9-BILET
1. O‘zbekistonda - milliy valyutaning qabul qilinishi.
Soʻm — Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 So`m100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994-yil 16 iyundagi farmoni bilan 1994-yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (qarang Tanga). Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. 1 soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1 iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. 2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. 2013-yil 27iyunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.. 2017yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning
chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi. 2021-yil 14iyundan 2000 va 20000
soʻmlik banknotlar muomalaga chiqarildi.
2. Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi haqida ma’lumot bering.
Koʻkaldosh madrasasi — Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi meʼmorlik yodgorlik. Shahar markazining Chorsu maydonida joylashgan. Qulbobo koʻkaldosh qurdirgan (1551—1575). Madrasa (umumiy oʻlchami 62,7X44,9 metr) bosh tarzi janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, oʻngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonalarning tomi oʻzaro kesishgan ravoqlar ustiga oʻrnatilgan gumbazlardan iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsi hovlisi keng (38X26,9 metr), hujralar va ochiq ayvonlar bilan oʻralgan. Hovlini ng atrofidagi hujralar 38 ta boʻlib, darsxona va masjid bilan oʻzaro bogʻlangan. Madrasa dastlab 3 qavatli boʻlgan. Meʼmorlar madrasani bezashda, asosan, binoning old tomoniga eʼtibor berishgan. Peshtoqi bilan birga balandligi 19,73 metr boʻlib, sirkor par chin va girih naqshlar bilan bezatilgan. Bosh tarzining 2 burchagidagi guldastalar tepasi qafasa bilan yakunlangan.
Koʻkaldosh madrasasi XVIII asr boshlarida qarovsiz holga kelib qolgan va karvonsaroy ombori sifatida foydalanilgan. 1886 va 1946-yillardagi zilzilalar oqibatida vayron boʻlgan. Bir necha bor taʼmirlanishi natijasida madrasaning tashqi
koʻrinishi oʻzgarib ketgan. Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida Furqat (1889—
1891) va Hamza (1910—1911) istiqomat qilishgan, shoir Hislat va boshqalar tahsil olgan. Madrasaning old tomoniga anʼanaviy usulda zinapoya ishlangan. 1998-yildan binoning muhandislik ustuvorligini taʼminlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Koʻkaldosh madrasasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida (1991-yildan). Binoda shu idoraga
qarashli oʻrta maxsus islom bilim yurti joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |