Ikkinchidan, yuqoridagi ta'rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni — mazmuni ifoda etilgan bo'lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko'rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivoilantirish mohivat iihatidan davlat. iamivat ahamiyatiga molik ish bo’lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning uch guruhini alohida ko’rsatish mumkin:
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkor likning bu turi bilan intellektual mulk egalari — innovatsiya tadbirkorlari shug'ullanadi;
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar;
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilgan;
ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog'liqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Shug'ullanayotgan soha bo'yicha ilm, bilimga egaligi.
Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo'yicha tashabbuskorlik qobiliyati.
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olishi.
Qonunlarga itoatkorligi.
Innovatsiyachilikning faolligi.
Maqsad sari intiluvchanlik.
Tashkilotchilik.
Tejamkor bo'lishi.
O'z so'zining ustidan chiqishi.
Ruhiy poklik va halolligi.
O'z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
1. Mulk munosabatlarining uyg'unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi:
egalik qilish, ya'ni mulk egasi sifatida mulkka to'la hukmronlik qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;
foydalanib turish, ya'ni mulk egasining nazorati asosida ma'lum shart va to'lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;
tezkor boshqarishni, ya'ni mulk egasining nazorati ostida resiirslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.
2.Tadbirkorlarga o'z qobiliyatini to'la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi:
mahsulot turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi;
hamkorlarni mustaqil tanlash;
mablag'larni qonunga zid bo'lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va h.k.
3.Bozorning ochiqligi, ya'ni tovarlar, sarmoyalar, ma'lumotlar, ish kuchi, xomashyo harakati uchun sun'iy g'oyalarning yo'qligi.
4.Bozor infratuzilmasining mavjudligi. Bunga quyidagilar kiradi:
tijorat banklari;
tovar, fond, mehnat, valuta birjalari;
tijorat tavakkalchiligi va mulk sug'urtasi;
ma'lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;
• ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va h.k.
5.Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya'ni tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.
6.Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to'lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo'yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va h.k.
Tadbirkor nimalarni bilishi va qilishi kerak? U eng awalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to'siqlarni hal qilish yo'llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni bilishi lozim. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashi va to'g'ri yo'l tanlay olishi zarur. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o'rgat-maydi va og'ir paytlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o'z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ko'maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |