yakkatartibdagitadbirkorlikdir(aholida ushbu faoliyat bilan
shug‘ullanuvchilarni patent olib savdo qiluvchi tadbirkorlar nomi bilan atash ommalashgan). Yakkatartibdagitadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishidir1.
Yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkorlar hisoblanadi va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun o‘zi yashayotgan joydagi hokimliklar huzuridagi Тadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalariga ariza- xabarnoma orqali murojaat qilishlari yoki pochta aloqasi orqali taqdim etishlari lozim. Ushbu holatda ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar o‘zlari bevosita borib inspeksiyalarga murojaat qilishlari ma’qul bo‘ladi, chunki arizadan tashqari, 3x4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurat, davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjatini, pasport nusxasini taqdim etishlari lozim. Agar yakka tadbirkorlik faoliyatida o‘z xohishiga ko‘ra muhr va shtampga ega bo‘lishni istasalar, qo‘shimcha ravishda ikki nusxada muhr va shtamp eskizlarini topshirishlari kerak.
Umuman olganda, yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar to‘g‘ridan to‘g‘ri hokimiyat huzuridagi inspeksiyalarga borib maslahatlar olishlari mumkin, chunki ayrim hollarda davlat bojini qayerda to‘lash zarur, miqdori qancha yoki muhr va shtamp eskizlarini qayerda chizdirish mumkin bo‘ladi kabi savollarga ushbu joyda javob olishlari mumkin.
Shuningdek, ariza-xabarnoma, barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan vaqtdan boshlab tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatiga olib, unga davlat ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishgacha o‘tadigan muddat ko‘pi bilan ikki ish kunini tashkil qiladi. Тadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi idoralar tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan asossiz rad etishlari mumkin emas.
Ro‘yxatdan o‘tkazish tuman, shahar hokimiyatlari tomonidan bir vaqtning o‘zida, soliq tashkilotlari tomonidan ham hisobga olish tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi qaror ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan jismoniy shaxs kerakli hujjatlar bilan birgalikda ariza topshirgan paytdan 2 ish kunidan kechiktirmay qabul qilinadi. Agar, murojaat etuvchi rad javobini asossiz deb hisoblasa, u bu qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Muhr va tamg‘ani tayyorlashni rasmiylashtirishga ichki ishlar bo‘limidan ruxsat olish va tegishli davlat tashkilotlarida hisobga
qo‘yishning umumiy muddati zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza
topshirilgan vaqtdan boshlab, 8 ish kunidan oshmasligi kerak.
Jismoniy shaxsga ariza ko‘rsatilgan vaqtga ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risida guvohnoma bank yoki aholidan to‘lovlarni qabul qiladigan boshqa kredit tashkiloti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilgandan keyin beriladi. Ushbu guvohnoma xususiy tadbirkorlarga bankda hisobraqam ochishda, muhrni va boshqa rekvizitlarni tayyorlashda, muhandislik kommunikatsiyalariga bog‘lanishda (gaz tarmog‘i, energiya ta’minoti, suvdan foydalanish, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va h.k.) ruxsat olishda asos bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin xususiy tadbirkor bankka murojaat qilishi shart va amaldagi qonunchilik asosida alohida faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish haqida vakolatli davlat tashkilotiga murojaat qilishi lozim.
Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun xususiy tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi:
kommunikatsiyalariga bog‘lanish uchun ruxsat olish.
Moliyaviy-buxgalteriya hujjatlarini sotib olish va buxgalteriya hisob-kitoblarini ochish, aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilish va sotish (AJ uchun ommaviy obuna asosida).