalarning qatag‘on qilinishi, shahid bo‘lishi bilan millatning hurriyatga bo‘lgan intilishi bir soniya ham to‘xtagan emas. O‘zbek ziyolilarining mustaqillik uchun olib borgan kurashi XX asr 30-40-yillarda so‘ngra 50-60-yillarda ham turli siyosiy ko‘rinishlarda davom etib boradi.
XX asring 80-yillariga kelib, kommunistik mafkura zug‘umi ostida qatog‘onlik siyosati yangi pallaga kiradi. Markaz xodimlari tomonidan uyushtirilgan “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” bilan 11 mingdan ortiq o‘zbekistonlik rahbarlar va oddiy fuqarolar ta’qib ostiga olindi, jazolandi.
Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ziddiyatlashuvi va hodisalarning keskinlashuvi “qayta-qurish” yillarida ham o‘z ta’sir ko‘lamini kengaytirib keldi. Natijada respublikada jamiyat yaxlitligini parchalaydigan hamda vujudga kelgan egasizlik holati fuqarolar o‘rtasida parokandalik muhitini yuzaga keltirdi, millatlararo ziddiyatlar, ba’zan to‘qnashuvlar, ayniqsa, davlat boshqaruvida qonunsizlik, boshbodoqlik holatlari vujudga keldi.
Mana shunday qaltis vaziyatda, 1989 yil 23 iyunda Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekistonning birinchi rahbari sifatida o‘z faoliyatini boshladi. U qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda vujudga kelgan ijtimoiy tanglik sharoitini barqarorlashtirishga qaratilgan tubdan yangi milliy siyosatni shakllantirishga erishdi. Natijada, siyosiy beqarorlik, fuqarolar va millatlararo nizolarning oldi olindi. Davlat boshqaruvida bosqichma-bosqich demokratik tamoyillar mustahkamlandi - O‘zbekistonda mustaqil davlat tashkil etishining barcha siyosiy va huquqiy zaminlari yaratildi. Bugungi kunda u «O‘zbek modeli» sifatida tan olinmoqda.
“Mustaqillik deklaratsiyasi”ning (1990 yil 20 iyun) qabul qilinishi, uning mazmuni va mohiyati. Ushbu “Mustaqillik deklaratsiyasi” O‘zbekiston Oliy Sovetining 2-sessiyasida 1990 yil 20 iyunda qabul qilindi. Bu hujjat O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjat deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida O‘zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iboratligi aytib o‘tildi. Birinchi moddada “O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir”, deb qo‘yilgan. Bu Deklaratsiya o‘zbek xalqi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. 1991 yil 17 martda referendum o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston Federatsiya tarkibida mustaqil, teng huquqli ekanligi aytib o‘tildi. Referendumda 9.215 mingdan ko‘proq kishi qatnashdi, 93 foiz ovoz to‘plandi. 1991 yil 15 fevralda Oliy Kengash “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi. 1991 yil 22 iyulida Oliy Kengash “O‘zbekiston hududidagi joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Demak, “Mustaqillik Deklaratsiyasi” 13 bo‘limchalardan iborat bo‘lib, u O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan qadamlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Endilikda o‘zbek xalqi, millatining tepasida Islom Karimovdek dono rahbar shaxsning kelishi va davlatni oqilona boshqarishi tufayli O‘zbekiston asta-sekin o‘z iqtisodiy bo‘hronlaridan xalos bo‘lmoqda. Mustaqillik deklaratsiyasining tarixiy ahamiyati yana shundaki, bu hujjatning qabul qilinishi, o‘zbek xalqining o‘zini anglash borasidagi siyosati albatta muvaffaqiyatli kechdi. Lekin bugungi kunda ba’zi bir buzg‘unchi kuchlar O‘zbekistonni bu yo‘ldan qaytarib, iqtisodiy muammolarni chigallashtirishga harakat qilmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |