1-bob etnologiyaga umumiy tavsif


Xiva aholisining etnik tarkibi



Download 44,17 Kb.
bet8/8
Sana21.07.2022
Hajmi44,17 Kb.
#834417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Berdiqulov F

2.3 Xiva aholisining etnik tarkibi

Xorazm aholisi qisman ko’chirilgan bo’lsa hamki, bu hudud aholisining14 aksariy ko’pchiligi o’z yurtida qolgan. U aholining etnik asosini tub erli aholi (sartlar) tashkil qilgan. XVI-XVII va undan keyingi asrlarda ular asosan shahar va qishloqlarda yashab ziroatchilik, hunarmandchilik hamda tijorat bilan shug`ullanganlar. Xorazm aholisining talay qismini turkmanlar tashkil qilgan. Ular mamlakatning janubiy-sharqiy qismida yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug`ullanganlar. Turkmanlar Xorazm xonlari bilan kelisholmasdan doimo raqobatlashib kelganlar. Xorazmda ilk O’rta asrlarda va undan keyingi asrlarda kelib o’rnashib qolgan pecheneg, qipchoq, chag`rak va boshqa qavmlarning keyingi avlodlari ham yashagan. Bularning ko’pchiligi o’troklashib mahalliy aholiga aralashib ketgan albatta. Lekin bularning juda oz kismi yarim o’troqlikda kun kechirib, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanganlar. XVI asrning birinchi yarmida Movarounnahr va Xorazmga birin-ketin ko’chmanchi o’zbek qavmlari ko’chib keladilar. Ko’chmanchi qavmlar bu hududlarga kelmasdan oldin Dashtiqipchoqda «o’zbek davlati» tarkibida bo’lganligini yuqorida aytgan edik. «O’zbek davlati»ning etnik tarkibi o’ta murakkab bo’lgan. Bu davlat hududida juda ko’p turkiy va turkiylashgan mo’ng`ul qabilalari va qabila birlashmalari yashagan. Katta kenglikda yashovchi qabilalarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasi bir-birlaridan farq qilgan. Ularning turmush tarzida ham tafovut katta bo’lgan. Etnogenezi va hayotiy yo’llari bir xilda bo’lmagan qabilalar va qabila birliklari O’rtasida o’zaro to’qnashuvlar yuz berib turgan. To’qnashuvlar ko’pincha o’tli yaylov uchun hamda ko’chmanchi o’zbek aslzodalarining hukmronlik uchun olib borgan kurashlarga sabab bo’lgan albatta. Bu kurashlar oxir-oqibatda Abulxayrxon boshqargan davlatni bo’linib ketishiga olib kelgan. Volga va Urol daryolari oralig`ida ko’chib yurgan, Abulxayrxonning tayanchi bo’lgan mang`it qabilalari XV asrning ikkinchi yarimida no’g`oy O’rda nomi bilan tarixga kirgan etno-siyosiy birlashma (davlatni) barpo qiladilar. No’g`oy O’rdasidan shimolda mustaqil Sibir xonligi tashkil topadi. Mazkur xonlik XVI asrda Sibir yoki Tumen xonligi nomi bilan ma`lum edi. Kireyxon va Jonibekxon boshliq o’zbek qabilala-rining bir qismi (ikki yuz mingga yaqini) Abulxayr-xon hayotligidayoq Chu daryo vohasiga ko’chib borib 1466 yiddan boshlab mustaqil hayot kechiradilar. Bu qabilalar qozoqi nomini olgan. Abulxayrxon vafotidan keyin (1468 y.) hukmronlik taxtini egallash uchun olib borilgan kurashlar kuchayadi. Bu kurashlarda qatnashishni xoxdamagan Oq O’rda qabilalarining ayrim guruhlari ko’chib Chu vohasida yashovchi qozoqlarga borib qo’shiladilar. XVI asr oxiri XVII asr boshlarida qozoq xalqi kuchayib yaylovlarni himoya qilishdan tashqari o’zbek shayboniylari bilan ham kurash olib borishga qodir edilar. Dashtiqipchoq15 qabilalarini bir qismi Movarounnahrga ko’chib o’tgach, qozoqlar asta sekin bu hududni sharqiy qismini egallaydilar. 
Yuqorida eslatilgan etno-siyosiy birliklarni etnik tartibi ma`lum vaktgacha deyarli bu xilda bo’lib: mang`it, qozoq, qipchoq, qang`li, qo’ng`irot, nayman, uyshun va boshqa qabilalardan tashkil topgan edi. Oq O’rdadagi va turklashgan mo’ng`ul qabilalari umumiy nom bilan «o’zbek» deb atashni davom ettirganlar. XVI asrning boshlarida yozilgan Fazlullox ibn Ro’zbekxon «Mehmonnomai Buxoro» kitobida dashtiqipchoq o’zbeklarini uch toifaga bo’lgan: Shayboniylar qo’l ostidagi qabilalar; dashtiqipchoqning sharqiy qismiga ko’chib ketgan qozoqlar; mang`itlar. Bu etno-siyosiy birliklarning xonlari bir-birlari bilan kelishmasdan doimo raqobatlashib kelganlar. Manbalarda qayd etilishicha qozoqlar XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning birinchi yarmichoragida ham o’zlarini «o’zbek-qozoq»lari deb ataganlar. Demak, shu asrlargacha qozoqlar o’zlarini dashtiqipchoq o’zbeklarining bir qismi hisoblanganlar. XVI asrning O’rtalaridayoq qozoqlar alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllangan bo’lishi kerak. Shundan keyin qozoq xalqining hamda Movarounnahrga ko’chib kelgan ko’chmanchi o’zbeklarning tarixiy taraqqiyoti boshqa-boshqa yo’nalishda rivojlanadi. Shayboniyxon boshliq sharqiy «dashti-qipchoq o’zbeklari» Temuriylar hukmronligida bo’lgan. Movarounnahr va Xorazmni egallaydilar. Shayboniy-xonning harbiy yurishlarida, uning bobosi Abulxayr-xonni qo’llagan qabilalar va etnik guruhlar faol qatnashganlar. Bular quyidagilar: qushchi, nayman, qarluq, uyg`ur, o’tarchi, ichki, qipchoq, do’rmon, ming, kiyat, qo’ng`irot, keneges, tuman, tangut, chimboy, burqut, shunqorli, mesit, shodboqli, yidjon, mang`it, xitoy va boshqalar. Dashtiqipchoq o’zbeklarining ayrim guruhlari (masalan naymanlar, uyg`urlar, mang`itlar, qo’ng`irotlar, qushchi, ming va boshq.) Movarounnahr va Xorazm egallanmasdan ancha oddin mazkur hududlarga kelib o’rnashgan edilar. Ularning boshqa guruhlari esa XVI asr davomida ko’chib o’tganlar. Shuni ham ta`kidlab o’tish joizki ayrim turkiy va turk-mo’ng`ul etnik guruhlar (qarluqlar, qipchoqlar, qang`lilar, qo’ng`irotlar, naymanlar, mang`itlar) bir vaqtning o’zida Movarounnahrda, Xorazmda va Dashtiqipchoqda yashar edilar. Dashtiqipchoq o’zbeklari Movarounnahr va Xorazm hududlariga kelib o’rnashgan kezlarda ko’chmanchilik an`analariga va urug`-qabilachilik tartiblariga rioya qilgan. Bularning turmush tarzi ham ko’chmanchilik hayotiga moslashgan edi. Demak biz bundan shunga amin bo’lamizki, ko’chmanchi o’zbeklar Movarounnahr va Xorazmga ishlab chiqarishni va davlat boshqarishni yangi tartibini olib kelmaganlar, ular Temuriylar davrida hukmronlik qilib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qandoq bo’lsa shundoqligicha qabul qilganlar. Ko’chmanchi o’zbeklar Movarounnahr va Xorazmga kelib o’rnashgandan keyin bu hududga oldinroq kelib o’rnashgan qabiladoshlari bilan aralashib ketadilar. Vaqt o’tishi bilan bular mahalliy aholi bilan yaqinlashib muqim yashovchi o’zbeklarga xos moddiy va madaniy hayotni o’zlashtira boshlaydilar. 16
Dashtikipchoqtsan O’rta Osiyoning markaziy hududlariga kelib o’rnashgan turkiy va turkiylashgan qabilalar mahalliy aholi tiliga ma`lum darajada ta`sir ko’rsatgan albatta. Bular Dashtiqipchoqda yashaganlarida qipchoq yoki qipchoq-o’g`uz lahjasida so’zlashganlar. Bu lahjalar dashtiqipchoq o’zbeklari ko’chib kelmasdan ancha oldin Movarounnahr va Xorazmda ham keng tarqalgan edi. Dashtiqipchoqdan XVI asrda yangi etnik guruhlarning ko’chib kelishi bilan bu lahjada so’zlashadiganlar soni ko’payadi. Keyinchalik ko’chmanchi o’zbeklarning o’troqlashish jarayonida bularning ham tili arab va tojik so’zlari bilan boyiydi. Ko’chmanchi o’zbeklar xususan ularning o’troqlashgan guruhlari mahalliy o’zbek aholisining («eski o’zbek» yoki «chig`atoy») tilini o’zlashtira boshlaydilar. XVI-XVIII asrlarda va undan keyin ham O’zbekiston hududida rasmiy til o’zbek tili edi. Tojik tili o’zbek aholisining ma`lum qismi uchun (xususan Buxoro vohasida) ikkinchi til hisoblangan. Buxoroda saroy shoirlari, tarixchilari asarlarini ko’pincha to-jik tilida yozganlar. Ish yuritish, yozish-chizishlar ham tojik tilida bo’lgan. Lekin Xorazm tilida arab va tojik tillarining ta`siri kamroq edi. Shunga qaramasdan bu tilga ham o’zga tillardan ba`zi so’zlar kirib qolgan. Ikki daryo (Amu va Sirdaryo) oralig`iga va Xorazmga kelib o’rnashgan dashtiqipchoq o’zbeklari mahalliy aholini xilma-xilligini birmuncha ko’paytirgan bo’lsalar hamki, lekin uni etnik tarkibini tubdan o’zgartira olmaganlar, bular allaqachon shakllangan o’zbek xalqining tarkibiga kelib qo’shilgan navbatdagi etnik komponentlar edilar xolos. Bu asrlarda (XVI- XVIII) avvalgi asrlardagidek o’zbek xalqi asosini tub erli aholi tashkil qilgan edi. O’zbek xalqining asosini mahalliy etnik asosda vujudga kelganligini antropologik materiallar ham tasdiqlagan. Bu haqtsa ishning birinchi bobida batafsil gapirilgan edi. Ana shu mahalliy etnik asosga, XV-XVIII asrlar davomida etnogenezi bir xil bo’lmagan turli etnik komponentlar kelib qo’shilib o’zbek elatining qatlamlashish jarayonini davom ettirgan. XV-XVI asrlar davomida Movarounnahr va Xorazmga kelib o’rnashgan ko’chmanchi o’zbeklar asta-sekinlik bilan o’troklashadilar. Tarixiy adabiyotlarda qayd qilinishicha XVI asr oxirlarida Buxoro xonligida uch turkum aholi yashagan. Bular mukim yashab dehqonchilik bilan shug`ullanuvchilar - «dehnishin», yarim o’troqlikda hayot kechirayotganlar - «qishloqnishin» va ko’chmanchilar - «sahronishin». XVI asrda Dashtiqipchoqtsan Xorazm vohasiga ko’chib kelgan ko’chmanchi o’zbeklar hudud aholisini nafaqat etnik jihatdan, son jihatdan ham ko’payishiga olib keladi. Ko’chib kelgan etnik guruhlar ekinbop er va yaylov talashib, bir-birlari bilan janjallashib, urushib turganlar. Hukmronlikni da`vo qilib ba`zi qabila boshliqlari xonlar bilan raqobatlashib kelganlar. XVII asrga kelib Xorazmda ichki ziddiyatlar yana ham kuchayib o’zaro qabilaviy kurashlar jadallashgan edi. Bu kurashlarga barham berib mamlakatda osoyishtalik o’rnatish lozim bo’lib qolgan. Munisning ma`lumotlaridan aniq bo’lishicha Xiva xoni Abulg`ozi (1643-1663) 1646 y. islohat o’tkazib, bir-birlari bilan kelisholmagan, Amudaryoning quyi oqimlarida yashovchi ko’chmanchi o’zbek qavmlarini har ikkitasini bir jamoaga birlashtirib, to’rtta juft guruh (tup) tashkil qilgan: uyg`ur-nayman, qo’ng`irot-qiyat, nukus-mang`it, qang`li-qipchoq birlashmalari. Har bir birlashmaga (tupga) ekin erlarini, ariqlarni va yaylovlarni bo’lib beradi. To’rt ekin birlashma tarkibiga yana 14-ta kichik etnik guruhlarni ham qo’shib qo’ygan. Shu tadbir bilan Abulg`ozi ko’chmanchi qavmlar orasida tartib o’rnatgan bo’ladi. Ammo Xiva xonligi bilan Buxoro amirlari O’rtasida o’zaro munosabatlar XVII asrning ikkinchi yarmida jiddiylashib qoladi. Xiva xonlari (shaxsan Abulg`ozi va Anushaxon) Buxoro vohasiga birnecha bora harbiy yurish qilib Buxoroning iqtisodiyotiga qattiq zarar etkazadilar. Payti kelib Buxoro amirlari ham Xiva xonligiga bosqin qilib ma`lum vaqtgacha uni o’zlariga tobe etib olgan edilar va ba`zan vaqtincha Xiva xonligi Eron shohi hamda qozoq xonlarining ta`sirida ham bo’lib kelgan. Ichki va tashqi kurashlar natijasida Xiva xonligining iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. 1778-1779 y17. Xorazmda ochlik va o’lat kasali boshlanib ko’plab odamlarning yostig`ini quritadi. Aholining talay qismi mamlakatni tark etib ketishga majbur bo’lgan. Xiva xonligida yuz bergan ahvoldan Qo’ng`irot qavmining amirlaridan biri Muhammad Amin ustalik bilan foydalanib hukmronlikni o’z qo’liga olib, Xorazmda qo’ng`irotlar sulolasiga asos soladi. Shunday qilib, O’rta Osiyoning Markaziy hududlarida XVIII asrda uchta markazlashgan davlat vujudga keladi. Bu davlatlarni yirik o’zbek qavmlaridan chiqqan hukmronlar boshqarib uchta yangi sulolaga asos solganlar: Buxoro amirligida - mang`it, Qo’qonda - ming, Xorazmda -qo’ng`irot sulolalari. Movarounnahrga XVI asrda ko’chib kelgan dashti-qipchoq o’zbeklarining soni haqida ikki xil fikr mavjud. Bularning birlari ko’chmanchi o’zbeklar mahalliy aholidan ko’p bo’lgan desa, ikkinchi birlari ular uncha ko’p bo’lmagan deydilar. Movarounnahr hududiga dashtiqipchoq o’zbeklari bir vaqtda ko’chib kelmaganlar. Ularning ayrimlari XVI asrning boshlarida kelgan bo’lsalar, boshqalari shu asr davomida va undan ham keyinroq kelganlar. Oldin kelganlari XVI asrning birinchi yarmidayoq o’troqlashgan bo’lsalar, keyin kelganlar esa yarim o’troqliqda yashab ko’chmanchilik an`analarini (chorvachilik, yaylovlarga ko’chib chiqish, o’tlovlarda yashash va boshq.) davom qilganlar. Dashtiqipchoqtsan 18Movarounnahrga ko’chib kelgan etnoslarning hammasi ham ko’psonli bo’lavermagan. Ularning faqat ayrimlari chunonchi qipchoq, saray, qo’ng`irot, yuz, nayman, mang`it, ktay (xitoy)lar nisbatan yirik etnik guruhpar edilar. Bularning har birining soni 30-50 mingdan to 200 mingacha bo’lgan bo’lishi mumkin edi. Tilga olingan etnoslarning ichida eng ko’p sonlisi qipchoqlar bo’lgan. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida bularning umumiy soni 270 mingta deb tahmin qilingan qolgan (o’zbek xalqining tarkibiga kirgan) ko’chmanchi guruhlarning soni 20-30 mingdan to 10 minggacha (ba`zilari bundan ham kam) bo’lgan. Shuni ham e`tiborga olish lozimki, Movarounnahrga dashtiqipchoq o’zbeklarining hammasi ham ko’chib kelmagan. Ularning katta qismi Dashtiqipchoqda qolib, bu erlarda tashkil topgan turli etno-siyosiy uyushmalarga kirgan. Masalan qo’ng`irotlar, qoraqalpoq, qozoq va Xorazm aholisi tarkibiga: qipchoqlar, qozoq, qaraqalpoq, qirg`iz, boshqir, turkman va boshqa xalqlar bilan qo’shilib ketgan; naymanlar qozoq, qirg`iz xalqlariga qo’shilgan; ktay (xitoy) qoraqalpoq, boshqird, qozoq xalqlarining tarkibiga kirgan. Dashtiqipchoq o’zbeklarining faqat ma`lum guruhlari Movarounnahrga kelib joylashgan edilar. Bular XVIII asr boshlarida hozirgi O’zbekiston aholisining taxminan 4/1 tashkil qilgan bo’lishi mumkin. Ko’chmanchi o’zbeklar o’troqlikka o’tishi bilan muhim etnik jarayon yuz berdi: chiqib kelishlari har xil bo’lgan ko’chmanchi urug`-qabilalar orasida o’zaro aralashish boshlanadi. Ayni bir vaqtda ko’chmanchi o’zbeklarning mahalliy aholi bilan ham aralashib, qorishib borish jarayoni jadallashadi. Vaqt o’tishi bilan, bu jarayonlar tufayli aholi nomida ham o’zgarish hosil bo’ladi. Agar XVI asr oxirlarda Buxoro aholisi (ko’chib kelgan o’zbeklardan tashqari) «Chig`atoy» yoki «turk Chigatoy» va tojikka bo’lingan bo’lsa, XVII asr oxirlariga kelib bu aholi manba`larida faqat o’zbek va tojikka bo’lingan. Bundan mahalliy aholi tarkibida o’zgarish ro’y berganligini tushunib olish qiyin bo’lmasa kerak. Keyinchalik Temuriylar davrida turkiy va mo’ng`ul aholiga nisbatan qo’llanilgan «Chig`atoy» tushunchasi oldingi ahamiyatini yo’qotgan bo’lsa kerak. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida urug` qabilalarga bo’linmagan mahalliy aholining bir qismi, ya`ni O’zbekiston va Tojikistonning janubiy hududlarida yashovchi o’zbeklarning turkiy guruhi va tojiklarning ozrog`i o’zlarini «Chig`atoy» atab keladilar. XVII asrning birinchi yarmigacha Xorazm aholisini ham aksariy ko’pchiligi o’zlarini Chig`atoy deb ataganlar. Keyingi asrlarda bu atama o’z ahamiyatini yo’qota boshlaydi. Chig`atoy etnik nomi Xorazm aholisining juda oz qismida saqlanib qolgan xolos. XVI-XVII asrlarga kelib «sart»19 atamasini ham mazmuni o’zgarib qolgan edi. Ma`lumki oldinlari bu atama faqat tojiklarga nisbatan qo’llanilgan. XVI-XVII asrlarda Movarounnahrda (ko’pincha Farg`ona vodiysida), Toshkent vohasida va Xorazmda yashovchi turkey va tojik tilida so’zlovchi aholi o’zlarini sart deganlar. Keyingi asrlarda esa sart atamasi ko’pincha turg`un yashovchi o’zbeklarga nisbatan qo’llanilgan. XVI-XVII asrlarda o’zbek xalqining tarkibiga kirgan etnik guruhlarning ma`lum qismi turg`un yashovchi aholining dehqonchilik madaniyatini qabul qilib vohalarda o’troqlashib qolgan edilar. Ammo ayrim etnik guruhlarning ijtimoiy hayotida keskin o’zgarishlar ro’y bermagan edi. Keyingilar chorvachilik an`analarini davom qilib, urug`-qabilachilik tartiblarini hamda turmush tarzining ba`zi xususiyatlarini saqlab qolganlar.
Qabila va o’rug` boshliqlari juda ko’p mol tuyog`iga, ekin va yaylov erga egalik qilar edilar. E`tiborli yirik qabilalar alohida hududlarni egallab, shu hudud doirasidagi ijtimoiy va jamoa hayotiga hamda xo’jalik faoliyatiga o’z ta`sirlarini o’tkazib kelar edilar. Ayrim qabila boshliqlari mamlakat siyosiy hayotida ham muhim rol` o’inaganlar. Bularning ba`zilari hatto xonlar bilan raqobatda bo’lib hukmronlikka da`vo qilib ham kelganlar. Masalan, 1710 yili Farg`onada hukmronlik kiladi; XVIII asr O’rtalarida Buxoroda mang`itlar hukmronligi o’rnatilganligi haqida yuqorida gapirilgan edi. O’zbek xalqi XVI-XVII asrlardagi etnik taraqqiyotida ham oldingi davrlardagidek qo’shni tojik, turkman, qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq xalqlari bilan yaqin etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib kelgan. Bir hududda yashovchi o’zbek va tojiklar O’rtasidagi o’zaro aloqalar va hamkorliklar bu ikki xalqning etnik taraqqiyotini yana ham tezlashtiradi. Mavjud bo’lgan o’zaro aloqalar ikki xalqni bir-birlari bilan yana ham yaqinlashtiradi. Natijada XVI-XVII asrlarda ayrim o’zbek guruhlari tojiklar tarkibiga, ba`zi tojik aholisining o’zbeklar tarkibiga kirishi davom etgan. Keyingisi ko’proq o’zbeklar son jihatidan ko’pchilikni tashkil qilgan hududlarda (masalan Farg`ona vodiysida va Zarafshon vohasining O’rta qismida) yuz bergan. Dashtiqipchoqtsan ayrim etnik guruhlar Movarounnahrga ko’chib kelishi XVI-XVIII asrlarda ham davom qilgan. XVII asr boshlarida Buxoroning siyosiy mavqei pasayib ketishidan foydalanib qozoq xonlari Toshkentni egallaydilar. Shu asrdayoq ayrim qozoq guruhdari Toshkent vohasidagi yaylovlarga kelib o’rnashadilar. Qoraqalpoqlarning bir qismi Zarafshon vohasiga XVII asrning ikkinchi yarimlarida ko’chib kelgan edilar. Lekin ko’chishning oxirgi to’lqini XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida bo’lgan edi. Bu davrda Qozog`iston cho’llaridan Movarounnahrga bir nechta qabilaviy va etnik guruhlar ko’chib o’tgan edilar. XVII asrda qalmoq (uyrot)lar Qozog`iston cho’llariga bir necha marotaba bostirib kirib, bu erlarda yashovchi qozoq, qoraqalpoq va boshqa xalqlarni va etnik guruhlarni xonavayron qilganlar. Qalmoqlarni 1723 yili qilgan bosqini shavqatsiz bo’lgan. Qalmoqlar zulmi natijasida cho’l aholisining katta qismi yashab turgan erlarini tashlab qochishga majbur bo’lganlar va qozoqlarning ayrim guruhlari Xorazmga Zarafshonga va Toshkent vohalariga kelib o’rnashgan edilar. Qalmoqlardan qochgan qoraqalpoqlar Xorazm va Zarafshon daryosining O’rta qismiga Nurota tog`ining janubiy yon bag`rlariga joylashgan edilar. Qozoq va qoraqalpoqlar bilan bir vaqtda Sirdaryo sohillarida va unga tutash cho’llarda yashovchi qipchoqlar ham qalmoqlardan qochgan edilar. Bular ikki guruhga bo’lingan: bir guruhi Zarafshon vohasiga, ikkinchi guruhi Toshkent vohasi va Mirzacho’lga kelib yashaydilar. Qipchoqlar va qoraqalpoqlar kelmasidan oldin Mirzacho’l va Toshkent vohasida boshqa etnik guruhlar (qurama, do’rmon, qirq, yuz, ming va boshq.) yashagan. Bu hududda chorvadorlar uchun joy torlik qilib, XVIII asrning 30-yillaridayoq qipchoqlar Shimoliy Farg`onaning tog` oldi mintaqalariga borgan edilar.
Lekin ularning ozroq qismi Toshkent vohasida ham qolgan. Farg`ona vohasiga qoraqalpoq etnik guruhlari ham o’rnashadilar. Bular Markaziy Farg`onaning cho’l qismini egallagan edilar. Bu erlar keyinchalik qoraqalpoq cho’li deb nomlanadi. Sirdaryoning O’rta oqimlarida ko’chmanchi uz qabilasi yashar edi. Qalmiqlar bosqini bularni ham o’z yaylovlarini tashlab ketishga majbur qilgan. XVIII asrning birinchi yarmida uzlar qalmiqlardan chekinib Nurota tog`larining shimoliy yon bag`irlariga kelib o’rnashadilar. Chorvalari kamayib qolgan uzlarning ayrim guruhlari Zarafshon20 vohasiga kelib o’trokdashib dehqonchilik qiladilar. Ularning chorva bilan shug`ullanuvchi bir qismi Qarshi cho’liga o’tib, an`anaviy mashg`ulotlari - chorvachilikni davom ettirganlar. Yuqorida keltirilgan tarixiy materiallarga asoslanib xulosa qilib aytish mumkinki, Movarounnahr va Xorazmda XVI-XVIII asrlar davomida siyosiy vaziyat juda murakkab o’tgan. Bu hududlarda tashqi va ichki kurashlarni yildan-yilga, asrdan-asrga tabora kuchayib borishi, hududiy tarqoqliklarni yuz berib turishi oxir-oqibat mamlakatni uchta mustaqil davlatga bo’linib ketishiga olib keldi. Yuz bergan ziddiyatlar Movarounnahr va Xorazm aholisining etnik tarkibiga ta`sir kilmasdan qolmagan. Dashtiqipchoq o’zbek guruhlari kelmasdan oldin Movarounnahr va unga tutash mintaqalar aholisining ko’pchiligini o’zbek elati tashkil etgan edi. Bu elat, yuqori boblarda aytganimizdek, qadimdan shu hududlarda yashab kelgan mahalliy aholidan tashkil topgan edi. O’zbek elati o’z tarkibiga asrlar davomida, Movarounnahr va Xorazm hududlariga ko’chib kelib o’rnashgan turkiyzabon etnik guruhlarni ham qamrab olgan. Bularning aksariy ko’pchiligi o’troqlashib o’zbek elatining ajralmas qismi bo’lib qolgan edi. XVI va undan keyingi asrlar Dashtiqipchoqdan 21Movarounnahr va Xorazmga ko’chib kelgan ko’chmanchi o’zbeklar o’zbek elatining tarkibiga kirgan navbatdagi etnik komponentlar edilar xolos. Bular mahalliy o’zbek xalqining turmush tarziga, an`analariga, madaniyatiga, xo’jalik faoliyatiga ta`sir ko’rsata olmaganlar. Lekin mahalliy aholiga «o’zbek» nomini bergan. Shu vaqtlargacha biz mahalliy aholiga nisbatan, shartli ravishda o’zbek atamasini qo’llab kelgan edik. Endiliqda bu (o’zbek) nomi Movarounnahr va unga qo’shni viloyatlar (Xorazm) uchun rasmiy ravishda umumiy nom bo’lib qoladi. Mamlakat siyosiy jihatdan uchta mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi yaxlit bir xalqni- mahalliy o’zbek xalqini ham uchta davlat tarkibiga bo’linib ketishiga olib keladi. Bu siyosiy o’zgarishlar o’zbek elatining butunligiga putur etkazolmagan albatta. O’zbek xalqi siyosiy jihatdan bo’lingan bo’lsa hamki ammo siyosiy chegaralar bularning o’zaro munosabatlarini uzib qo’yolmagan. Uch davlat tarkibidagi o’zbek aholi bir-birlari bilan doimo etnik, iqtisodiy va madaniy hamkorlikda bo’lib kelganlar. Bu o’zaro aloqalar o’zbeklarni, yuqorida tilga olingan uch davlat tarkibida bo’lishlaridan qat`iy nazar, bu xalq - o’zbek xalqi 
bo’lganligidan dalolat beradi. 

XULOSA
O`zbek xalqi etnolpgiyasini o`rganish sohasida erishilgan yutuqlar — mahalliy tadqiqotchilarni yangi, umumiylashtirilgan yirik ilmiy asar yozishga undadi. Mahalliy mualliflar Xalqlarni oʻrganishda Etnologiya fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.MikluxoMaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʻlib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.


Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon orqali maʼlumotlar toʻplash, muayyan maishiymadaniy turmush hodisalari, oilanikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladitomonidan tayyorlangan ma`lumotlar 1972 yildan boshlab O`zbekiston etnograflarining ilmiy to`plamida yoritila boshlandi. 1917 yildan ilgari va undan keyin o`tkazilgan ko`p sonli ma`lumotlar ilmiy safarlar etnografiyalarga oid har xil buyumlarning to`planishiga imkon tug`dirdi. Hozirgi kungacha to`plangan bu boy ashyolar respublikaning muzeylarida, ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Xiva, shuningdek, Moskva va Sankt-Peterburg muzeylarida saqlanib kelinmoqda.
Shunday qilib o`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish yuqori bosqichga ko`tarildi va ajoyib yutuqlarni qo`lga kiritdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


I. Prizident adabiyotlari
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz…146-bet.
II. Xorij adabiyotlari
1. Толстов С.П. Древний Хорезм. - М.,1948; Толстов С.П. По следам древнехорезмской цивилизации. - М., Л., 1948.

III. Ilmiy adabiyotlar


1. Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура в низовьях Зарафшана. Ташкент-1966.
2. Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. Ташкент, 1977.
3.Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent. «O`qituvchi» 1978 yil.
4.Sulaymonova F. Shark va G`arb. Toshkent. «O`zbekison» 1997 yil.
5.Choriev Z Tarixiy atamalarni kiskacha izoxli lugati, Toshkent. 1999y.
6.Jabbarov I. “ O`zbek xalq etnografiyasi” Toshkent. 1964y.



1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz…146-bet.

2 Толстов С.П. Древний Хорезм. - М.,1948; Толстов С.П. По следам древнехорезмской цивилизации. - М., Л., 1948.

3 Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура в низовьях Зарафшана. Ташкент-1966.

4 Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. Ташкент, 1977.

5 A.Ashirov. Sh.Atajonov Etnologiya Toshkent “Iqtisodiy-Moliya”8-9.b

6 A.Ashirov. Sh.Atajonov Etnologiya Toshkent “Iqtisodiy-Moliya”18-19.b



7 A.Ashirov. Sh.Atajonov Etnologiya Toshkent “Iqtisodiy-Moliya”18-19.b



8 Толстов С.П. Древний Хорезм. - М.,1948; Толстов С.П. По следам древнехорезмской цивилизации. - М., Л., 1948.

9Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. Ташкент, 1977.

10 U.Abdullayev Qo`qon aholisining etnik tarkibi

11 U.Abdullayev, Qo`qon xonligin aholisining etnik tarkibi

12 O`zbek xalqining XVI XIX asrlarda etnik tarixi xususiyati



13

 O`rta Osiyoning XVI XIXasrlarda etnik tarixi xususiyati



14 O`zbek xalqining XVI XIX asrlarda etnik tarixi xususiyati

15 O`rta Osiyoning XVI XIXasrlarda etnik tarixi xususiyati

16

 O`rta Osiyoning XVI XIXasrlarda etnik tarixi xususiyati



17 O`zbek xalqining XVI XIX asrlarda etnik tarixi xususiyati

18

 O`rta Osiyoning XVI XIXasrlarda etnik tarixi xususiyati



19 O`rta Osiyoning XVI XIXasrlarda etnik tarixi xususiyati



20 O`rta Osiyoning XVI XIXasrlarda etnik tarixi xususiyati



21 O`rta Osiyoning XVI XIXasrlarda etnik tarixi xususiyati



Download 44,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish