1-bob. Umumiy qoidalar


-Transport vositalarining qidiruvini tashkil etish



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana05.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#530281
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
168-сон буйрук тай

3-Transport vositalarining qidiruvini tashkil etish 
61.
YPX xodimi transport vositasini ushlash bo‘yicha topshiriq e’lon qilinganda rejaga asosan 
biriktirilgan joyda to‘siq postni tashkil etishi xamda olib qochilgan yoki yo‘l-transport xodisasi yuz bergan 
joydan ketib qolgan transport vositalarini qidirib topish choralarini ko‘rishi lozim. 
62.
Post va patrullik yo‘nalishlarida xizmatni olib borayotgan YPX xodimi rusumi rangi va o‘ziga 
xos belgilari bilan ushlashga berilgan yoki qidiruvda bo‘lgan transport vositasiga o‘xshash transport 
vositasini to‘xtatadi uning turi modeli davlat raqami belgisi shassisi kuzov va dvigatel’ raqamlarni tegishli 
xujjatlarda (qayd qilish guvoxnomasi texnik pasport talon transport vositasi pasporti ) ko‘rsatilgan yozuvlar 
bilan shuningdek navbvtchilik qismlari orqali yoki avtomatlashtirilgan axborot qidirui tizimida mavjud 
xisobga olingan qidiruvdvgi transport vositalari yo‘qotilgan maxsus xujjat blanklari raqamlari bilan 
solishtiriladi. 
63.
YPX xodimi ushlashga berilgan yoki qidiruvda bo‘lgan transport vositasini aniqlaganda bu 
xaqida darxol navbatchilik qismiga xabar beradi xamda qonun talablariga asosan transport vositasini va uni 
boshqargan shaxsni ushlash choralarini ko‘radi. 
64.
YPX xodimi transport vositasini va xujjatlarni rasmiylashtirishda xamda jinoyat sodir etganlikda 
gumon qilinayotgan shaxslarni ushlashda jinoyat-protsesual qonunchiligi normalari talablariga qat’iy rioya 
etishlari shart. 
4-Yo‘l-patrul’ xizmati xodimlarining yo‘l-transport xodisasi
sodir bo‘lgan joydagi xarakati 
65.
YPX xodimi yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘lganda MADX-ADX navbatchisiga zudlik bilan 
xabar beradi va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi. 
66.
YPX xodimi sodir bo‘lgan yo‘l-transport xodisasi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni to‘playdi: 
Xabar bergan shaxsning familiyasi ismi sharifi yashash manzili va telefon raqami; 
Yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘lgan joy vaqti turi va xolati; 
Jabrlanuvchilar va ularga ko‘rsatilgan tibbiy yordam xaqida ma’lumot; 
Jablanuvchi qaysi shifoxonaga va kim tomonidan olib borilganligi; 
Jabrlanuvchi jo‘natilgan transport vositasi rusumi rangi va davlat raqami; 
Yo‘l-transport xodisasiga aloqador transport vositalari xaqida ma’lumot; 
Yo‘l-transport xodisasi xaqida ma’lumotga ega bo‘lgan bevosita ko‘rgan guvoxlar xaqida ma’lumot. 
67.
YPX xodimi yo‘l-transport xodisalari natijasida transport vositalarini yo‘l va boshqa inshootlarga 
o‘zgalarning mol-mulkiga zarar etkazilgan shaxslarning badaniga engil shikast etkazilgan xolatlarda: 
Xodisa sodir bo‘lgan joyni maxsus lenta bilan o‘rab olishi; 
Ko‘zdan kechirish bayonnomasini tuzishi va xodisa joyining chizmasini chizishi; 
Xodisa ishtirokchilari va guvoxlardan tushuntirish xatlarini olishi ; 
Yo‘l-transport xodisasi yuz bergan joydan ketib qolgan xaydovchilarni aniqlash choralarini ko‘rish; 
YPX xodimi yo‘l-transport xodisasi natijasida transport vositalari xarakatining tirbandligi yuzaga kelgan 
taqdirda ikki nafar xolis va xodisa ishtirokchilari bilan birga transport vositalari xodisa izlari unga aloqador 
boshqa ashyoviy dalillarning joylashgan joyini belgilash orqali xaraatning tashkil etish choralarini ko‘rishi 
shart. 
68.
Diplomatik imunitetga ega bo‘lgan shaxslarning transport vositalari bilan bog‘liq xodisalar 
bo‘yicha xujjatlar rasmiylashtiilayotganda (tibbiy yordamga muxtoj bo‘lmasa) YPX xodimi xaydovchiga 


ushbu xodisa yuzasidan xujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashishni taklif qiladi agar xaydovchi yoki 
yo‘lovchilardan birortasi xujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashishni rad etsa xodisa ishtirokchilari 
to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni yozib oladi va ketishga ruxsat beradi. Bunday xollarda xodisa ro‘y 
bergan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasida xaydovchining qatnashmaganligi sababi yozib qo‘yilishi 
xamda bayonnomani tuzuvchi va ikki nafar xolis imzo qo‘yilishi lozim. 
69.
Badanga o‘rtacha yoki og‘ir shikast etkazish yoxud o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport xodisasi 
sodir bo‘lgan joyga etib kelgan YPX xodimi tergov-tezkor guruxi kelgunga qadar: 
Xodisa sodir bo‘lgan joy xolatini o‘zgartirish dalillarni yo‘qotish yoki yo‘q qilinishining oldini olish 
maqsadida xodisa joyini maxsus lenta bilan o‘rab olishi va navbatchilik qismiga xabar berishi; 
YPX xodimlariga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazish yoxud o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport 
xodisalari bo‘yicha xodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish 
taqiqlanadi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish