23. Tomlar. Tom — binoning ustini yopib turuvchi qismi. Devorlar va binoning ichini yogʻinsochindan asraydi. Yuk koʻtaruvchi (ferma, sarrov, stropila, xari va boshqalar) hamda tunuka, shifer, tol singari yopuvchi qismlardan iborat. Shakliga koʻra, tomlar bir nishabli, ikki nishabli, toʻrt nishabli, koʻp nishabli, shatr (qubba) shaklli, chordoqli yoki chordoqsiz (yassi), baland chordoqli mansarda koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Odatda tomlar ikki turga ajratiladi: nishabli tomlar va yassi tomlar, ular bir-biridan yer sathiga nisbatan nishablik darajasi bilan farq qiladi. Ikkala turdagi tomlar oʻzining qadim arxitektura anʼanalariga ega. Nishabli tomlar asosan yomgʻirli iqlim sharoitlarida qoʻllanilgan. Yassi tomlar – anchagina quruq iqlimda, yomgʻir onda-sonda yogʻadigan, qor muammosi esa deyarli mavjud boʻlmagan joylarda foydalaniladi.
Gidroizolyatsiya tizimlari takomillashgani natijasida, 20 asrda yassi tomlandan yomgirli iqlimga ega boʻlgan hududlarda ham foydalanila boshlangan.
Nishabli tomlar. Binoning nishabli tomi quyidagi unsurlardan tashkil topadi: nishab deb ataluvchi qiya tekisliklar, ularning asosini stropil toʻsinlari va obreshyotkalar tashkil qiladi. Tom nishabligining asosiy vazifasi – suv va qorni yoʻnaltirib yuborish. Kuchli qor va yogʻingarchilik boʻlib turadigan hududlar aholisi tikka nishabli tomlar barpo etishni afzal koʻradilar. Bunday tomlar qimmatroq boʻladi, chunki ularni qurish uchun qoʻshimcha materiallar talab etiladi, buning ustiga bunday tomlarni taʼmirlash ham murakkabroq boʻladi.
Yassi tomlar deb odatda nishablik darajasi 3%gacha boʻlgan tomlarni aytadilar. Biroz nishablik suvni samarali tarzda ketkazish uchun zarurdir.[2] Yassi tomlarda odatda chordoq boʻlmaydi, lekin ulardan ayvon (terrasa) sifatida foydalansa boʻladi. Shuningdek yassi tomlarda oʻsimliklar eksa boʻladi. Yassi tomlar bilan bogʻliq eng katta muammo - bunday tomlar yuqori darajada harorat oʻzgarishlari taʼsiriga duchor boʻlishidir.
24. Birlashgan (chordoqsiz) tomlar. Birlashgan tomlarda yopma qismi chordoq ora yopmasi konstruksiyasi bilan birlashgan bo‘lib, ularda chordoq qismi bo‘lmaydi va chordoq ora yopmasining ostki qismi yuqori qavat uchun shift vazifasini o‘taydi.
Ko‘pchilik xollarda birlashgan tomlar temir-beton elementlardan tayyorlanadi. Birlashgan tomlar chordoqli (nishobli) tomlarga nisbatan 10-15% arzonga tushadi, ekspluatatsiya narxi esa 5 baravar kam bo‘ladi.
Birlashgan tomlarning shamolatilmaydigan yoki shamollatiladigan turlari bo‘ladi.
Shamollatilmaydigan tomlarda temir-beton yopma plitasi ustidan bir yoki ikki qavat ruberoid qog‘oz issiq bitum bilan yopishtiriladi. Bu qatlamning asosiy vazifasi issiqlikni o‘tkazmaslik va temir-beton plita orqali xona ichidan ko‘tarilayotgan bug‘dan namlanishining oldini olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |