1-bob. Matn ustida ishlash usullari


Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Yayra Sa’dullayevaning hikoyalaridan foydalanish



Download 98,94 Kb.
bet10/17
Sana30.04.2022
Hajmi98,94 Kb.
#595531
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Xurboyeva Mohiniso. BMI

2.3. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Yayra Sa’dullayevaning hikoyalaridan foydalanish
Sa’dullaeva Yayra Ubaydullaevna, 1934 yil 18 sentyabrda Toshkent shahrining Sebzor dahasida tavallud topgan. Avval, Narimonov nomli 15-maktabni, so‘ng Ulug‘bek nomli 16-maktabda o‘qigan. Uni kumush medal bilan tamomlagach, O‘rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy Universitet)ning filologiya fakul-teti, jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirgan.1958 yilda oliygohni tamomlagach, Respublika yoshlar gazetasi (“Yosh leninchi” hozirgi “Turkiston”)da adabiy xodim, 1960-1963 yillarda muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1964-1971 yil-larda “Gulxan” jurnaliga, 1971-1996 yillarda “G‘uncha” kichkintoylar jurnali bosh muharriri bo‘lib ishlagan.Yayra Sa’dullaeva bor mehrini kichkintoylarga qaratdi, ular uchun ijod qildi. Bolalarni jondan sevuvchi jamoani boshqardi, bolalar uchun hikoyalar, jajji qissalar yozdi. Ahloq-odobga oid risolalar, hajviyalar e’lon qildi.
Uning “Hayotning bir varog‘i”, “Ona ko‘ngli”, “Kelinchak”, “Tom boshida tog‘ora” kitoblari Yoshlar tashkiloti mukofotga loyiq topilgan. 1979 yilda “O‘zbe-kistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan, 1994 yili mustaqil Vatanimizning ilk ordeni II-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdir-langan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. Uning yashash shiori xamon yoshligidagidek: “Tutab o‘tgan umrni umr demayman. Yashasin hayot alangasi! ”Chop etilgan kitoblari: Hayotning bir varog‘i – 1967 yil, Ko‘zlari xumor – 1968 yil, Ona ko‘ngli – 1972 yil, Kelinchak – 1974 yil, Ayol qadri – 1975 yil, Tom boshida tog‘ora – 1975 yil, Yaltiroq xalqacha – 1975 yil, Qog‘oz qush – 1979 yil, Baxtli bo‘ling – 1980 yil, Zolotoe kolso – 1982 yil, Inson qadri – 1983 yil, Oltin baxtim – 1984 yil, Bekinmochoq – 1987 yil, Chip-chipjon – 2004 yil, Katta xovli – 2005 yil, Tanlab olgan novvotim – 2008 yil, Ayol yaratgan dunyo – 2005 yil, Yarashmagan yalla – 2010 yil, Ko‘chamizning bolalari – 2010 yil, Nurli va nursiz osmon – 2011 yil va boshqalar.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida Yayra Sa’dullayevaning hikoyalari katta ahamiyatga ega. Bolalarning sevimli yozuvchisi Yayra Sa’dullayeva o’zi bir umr ardoqlagan bolajonlarga sovg’alar tayyorladilar. Bu mitti hikoyalardan tarkib topgan “ Ko’chamizning bolalari “to’plami edi. Kitobchada jamlangan hikoyalarda shirintoylarning o’zlariga xos tabiatlari, qiliqlari shirali tilda hikoya qilib berilgan.
“ Yarashmagan yalla” to’plami ham yumorga boy bir necha hajviy hikoya-lardan iborat. Ularning qahramonlari o’tgan asr 60-70 – yillarida yashagan oddiy buvijonlar, bag’ri keng, tili va mulohazasi o’tkir, ayni vaqtda sodda kampirlar. O’qiganlar biroz dam oladilar, ehtimolki, ularning ba’zilaridan ibrat olsalar ajab emas.
Noan’anaviy shaklda tashkil etilayotgan sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning jamoa bo’lib, kichik guruhlarda faoliyat ko’rsatishi ko’nikmalarini shakllantiradi, mustaqil fakr yuritish, fikrni erkin ifodalash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o’z fikrini ilgari surish va uni dalillash, fikr-larni umumlashtirish va xulosalashga o’rgatadi. Interfaol metodlar o’quvchilarda o’quv materialini o’rganishga qiziqish uyg’otish bilan birga, unda ehtiyojni ham yuzaga keltiradi. Ta’lim samaradorligini oshirishning omili sifatida e’tirof etila-yotgan interfaol metodlarni boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish drslariga ham tadbiq etish orqali o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi ko’tariladi.
Yayra Sa’dullayevaning quyida beriladigan hikoyasi ham sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida foydalaniladi. Bu hikoya bolalarning yoshi, qiziqishlari, dunyo-qarashlariga mos keladigan ajoyib tarbiyaviy ahamiyatga ega .

Download 98,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish