Kamchiliklari:
Markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;
Markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay yo‗qotishi;
Aloqa liniyasining juda cho‗zilib ketganligi;
Ma‘lumotni uzatish yo‗lini tanlashda moslashuvchanlikning yo‗qligi.
rasm
Yulduzsimon tarmoqlar ochiqdan-ochiq ifodalangan markaziy boshqariladigan ofislarda ishlatiladi
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‗lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funksional bo‗g‗in, ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.[17]
Ishchi stansiyalar - Bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo‗lib, u orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi stansiyasi, ham tarmoqli ham lokal rejimlarda ishlay oladi.
Server - Bu tarmoqning barcha ishchi stansiyalar so‗rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko‗p foydalanuvchili kompyuter bo‗lib, u bu stansiyalarga umumiy tizim resurslariga murojaat qilish imkonini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi.
Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baxolash
O‘quvchilar bilimini baxolash uchun quyidagi test savollaridan foydalanildi va o‘quvchilar bilimi baxolandi
Markaziy kompyuter mavjud bo‗lib, unga qolgan barcha kompyuterlar bog‗langan bo‗lsa, bunday bog‗lanish qanday ataladi?
*A) Halqasimon
V) Shinali
S) Yulduzsimon
D) Bunday bog‗lanishga nom berilmagan
Lokal tarmoq bu:
A) katta hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi
V) bitta respublika hududida joylashgan abonentlarni birlashtiradi
*S) kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi
D) turli mamlakatlarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi
Lokal tarmoq uchun qanday qurilmalar bo‘lishi kerak ?
A) Modem
V) Videokarta
S) Setkarta
D) Multkarta
Global tarmoq uchun qanday qurilmalar bo‘lishi kerak ?
A) Modem
V) Videokarta
S) Setkarta
D) Multkarta
Tarmoqning dastur ta‘minoti nechta qismdan tashkil topgan?
A) 2 ta
V) 4 ta
S) 5 ta
*D) 3 ta
Kompyuter tarmoqlari deganimiz nima?
*A) Aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‗langan kompyuter va terminallar majmuasi
V) Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob‘ektlar
S) Abonentlar orasida aloqa o‗rnatuvchi tarmoq
D) To‗g‗ri javob berilmagan
Kompyuter tarmoqlari nechta sinfga bo‗linadi?
*A) 3 ta
V) 4 ta
S) 2 ta
D) 5 ta
Ishchi stansiyalar bu-
A) Bu mantiqiy va tashkiliy moslashtirish vazifasini bajarish uchun maxsus dasturli vositalar bilan jihozlangan qurilma
V) Bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo‗lib, u orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |