3. Moddalarni plazmolemma orqali transporti. Endotsitoz va ekzotsitoz.
Ekzositoz - membrana bilan o’ralgan to’qima plazmatik membrana bilan qo’shilib, hujayradan tashqi muhitga ichidagi moddaning membranana butunligiga shikast etmay chiqarilishi. Masalan, me’da osti bezining ekzokrin qism hujayralari, so’lak bezining hujayralari sekretini ajralishi. Membrana manfiy zaryadlanganligi uchun membranali tuzilmalar u bilan birlashmasdan, balki bir-biridan itariladi. Shuning uchun ekzositoz maxsus fuzogen oqsillar yordamida kechadi (oqsillarning birlashishini ta’minlaydi). Bu jarayonni Ca boshqaradi. Ca ionlari sitozolda oshishi ekzositozni ishga tushiradi. Endositozda hujayra membranasi qismi endositoz pufakga aylanadi; ekzositozda hujayra membranasi hujayra yuzasiga qaytadi. Bu membranali transport deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |