1-Bilet: maqollar



Download 105,69 Kb.
bet2/19
Sana28.04.2022
Hajmi105,69 Kb.
#586404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
3-Bilet:
1. Bu ertak o’zbek xalq ertaklari orasida o’zining tili, tasvir jozibasi, mavzusining muhimligi bilan ajralib turadigan asar. Awalo, ertakda xalqimizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan. Susambil ertakda Adolat qaror topgan va hamma baxtli yashaydigan afsonaviy yurt timsoli sifatida tasvirlanadi. E’tibor bersangiz, eshakvoy yo’lda yo’ldosh bo’layotgan har bir jonivorning «Susambil qanday joy?» degan savoliga «Susambil - o’tning bo’lig’i, suvning tinig’i, unda azob-uqubat yo’q, maza qilib yurasan», deb javob beradi.
Ikkinchidan, jonivorlaming ko’zlagan maqsadlariga erishishlarida ularning sabrtoqatli bo’lganliklari, mashaqqatlarga chidashgani mu-him ahamiyatga ega bo’ladi. Mashaqqatlarga bardosh bergan jonivorlar jannatmakon go’sha Susambilga yetib keladilar, shu joy da rohat-farog’atda umr kechiradilar.
Uchinchidan, jonivorlarning o’zaro ahilliklari, birdamligi ularning tashqi dushman bo’rilar galasi hujumidan qutqaradi. Bo’rilar podshohi Susambilni tashlab yetti tog’ning narigi tomoniga qochib ketadi.
Mazkur ertak nihoyatda ravon, xalqchil, shirali tilda berilgan. Ertak boshlanishidayoq kishini o’ziga jalb etadi. Asar boshlanmasidagi an’anaviy kirish so’z («Bor ekan-u yo’q ekan, och ekan-u to’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg’a qaqimchi ekan, chum-chuq chaqimchi ekan, o’rdak surnaychi ekan, g’oz karnaychi ekan»)-ni olamizmi, tabiat tasviriga bag’ishlangan o’rinlarni olamizmi yoki personajlar eshak, ho’kiz, xo’roz, kalamushlar, bo’rilarning suhbatidagi dialoglarni olamizmi, barchasida jozibali tasvir, xalqona mutoyibaga boy nutq kishi diqqatini tortadi, o’quvchi o’zini voqealar ichida yurgandek his etadi. 

4-Bilet:
1. Asarning to’liq nomi «Lemyuel Gulliver­ning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga awalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726- yilda yaratilgan.
Roman ajoyib-g’aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar bir qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgan bo’lib tuyulsa-da, uning zamirida achchiq kinoya, zaharxanda yotibdi. Muallif bu asar orqali
Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi. «Gulliverning sayohatlari» romani to’rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Gulliverning liliputlar - mitti odamlar mamlakatidagi sargu-zashtlari hikoya qilinadi. Mitti odamlarning hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga о’xshash. Mitti odamchalar yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud. Liliputiyada ham Angliyadagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o’z manfaatlarini o’ylab janjallashadilar, bahslashadilar. Bu partiyalar baland poshnalilar va past poshnalilar deb ataladi. Mazkur partiyalar vakillari qanchalik mitti bo’lsalar ularning maqsad va o’ylari ham o’zlari kabi arzimas va jo’n. Ularning siyosatlari orasidagi farq poshnalarining baland yoki past bo’lganligidadir. Liliputiya davlatining qo’shni Blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmaydilar. Birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak desalar, birlari poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradilar. Svift ularning bu kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo’lmagan ixtiloflar ekanligini uqtirgandek bo’ladi.
Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti Brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. Bu mamlakatda Gulliver teskari holatga tushadi Liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo’lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi.
Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati Laputadagi sayohatlariga bag’ishlangan. Bu yerdagi Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko’radi. Ularning real hayotdan ajrab qolib, foydasiz ixtirolar bilan bandliklari muallif kulgisini qo’zg’aydi. Ayniqsa, bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, vmdan yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poydevoridan emas, tomidan boshlab qurish kashflyoti haqidagi loyihasi buning isboti sifatida hasharotlar asalari va o’rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini
ko’rib kishi o’zini kulgidan tiya olmaydi. Yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi.
Romanning to’rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamlakatiga qilgan sayohati haqida. Muallif Gulliverning bu sayohatini o’tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. Bu mamlakatda inson qiyo-fasidagi ikki oyoqli maxluqlar yexular va aqlli, dono, halol mehnat bi­lan kun ko’ruvchi otlar yashaydilar. Yexular jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadilar. Ular o’z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor.
Asar bilan tanishadigan bo’lsangiz, romanda Svift tasvirlagan mamlakatlar dunyo xaritasida yo’q. Bu shaharlar badiiy uydirma mansuli, ularni yozuvchining o’zi o’ylab topgan. Adib yashagan jamiyatda tanqidiy fikr bildirish, bir amaldor kirdikorlarini ochiq aytish juda xavfli edi. Svift o’zi yashagan Angliya qirolligidagi barcha kamchi-liklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xatti-harakatlarini fosh qilish orqali kuladi.

2.



Download 105,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish