2.3. Paxta tozalash sanoati korxonalarini loyihalash ishlarining kelajakdagi rivojlanish yo‘llari Paxtani dastlabki ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish obyektlarini loyihalash, awalo ishlab turgan paxta tozalash zavodlarining ishlash tajribalarini oddiy tizimga keltirishdan boshlangan edi. 1930- yildan boshlab tolali materiallami dastlabki ishlash (paxta, jun, kanop, pilla) korxonalarini loyihalash ilmiy fan sifatida tuzila boshlandi. Paxtani dastlabki ishlash korxonalari tezlik bilan rivojlanishi sababli 1930-1932- yillardan boshlab ishlab chiqilgan yangi loyiha bo‘yicha 0 ‘zbekistonda butunlay yangi paxta tozalash zavodlari qurilib, ishga tushirildi. Yangi paxta tozalash zavodlarining ishga tushishi respublikada paxtani dastlabki ishlash korxonalarining umumiy ishlab chiqarish quwatini ko'payishiga sabab bo'ldi va xorijiy mamlakatlardan paxta tolasini sotib olib kelish butunlay to‘xtatildi. 1933-1940- yillar oralig‘ida paxtachilik tarmog'ining shiddat bilan rivojlanishi sababli paxtani qayta ishlash sanoatiga bog'liq zudlik bilan hal qilinadigan muammolar paydo bo‘ldi. Paxta xomashyosini dastlabki ishlash zavodlarini qurilishini loyihalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha mavjud bo'lgan muammolarni hal qilishda, quriladigan yangi paxta tozalash zavodlari, oldindan odat bo'lib qolgan paxtani qayta ishlash an'ana shart-sharoitlardan butunlay boshqacha, samaradorligi va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori ishlab chiqarish korxonalaridan bo‘lishi kerak edi. Respublikada zudlik bilan yechiladigan bu muammolarni tezlatish maqsadida eng yaxshi loyiha uchun k o ‘rik e ’lon qilindi. K o‘rik o ‘tkazish o ‘z navbatida, loyihalashning yangi usullari ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash institutlari va konstruktor byurolarini tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. To‘qimachilik oliy o‘quv yurtlarining «Ishchi o‘quv rejalari»ga «To‘qimachilik korxonalarini loyihalash asoslari» fani kiritildi. Fanning o‘qilishi korxonalarni loyihalash ishlarida uning tezroq nazariy va amaliy tomonidan rivojlanishiga hamda loyiha ishlarining yaxshilanishiga turtki bo‘ldi. Ya’ni, o ‘z vaqtida paxta tozalash sanoatining belgilangan reja bilan rivojlanishiga, paxta tozalash zavodini loyihalash ishlariga mukammal imkon yaratishga, yangidan qurish yoki qayta tiklash (takomillashtirish) kelajagini aniqlashga, korxonani loyihalashda uning ishlab chiqarish quwatini iqtisodiy tomonidan to‘g‘ri asoslashga imkoniyat beradi. Maxsus loyihalash institutlari, konstruktor byurolari paxta tozalash sanoati kelajak yo‘nalishlami o‘rganish asosida, paxta tozalash sanoati korxonalarini loyihalash ishlarida ilmiy texnik yutuqlarini, eng ilg'or texnologik jarayonlami, zamonaviy loyihalami, texnik standartlar va yangi qurilish konstruksiyalarini joriy etdi. Hozirgi vaqtda maxsus loyihalash korxonalarining loyihalashtirish tizimini avtomatlashtirish maqsadida hisoblash tushuntirish va chizma-grafik ishlarini personal kompyuter mashinalari yordamida bajarishni, hisoblash va boshqarishni qo‘llab-quwatlamoqda va loyihalash ishlariga joriy etmoqda. Loyihalash institutlarida loyiha ishlarining hamma turlarini «Buyruq» yordamida bajaradigan maxsus avtomat-loyihalash dasturpaketlari mavjud. Dastur-paketlarga kerakli dastlabki ma’lumotlami kiritib berish orqali bir nechta variantda tayyor loyiha materiallari ishlab chiqiladi. Keyin tayyorlangan loyiha variantlaming orasidan «buyurtmachi»ning ko‘rsatgan talablariga to‘g‘ri keladigan qulay variantini buyurtmachi bilan kelishgan holda qabul qilish mumkin. Hozirgi davrda paxta tozalash sanoati korxonalarini loyihalash ishlarini bajarish to‘lig‘i bilan avtomatlashtirilishi asosiy yo‘nalish bo‘lib qoladi