1-bob. Matn ustida ishlash usullari


Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Xudoyberdi



Download 98,94 Kb.
bet13/17
Sana30.04.2022
Hajmi98,94 Kb.
#595531
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Xurboyeva Mohiniso. BMI

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Xudoyberdi

To’xtaboyevning hikoyalaridan foydalanish

Xudoyberdi To‘xtaboyev - o‘zbek adabiyotining zamonaviy bolalar yozuv-chisi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbe-kiston xalq yozuvchisi. Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932 yil 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Katta Tag‘ob tumanida dunyoga kelgan. Xudoyberdi erta yetim qolib, bobosi va buvisining qo‘lida tarbiyalanadi. 1949 yil Qo‘qon pedagogika institutini, 1955 yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini) tamomlaydi.


Ijodiy faoliyatini Farg‘ona viloyatidagi maktabda dars berishdan boshlagan, keyinroq o‘quv ishlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida ishlaydi.
1958 yildan Xudoyberdi To‘xtaboyev 14 yil mobaynida “Toshkent oqsho-mi”, “Sovet O‘zbekistoni” gazetalarida 300 dan ortiq feletonlarini chop etadi. Shuningdek, “Guliston”, “Sharq yulduzi”, “Gulxan”, “G‘uncha”, “Yosh kuch” jurnallarida, “Yosh gvardiya” va “Kamalak” bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etadi. 1958 yil qisqa vaqt mobaynida “Yosh gvardiya”, “Sir fosh etildi”, “Sehrli qalpoqa” kabi kitoblari omma e’tiboriga havola qilindi.
Keyingroq “Omonboy va Davronboy”, “Sariq devni minib”, “Yillar va yo‘llar”, “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi kitoblari chop etiladi.
Xorijiy kitobxonlar orasida Xudoyberdi To‘xtaboyev “Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasining rus tiliga tarjimasi (shuningdek, ukrain, fransuzs va bir qator boshqa tillar) bilan tanilgan.
“Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasi - yozuvchining rus tiliga tarjima qilingan birinchi kitobi. Mazkur asar kitobxonga olam quvonch va xursandchilik onlarini had’ya qiladi, degan umiddamiz. Ertak-qissa 1970 yilgi Butun ittifoq tanlovida eng yaxshi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan.
Xudoyberdi to’taboyev boshqa ijodkorlarda asarlarining ko’p qismi bola-larga atalganligi bilan ajralib turadi.
Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muxabbat,yozuvlikka nafrat uyg’otish,boglanishli nutqni o’stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi. Bolalar adabiyoti, avvalo, o’zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlar-ning go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch bahsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi. Bolalar adabiyoti o’quvchilarga jonajon o’lka, tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklari, bolalar hayotidan olingan voqelikni, bolalarning o’yinlarini tushunishga o’rgatadi.
Xudoyberdi To’xtaboyevning quyidagi berilgan hikoyasida ham sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlaridan foydalanib, o’quvchilar o’ziga kerakli bo’lgan ta’limiy-tarbiyaviy xulosalarga kelishlari mumkin.


Hassa
Qоbil bоbоning Shаvkаt bilаn Shuhrаt dеgаn nаbirаlаri qo‘shni хоnаdа o‘ynаb o‘tirishаr edi. Nimа bo‘ldi-yu, ikkоvlаri bаhslаshib qоlishdi.
Shаvkаt yugurib bоbоsining оldigа chiqdi-dа:
– Bоbо, bоbо! Kim оdоbli, mеnmi yoki Shuhrаtmi? – dеb so‘rаdi.
Qоbil bоbо hоvligа chiqmоqchi bo‘lib turgаn edi.
– O'g‘lim, аvvаl hаssаmni kеltirib bеr, kеyin o‘ylаb jаvоb bеrаmаn, – dеdi u nаbirаsigа.
– Yo‘q, аvvаl аytаsiz! – dеb оyoqlаri bilаn pоlni tеpib turib оldi Shаvkаt.
– Ахir o‘ylаb ko‘rish kеrаk-dа! – dеdi Qоbil bоbо.
– Bo‘lmаsа, hаssаngizni kеltirib bеrmаymаn, – dеb Shаvkаt qаysаrlik bilаn pоlgа o‘tirib оldi. – Kеltirib bеrmаymаn!
Qоbil bоbо hаssаni оlish uchun o‘rnidаn qo‘zg‘аldi. Shu pаyt bоbоsigа sаlоm bеrib, Shuhrаt kirib kеldi. Bobosi Shuhratga:
– O‘g‘lim, hаssаmni kеltirib bеr, – dеdi.
– Хo‘p bo‘lаdi, bоbоjоn! – dеdi Shuhrаt bоbоsining gаpi tugаmаsdаnоq. U chоpib bоrib bоbоsining hаssаsini kеltirib bеrdi. Kеyin o‘rnidаn turаyotgаnidа bоbоsining qo‘lidаn ushlаb, turishigа yordаmlаshdi.
– Rаhmаt, o‘g‘lim, – dеdi Qоbil bоbо Shuhrаtning peshаnаsini silаb, – umring uzоq bo‘lsin!
– Bоbо, kim оdоbli? Mеnmi yoki Shuhrаtmi, аyting ахir! – dеr edi Shаvkаt yеr tеpinib.
Qоbil bоbо hаssаsini do‘qillаtgаnichа hоvligа chiqаrkаn:
– Kim оdоbli ekаnligini хulq-аtvоringizning o‘zi ko‘rsаtib turibdi, – dеdi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida yuqoridagi hikoyadan foydalanib, bolalarda ichda o’qish malakasini rijovlantiramiz. Quyidagi savollardan foydalanib, sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotimizi savol-javob, bahs- munozara shaklida davom ettiramiz.

  1. Nima uchun Qobil bobo Shuhratning peshonasini silab qo’ydi?

  2. Matndan hikoyaning asosiy mazmunini ifodalovchi so’zni toping.

  3. Odobli bola qanday bo’lishi kerak?

Savol-javobdan so’ng o’quvchilar hikoyadan olgan taassurotlarini o’rtoqlari bilan fikr almashishadi.


    1. Download 98,94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish