To‘g‘ri va qiyshiq gullarga ta’rif bering.
Gullar to’g’ri va qiyshiq gullarga bo‘linadi. Agar gulqo‘rg‘on ikkitadan ortiq teng bo‘lakka ajralsa, u to‘g‘ri gul deyiladi Masalan, olma, behi, shaftoli, g‘o‘za va na’matak. Agar gul faqat teng ikki ЬоЧакка ajralsa yoki umuman teng bo‘lakka ajralmasa, u qiyshiq gul deyiladi. Bunga nastarin, gladiolus, kiyiko‘t, marmarak, isfarak, binafsha, loviya, beda, angishvonagul, parpi, rayhon, burchoq va boshqalarning gullari kiradi
Madaniy o‘simliklarning ko‘payish usullari haqida ma’lumot bering.
Kartoshkani Tokni parxesh Tokni qalamchadan Tradeskansiyani novdasidan ko’paytirish.
tugunagidan usulida ko’paytirish. ko’paytirish
69-rasm. Madaniy o*simliklarni vegetativ ko‘paytinsh ko‘paytirish
O‘simliklami vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydalanib keladi. Juda ko‘p madaniy o‘simliklar ildizi, novdasi va barglaridan ko‘paytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina, jiyda, atirgul hamda issiqxonalarda o‘stiriladigan o‘simliklaming aksariyati qalamcha (novda)sidan ko‘paytiriladi. artoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida ko‘paytiriladi (69-rasm). vandlash deganda, bir o‘simlikning ma’lum qismini ikkinchi o‘simlikka turli usullar bilan o‘matish tushuniladi. Payvandlashning juda ko‘p usullari bor {kurtak, iskana payvand) Bundan tashqari, ayrim o‘simliklaming tugunagi va piyozboshi kesib yoki bo‘laklarga boclib ekiladi. Ba’zi madaniy o‘simliklar parxish yo‘li bilan ko‘paytiriladi (tok, atirgul, qoraqat). Bunda o‘simliklar novdasining ma’lum qismi asosiy poyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko‘miladi. Ko‘milgan novda ildiz hosil qilgandan keyin asosiy poyadan ajratiladi.
26-BILET.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyati haqida tushuncha bering?
Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o‘simliklaming asosiy qismini yopiq urug‘li o‘simliklar tashkil qiladi. Yopiq urug‘lilar o‘simliklar olamining boshqa guruhlariga qaraganda har taraflama ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli o‘simliklardir. Haqiqiy gul esa yopiq urug‘lilardan boshqa o‘simlik guruhlarining hech birida bo‘lmaydi. Haqiqiy gul gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil topgan. Yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘kurtak ochiq urug‘lilardagiga o‘xshash qubba tangachalari ustida ochiq holda emas, balki urug‘chining tugunchasi ichida, tuguncha devori bilan o‘ralgan holda yetishadi. Changlanish va urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtakdan urug‘, tugunchadan esa meva hosil bo‘ladi. Demak, yopiq urug‘lilaming urug‘i meva ichida yetishadi. Shuning uchun ham bu o‘simliklar yopiq urug ‘Ular deb ataladi. Tugunchalar ichida yetiladigan urug‘kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug‘lar muhitining noqulay sharoitidan: sovuq va ortiqcha issiqdan, qurg‘oqchilik va ortiqcha namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan yaxshiroq himoyalangan bo‘ladi. Bu bo‘limga xos eng muhim belgilardan biri qo‘sh urug'lanishdir. Yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘ining yaxshi, sog‘lom rivojlanishi, tez va oson tarqalishi hamda o‘sish xususiyatini tez yo‘qotmasligi tufayli o‘simliklar olamida asta-sekin hukmronlik qila boshlagan. Yopiq urug‘li o‘simliklaming ichki tuzilishi ham ancha murakkab. Masalan, ularning ildiz, poya va barglaridagi o‘tkazuvchi to‘qimalari uzun, yog‘ochlangan o‘lik hujayralardan tashkil topgan o‘tkazuvchi naylardan iborat. Yopiq urug‘li o‘simliklaming hayotiy shakllari har xil. Ular ichida bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik o‘tlar, chalabutalar, buta va daraxtlar mavjud. noHozirgi vaqtda fanga yopiq urug‘li o‘simliMaming 250 000 dan ortiq turi ma’lum. Bu boshqa barcha o‘simlik guruhlari turlarining umumiy soniga teng demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |