1. Begona o’tlar haqida tushuncha. Begona o’tlarning zarari


Ildizpoyalilar va tugunaklilar



Download 41,33 Kb.
bet9/13
Sana09.12.2022
Hajmi41,33 Kb.
#882370
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
B O\'

Ildizpoyalilar va tugunaklilar. Bu guruhga kiruvchi o’simliklar tuproq ichidagi o’zgargan poyasidan, tugunaklaridan va urug’laridan ko’payadi. Ildizpoyali ko’p yillik o’simliklar keng tarqalgan bo’lib, ularni yo’qotish ancha qiyin kechadi. Ularning ildizpoyasi silindrsimon, chizimchasimon va tugunaksimon bo’ladi. Ildizpoyalarning uchida va yonlarida ko’p kurtaklar bo’lib, ulardan novda o’sib chiqadi. Ildizpoy-aning bitta yoki bir nechta kurtagi bo’lgan biror bo’lagidan yangi o’simlik rivojlana oladi. Sug’oriladigan yerlarda ildizpoyali begona o’tlardan g’umay, ajriq, qamish, salomalaykum, bug’doyiq va qizil qiyoq o’sadi.
Ajriq - Cynadon dactylon (L.) boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Bo’yi 10-50 sm, pastidan shoxlangan. Poyasi bo’g’imli, ingichka, tasmasimon bargli, panjasimon to’pgulli o’simlik. Mart oyidan boshlab ko’karadi. Maydan-iyungacha gullaydi, iyun-sentyabr oyida hosil tugadi. Bitta o’simlik 2 mintagacha urug’ qiladi. Ajriq asosan ildizpoyasidan ko’payadi. Ildizpoyalarning asosiy qismi 0-20 sm qatlamda joylashgan. Ajriq hamma yerda uchraydi. U ashaddiy begona o’t hisoblanadi.
G’umay - Sorgum halepense (L Brot) boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Ildiz tizimi o’zgargan yer osti poyalardan iborat. Ildiz poyalarning uchi va yonida kurtaklar bo’lib, ulardan novdalar o’sib chiqadi. Poyasi tik, bo’yi 100-200 sm. Barglari ensiz, tasmasimon, tuksiz. Guli- yirik sulton. Boshoqlari tuxumsimon, tukli, to’q binafsha yoki to’q malla rang. Urug’i oval shakldagi don. Urug’larning unib chiqishi uchun minimal harorat +10…+120C , optimal harorat +30…+350C. Mart-may oylarida ko’karib chiqadi. Iyul-avgustda gullaydi. Avgust-oktyabrda hosil tugadi. Bitta o’simlik 8000 donagacha urug’ beradi; 1-80 tacha ildizpoya hosil qiladi. So’ligan yosh novdalari tarkibida zaharli sinil kislota to’planadi. Sug’oriladigan yerlarda ashaddiy begona o’t hisoblanadi.
Salomalaykum - Cyperus rotundus L.-qiyoqdoshlar oilasiga kiradi. Uning 400 ga yaqin turi bor. Ildizi ingichka chizimchasimon ildizpoya va qo’ng’ir tugunaklardan iborat. Poyasi tik, uch qirrali, silliq, bo’yi 15-50 sm. Barglari silliq, gullari zich, boshoqqa joylashgan. Urug’i uch qirrali, yaltiroq, qoramtir-malla yong’oqcha. May-iyundan boshlab ko’-karib chiqadi. Iyun-avgustda gullaydi, iyul-oktyabrda urug’ tugadi. Sernam tuproqlarda tarqalgan.
Qamish - Phragmites communis Trin. Boshoqdoshlar oilasiga kiradi. Yo’g’onlashgan ildizpoyalari 3,5 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Ildizpoyalarning asosiy massasi 60-100 sm chuqurlikda joylashadi. Poyasi to’g’ri, shoxlanmagan, bo’yi 4 m gacha etadi. Barglari navbat bilan joylashgan, uzun, tasmasimon, uchli. Poyasining uchida ro’vak hosil bo’ladi. Bitta ro’vagida 100 mingtagacha urug’ tugadi. Urug’i kul rangsimon don, +8…+100C da ko’karib chiqa boshlaydi. Optimal harorat +20…+240C. May-iyulda gullaydi, iyul-sentyabrda hosil tugadi. Qamish asosan, ildizpoyasidan va qisman urug’idan ko’payadi.
Кampirchopon, oq tukli kampirchopon-Trichodesma R.Br. Кo’p yillik begona o’t. Ildizi uzun, egri-bugri, 4 metrgacha chuqurlikka kirib boradi. Urug’idan va vegetativ yo’l bilan ko’payadi. O’simlik yaltiroq-oq rangli, mayin tukchalar bilan zich qoplangan, sershox buta shaklida oqarib ko’rinadi. Barglari tolali, tuxumsimon, yuqoriga tortilgan, uchi o’tkir. Gullari poya va yon butoqlarning tepa qismida joylashgan, moviy (kul rang, yashil) tusda, diametri 2,5 sm gacha yetadigan yirik 5 ta gulbarglardan iborat. Barglari tana uchiga yoki yon butoqlarga o’rnashgan, g’ujumi to’dagul hosil qiladi. Mevasi bir-biriga jipslashgan to’rt dona urug’dan iborat. Urug’i tuxumsimon, sirti taramli, qobig’i kul rang-zangori, ta’mi achchiq, yirik.
Кampirchopon ildizidan bahorda ko’karib chiqadi. Кo’karib chiqqandan 1,5-2 oy o’tib gullaydi va gullash kech kuzgacha davom etadi. Urug’lar har xil muddatda pishib yetiladi. Кampirchoponning bitta o’simligi 150 dan 2000 tagacha urug’ beradi.
Кampirchopon Samarqand va Jizzax viloyatining lalmikor yerlarida ko’p tarqalgan.

Download 41,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish