2.2 Ochilgan paxtani terish mashinalari
Bu mashinalar tuzilishi va texnologik ish jarayonining bajarilish tartibiga ko’ra, mexanik, pnevmatik, elektromexanik va boshqa turlarga bo’linadi. Ulardan keng tarkalgani 10 va amalda ishlatila yotganlari mexanik turi bo'lib, ular uz navbatida, vertikal va gorizontal shpindelli mashinalarga bulinadi. Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlash jarayoni. Vertikal (tik) shpindelli paxta terish mashinalari ochilgan chanoqlardagi paxtani terish uchun mo’ljallangan.
Paxta terish mashinasining asosiy qismlari quyidagilardan iborat (2.1- rasm): terish apparatlari bloki 8, yig’gich 7, rama 11, bunker 6, tozalagich 4, boshqarish maydonchasi 12, mashinani yuvish sistemasi, elektr jixozlari, gidrosistema, uzatish va yurg’izish moslamalari.
Mashinaning g’o’za tegadigan qismlari mahsus to’sqichlar bilan yopilgan bo’lib, ochilgan paxtani to’kilishdan saqlaydi. G’o’za shoxlarini barabanlar oralig’iga yo’naltirish uchun terish apparati shoxlarni ko’targich va yo’naltirgichlar bilan jixozlangan. Mashinaning ishchi qismlariga traktorning quvvat olish validan tarqatish reduktori orqali harakat uzatiladi. Terilgan paxta havo surish sistemasi yordamida bunkerga o’tadi. Mashina bunkeri agdarma tipda bo’lib, terilgan paxtani tirkama aravaga bo’shatadi. Suv sistemasi mashinaning shpindellarini yuvadi va bakka suv to’ldiradi. Elektr jixozlari traktor dvigatelini ishga tushirish, uning ishini nazorat qilish, tungi smenada ish joyini hamda mashina qism va mexanizmlarini yoritish uchun mo’ljallangan. Mashinani boshqaruvchi barcha qismlar boshqarish maydonchasiga o’rnatilgan. Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha: Mashina g’o’za qator oralarida harakatlanganda shox ko’targichning yo’naltiruvchi chiviklari g’o’za tupini shpindelli barabanlar 1 orasiga (ish tirqishiga) yo’naltiradi. Barabanning aylanma tezligi mashinaning tezligidan katta bo’lganligi uchun g’o’za tuplari sinmaydi va yotib qolmaydi. Aylanayotgan baraban g’o’za tupini qamrab, ish tirqishiga tortib oladi. Shpindel g’altagi ish zonasida tashqi qo’zgalmas ponasimon tasmalar bo’ylab yumalanishi natijasida u baraban yo’nalishiga teskari aylanib, ochilgan paxtani tishi bilan ilib uziga o’rab oladi. Baraban aylanishini davom etib, shpindelni ish zonasidan ajratish zonasiga olib boradi. U yerda shpindel g’altagi ich tomondan qo’yilgan ponasimon tasmalar bo’ylab yumalab shpindel aylanishi yo’nalishini o’zgartiradi va undagi paxtaning asosiy qismi inertsiya kuchlari ta'sirida yechiladi. Ajratkich 13 cho’tkalarini qillari shpindel tishlariga 1,5 mm gacha kirib turganligi sababli, chuvitilgan paxta tolalarini shpindellardan ajratib olib qabul kamerasi 9 ga tashlaydi va shu bilan bir vaktda shpindel tishlarini qisman chirklanishdan tozalaydi. Qabul kamerasidagi paxtani ventilyator 3 quvurlar orqali surib olib, chikarish quvuri yordamida bunker 6 ga tashlaydi. Qabul kamerasi 9 ning tubi ochik bo’lganligi uchun, og’ir jismlar (kesak, tosh, ochilmagan kusak va boshkalar) bunkerga o’tmasdan yerga tushadi.
Terish apparati ta'sirida yerga to’kilgan paxtani kuchli havo oqimi yordamida surib oladigan yig’gich 7 o’rnatilgan. Yig’gich ikkita soplodan iborat bulib, unga so’ruvchi karnay biriktirilgan. Barabanlar oralig’idan (ish tirqishidan) chiqqan g’o’zapoyalar sinmasligi, ulardagi xom ko’saklar uzilmasligi uchun, shpindelli baraban bilan yig’gich orasiga devor yo’naltirgich o’rnatilgan. Yig’gich ventilyatori esa paxtani xavo yordamida surib olib, xaydash trubasi vositasida kichik xajmli tozalagichga uzatadi. Tozalagich esa korpus, arra tishli tozalash barabani 4, cho’tkali ajratish barabani 5, chiqindilarni chikarib yuboradigan nov, chiviqlar, qo’zgalmas cho’tka, arrali disk va qistirmalardan iborat. Tozalagichga paxta bilan birga tushgan mayda xascho’plarni havo oqimi bunkerdan tashqariga chiqarib tashlaydi. Paxta esa arra tishlariga ilinadi va aylanayotgan disklar uni siqish to’sig’iga keltirgandan so’ng, paxtadan chanoqlar va xascho’plar ajraladi, qisman tozalangan paxta chiviqlar zonasiga o’tadi, chiviqlar esa paxtadagi qolgan xas-cho’plarni silkitib tushiradi. To’siq va chiviklar ajratgan chanoq va xas-cho’plar qatorlar orasiga sepiladi. Cho’tkali ajratkich tozalangan paxtani arrali barabandan yechib, mashina bunkerining kichik qismiga tashlaydi. Terish apparatlarining blokiga karkas, shpindelli barabanlar, ajratkichlar, ularning yuritmasi, reduktorlar, shpindellar yuritmasi, to’p ko’targ’ichlar, qabul kameralari kiradi. Apparatlarning barcha uzellari ikkita karkasga o’rnatilgan bo’lib, har qaysi karkas ikkita apparatni birlashtiradi Apparatda ichki va tashqi sektsiyalar bor. Ichki sektsiyalar karkasi bikr, tashki sektsiyalar esa qo’zg’aluvchan qilib biriktiriladi. Tashki sektsiyalarni qo’zg’almas sektsiyalarga nisbatan 40° ga kerish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |