BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining
―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi
Axborot texnologiyalari fanining ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi
Bo‘limni o‘rganishdan asosiy maqsad - o‘quvchilarga Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari bo‘limi bo‘yicha bilimlar berish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
O‘rganishda quyidagicha mavzuviy rejalashtirish tavsiya etiladi.
№
|
Ma‘lumotlar mavzusi
|
Ma‘ruza
|
Amaliy laboratoriya
mashg‘ulotlari
|
1
|
Kompyuter tarmoqlari haqida
tushuncha.
|
2 soat
|
|
2
|
Internet tarmog‘i va uning asosiy
tushunchalari
|
|
3
|
Internet servislari
|
2 soat
|
4
|
Internet Explorer dasturi bilan
ishlash
|
5
|
Elektron pochta
|
2 soat
|
|
Jami
|
2 soat
|
6 soat
|
Mavzuni o‘rganishda quyidagi tartibga rioya qilish maqsadga muvofiq:
Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha.
Kompyuter tarmoqlarining turlari – lokal, regional va global kompyuter tarmoqlari.
Internet kompyuter tarmog‘i.
Internet tarixi.
Internet adresi va protokoli.
Brauzer.
Internet Explorer dasturi
Internetda ma‘lumotlarni qidirish texnologiyasi
Elektron pochta tushunchasi.
Elektron pochtaning asosiy tushunchalari.[6]
1. Kompyuter tarmog’i haqida tushuncha
Kompyuterlardan turli xil masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‗ladi. Kompyuterlarning o‗zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‗liq bo‗ladi. Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma‘lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‗indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda kup afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‗iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‗limlarga bo‗lib, xar bir bo‗lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, katologlar, printer, disklardan birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o‗z navbatida tejamkorliklarga olib keladi. Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo‗llar bilan) tarmoq o‗zidan o‗zi ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operasion sistemasida ishlaydi. Hozirda ko‗p ishlatilayotgan Windows 95 tarkibida lokal tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud.
Lokal kompyuter tarmog‗i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab, kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan iborat bo‗lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish
mumkinligidadir. Shuning uchun xam 500 metrgacha bo‗lgan masofada
birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya, pereferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida biriktirilishidir.
Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |