3. Ahmad al-Farg‘oniy hayoti va ijodi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865-yillarida yashab ijod qilgan buyuk ajdodimizdir. U o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Uning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutafakkir olim al -Xorazmiy rahbarligidagi «Bayt ul-hikma» bilan bog‘liqdir. Ahmad al-Farg‘oniy (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir al- Farg'oniy) (taxminan 797, Farg‘ona - 865, Misr) – astronomiya, mat., geogr. va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy olimi. Sharqda
AlFarg‘oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur.
7-BILET
1. Ikkinchi jahon urushi va oqibatlari.
Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning l-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z donnga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi. Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko'p talafot va kaita vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabi yotlarda qayd etilishicha, bu urushda 65—67 mln. kishi halok bo'lgan. Ularning yarmi tinch aholi edi.
Vayrongarchilikdan ko'rilganzararva urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni tashkil etdi. Bu urush ayni paytda eng dahshatli qurollar ishlatilgan urush ham edi. Urush oxirida hatto raketa quroli hamda atom bombasi yaratildi va ular insoniyatga qarshi ishlatildi. Fashizmning dunyoga hukmron bo'lishga intilishi va insoniyat boshiga keltirishi mumkin bo'lgan kuifati antifashistik kuchlarni birlashtirdi.Erksevar xalqlar birgalikda fashizmga qarshi kurashdilar. Va, nihoyat, g'alaba ham qozondilar. Biroq bu g'alaba-ga osonlikcha erishilmadi. Avalgi mavzuda qayd etilgandek, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya German iyaga qarshi urush e'lon qildilar va shu tunda urush boshlanib ketdi. Polsha armiyasi kam sonli va yaxshi qurollanmagan edi. Shunday bo'lsa-da, u jasorat bilan qarshilik ko'rsatdi. Lekin kuchlar teng bo'lmagani uchun Polsha armiyasi ikki hafta ichida tor-mor etildi. I7-sentabr kuni Polsha hukumati Prezident Ridz Smigli boshchiligida mamlakatni tashlab chet elga chiqib ketdi.
Xuddi shu kuni Germaniya bilan kelishuvga binoan sovetlarning 209 mingdan ortiq jangchi va zobitlari Polshaga bostirib kirdi hamda 28-sentabr kuni Moskvada Sovet davlati va Germaniya o'rtasida «Do'stlik va chegara to'g'risida* shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, mustaqil Polsha davlati tugatildi va bo'lib olindi. Ayni paytda G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiya Sovet davlatiga berildi. Polshaning Germaniya bilan chegaradosh bo'lgan yerlari Germaniya-ga o'tdi. U yerda nemis general-gubernatorligi tuzildi. 1939-yilning 2S-sentabrida imzolangan sovetgerman shartnomasiga ko'ra, sovet hukumati Boltiqbo'yi respublikalar idan Sovetlar armiyasini bu respublikalarda joy-lashtirish va o'zaro yordam to'g'risida shartnoma imzolashni talab eidi. Boltiqbo'yi respublikalarining bu talabga bo'ysunmaslikka ilojlari yo’q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |