1-bob. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining o‘qitilish holati 6



Download 224,6 Kb.
bet1/11
Sana05.12.2022
Hajmi224,6 Kb.
#879192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qobulov Shaxzod 22mavzu



MUNDARIJA


KIRISH 3
1-BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining o‘qitilish holati 6
1.2.Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining mazmuni 8
1.3.Axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar 12
Axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodlari 13
2-BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining 16
2.1.Axborot texnologiyalari fanining ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi 16
Bunday tarmoq o‘zining tuzilishi bo‘yicha, aslini olganda, teleqayta ishlash tizimiga o‘xshash bo‘ladi, unda hamma abonent punktlari intelektual bo‘ladi(o‘zining tarkibiga EHM ni oladi). 22
2.2.Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limi bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baxolash 24
S) Qiymatlar bazasi bilan ishlash uchun qo‗llaniladigan qurilma 25
2.3.Tajriba sinov ishlari va ularning taxlili 30
XULOSA 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 35



KIRISH




Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish, uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lishi uchun avvalo kompyuter savodxoni bo‘lishi, axborot texnologiyalarini puxta egallamog‘i lozim. Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat‘iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi, kompyuter tarmoqlarini va internet xizmatidan foydalanish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da ―Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollarida, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi‖ deb belgilab qo‘yilgan [1].
Yuqoridagilar asosida ta‘lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda uzviylik va uzliksizligini ta‘minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish, Davlat ta‘lim sandartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta‘lim bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash asosida tubdan isloh qilish zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida umumta‘lim predmeti sifatida kiritilgan informatika predmeti ham bundan mustasno emas.
O`zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan e`tiboran mamlakatimizni axborotlashtirish muammosiga xukumatimiz alohida e`tibor qaratmoqda.Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil fevral oyidagi "Milliy tarmoqni yaratish va dunyo axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartiblash to`g`risida"gi, keyinroq "O`zbekiston Respublikasida 1999-2003 yillar ichida
ma`lumotlarni uzatish milliy tarmog`ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi", 2002 yil iyunidagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to`g`risida"gi qarorlari qabul qilindi. Shu munosabat bilan respublikamizning qator ta`lim muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi bilan jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmoqlariga ulanishi, elektron aloqalar bilan ta`minlanishiga e`tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta`lim mazmunini samarali qilish maqsadida respublika ta`lim muassasalariga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o`quv rejalariga kiritilgan fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalangan, jumladan, masofadan turib o`qitish, kompyuterlashtirilgan anjumanlar o`tkazish, elektron darsliklar yaratish va ularni o`quv - tarbiya jarayonida qo`llashga qaratilgan tadbirlardir. O`zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgan, shuningdek, davlat ta`lim standartlari tasdiqlanib hayotga qo`llanilayotgan bir paytda ta`lim muassasalaridagi o`quv- tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun O`zbekiston Respublikasida 2003 yilning 11 dekabrida "Axborotlashtirish to`g`risida"gi qonunni qabul qilinishi ham bejiz emas. Ushbu qonunning "Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog`lanishi" nomli 18 - moddasida " kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag`batlantirish" vazifasiga ham urg`u berilgan [4].
Zamonaviy kompyuter va axborot tarmoqlari iqtisodiyot, fan va ta‘limning barcha sohalariga keng joriy etish halqaro ahborot tizimlariga shu jumladan yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2011-yilni ―Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon qilinishi, yurtimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarga yanada chuqurroq yondoshishga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida, yurtimiz istiqbolini yanada ravnaq topishida muxum axamiyatga egadir. Shuni ta‘kidash lozimki, so‘ngi yillarda iqtisod-siyosat, ilm – fan, texnika soxalari, ularga qaratilayotgan e‘tibor sezilarli darajada o‘sdi.[2]
Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni kun sayin to`lib toshayotgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol faoliyat ko`rsataolishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur.
Zamonaviy etapda ommani axborotlashtirish va ta‘limning rivojlanish strukturasida ko‘pgina an‘anaviy usuldan voz kechib, yangi usullarga asoslangan ta‘lim oluvchi, o‘qituvchi bilan kompyuter orqali o‘rganishi. Bu ta‘lim binosidan ancha uzoqda bo‘ladi. Buni biz masofaviy ta‘lim deb nomladik.
Masofaviy ta‘lim tizimida ma‘ruzalarning elektron varianti muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy informatsion texnologiyalar ishlatilishi sharofati bilan o‘qituvchi tomonidan berilgan an‘anaviy ta‘lim berish usulidagi muammolarni echish qobiliyatiga ega. Gipermurojat bilan matnni sintezlash pedagogik komplektni tashkil etib, an‘anaviy usul bilan taqqoslaganda ancha o‘zlashtirish jarayoni engillashtiradi.
Masofaviy ta‘lim internetning tarqalishi tufayli yangi o‘qitish instrumentini rivojlantirish yangi bosqichiga keldi. Endi tarmoq texnologiyasi bilan har qanday ma‘lumotga momental ruxsatni tashkil qilish mumkin.
Hozirgi vaqtda ―Masofaviy ta‘lim‖ ning informatsion oqimi ikkiga yo‘naltirish mumkin. Elektron darslikni tashkil etuvchi CD diskga yozilgan multimediyali darsliklar to‘plami va ma‘ruzalarning elektron varianti, serverda joylashgan va internet orqali ruxsat etilgan uslubiy va yo‘riqnomalar manbai [22].

Download 224,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish