Kirish Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi salbiy oqibatlarini chetlab o‘tishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa keyingi vaqtlarda budjet tashkilotlarida texnik va texnologik yangilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jaxon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivjlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Byudjet tizimida moliyaviy nazoratni kuchaytirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:Kurs ishining ning asosiy maqsadi jahonda hamon davom etayotgan jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozdan chiqish sharoitida budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil qilish va uning hozirgi holatini o‘rganish, tahlilini olib borish jarayonida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish va xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish xisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amaliy hal qilinadi:
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarini kirimi va chiqimi hisobini tashkil etishni nazariy jihatdan asoslash;
O‘zbekiston Respublikasida budjet xisobini tashkil etish va yuritish tartibini o‘rganish;
Asosiy vositalarni kirimi va chiqimini rasmiylashtirish tartibini yoritish;
Budjet tashkilotlarida yuritiladigan buxgalteriya xisobot shakllarini va g‘aznachilikdan ro’yxatdan o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.