2.1 Buxoro aholisining etnik tarkibi
Movarounnahrda va unga tutash mintaqalarda qadimdan va ilk O’rta12 asrlarda kelib o’rnashgan qavmlarning (abdal, qarluq, qang`li, az, uz va boshq.) keyingi avlodlari ham yashagan. Asrlar davomida bularning aksariy ko’pchiligi o’troqlashib mahalliy aholi bilan aralashib, unga singib ketgan. Uncha ko’p bo’lmagan guruhlari XVI-XVIII asrlar davomida etnik nomlarini sakdab, yarim o’troqliqda kun kechirganlar. Shu asrlarda Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda XIII-XV asrlar davomida ko’chib kelgan (barlos, jaloyir, arlot, qavchin, qipchoq va boshq.) qavmlarning keyingi avlodlari yashar edilar. Bularning ham ma`lum qismi XVI-XVIII asrlar davomida o’troqlashib, ayrim guruhlari hatto etnik nomlarini unutib yuborgan. Ammo bularning salmokli kismi shu asrlarda ham yarim o’troqliqda yashab dehqonchilik bilan bir vaqgda chorvachilik bilan ham shug`ullanar edilar. Ularning xo’jaligida dehqonchilik, chorvachilikdan ko’ra, muhim o’rin egallagan. Bular asosan lalmikor erlarda dehqonchilik qilganlar. Yarim o’troq qavmlar tog` oldi hududlarda va vohalarga tutashgan adir, cho’llarda joylashib o’tov va kapalarda yashaganlar. Erta bahorga chorva mollarini, ot-yilqilarini haydab dashtadirlarga chiqib ketganlar. Don ekinlarini va qovun-polizlarini yig`ishtirib olgandan keyin poda va chorvalarini haydab qishlov joylariga (qishloqqa) kelib, kech kuzni va qishni o’tkazadilar. Erta bahorda yana dashtadirlarga chiqib ketar edilar.Qavmlarning juda oz qismi yarim ko’chmanchilikda kun kechirib, cho’llarda yashab asosan chorvachilik bilan shug`ullanib kelgan. Bularning suv manbalari quduq va qoq (dasht-cho’llarda chorvadorlarning asosiy taqir manbalaridan biri, qoqdagi suvdan mol sugorilgan) bo’lgan. Quduh suvi bilan sug`orib xo’jalik ozmi-ko’pmi sabzavot ekinlari ham olganlar. Yuqorida aytganlarimizga asoslanib yana bir marotaba ta`kidlab o’tish joizki qadimda va ilk O’rta asrlarda Movarounnahr va unga qo’shni mintaqalarga kelib o’rnashgan turkiy qavmlarasrlar davomida mahalliy aholi bilan aralashib, ularning keyingi avlodlari juda kam qolgan edi. Bularning umumiy soni taxminan 100 mingdan oshmagan bo’lishi kerak. Bu hududlarga XIII-XV asrlar davomida kelib o’rnashib qolgan turkiy va turklashgan mo’ng`ul qavmlari ham uncha ko’p bo’lmagan. Chunki bularning ko’gshari Amir Temur va Boburning harbiy yurishlarida qatnashib, keyinchalik ular hukmronlik qilgan hududlarda qolib yashaganlar. Masalan, barloslarning ayrim guruhlari Afg`onistonda, Dehli atroflarida va Kashmirda o’rnashib qolgan. Arlot, qipchoq, nayman, mo’ngul guruhlari Afgonistonda; Argin guruhi Afg`onistonda va Toharistonda, Jaloyir guruhlari Afg`onistonda, salmoqli qismi esa Eronning
shimolida va Ozarbayjonda13 yashagan. Yuqorida aytganlarimizdan ko’rinib turibdiki, XIII-XV asrlarda ikki daryo (Amu va
Sirdaryo) oralig`iga kelib joylashgan turkiy va turkiylashgan mo’ng`ul etnoslarining bir qismi mahalliy aholiga aralashib ketgan bo’lsa, boshqa bir qismi bu hududdan chiqib, tarqoq holda boshqa davlatlarda va mamlakatlarda yashagan. Demak, bularning Movarounnahrda qolgan qismini keyingi avlodlari XVII-XVIII asrlarda uncha ko’p bo’lmagan. XIV-XVI asrlar davomida Xorazm aholisining ma`lum qismi Movarounnahrga ko’chib kelgan. Amir Temur Xorazmga qilgan oxirgi yurishida (1388 y.) Urganch shahrini egallab, shahar aholisining ko’pchiligi (asosan hunarmandlar)ni Samarqandga ko’chirgan edi. Bularning ko’pchiligi Zarafshon vohasining O’rta va quii oqimlariga joylashtirilgan bo’lishi kerak. XIX asr oxiri XX asr boshlarida bu hududlarda «urganji» nomi bilan ma`lum guruhlarning uchrashi o’sha Urganj shahridan ko’chirilganlarning keyingi avlodlaridan bo’lishi ehtimoldan xoli bo’lmasa kerak. Shayboniyxon Xorazmni egallaganda ham (1501-1502) Qiyat va Baldimsoz shaharlari aholisining talay qismi Movarounnahrga majburan ko’chirib kelingan. XVI asr oxirida Buxoro amirlari ham bir necha bor Xorazmga bostirib kirib, uning aholisining ma`lum qismini zo’rlik bilan Xisorga, Buxoroga, Samarqand va Toshkentga ko’chirgan edi. Ko’chirilgan xorazmliklarning ko’plari yurtlariga qaytib ketgan bo’lishi ham mumkin. Ularning ma`lum qismi Movarounnahrning shahar va qishloqlarida qolib, mahalliy aholiga aralashib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |