To‘pni olib yugurgan paytida urib chiqarish. Hujumchining to‘p olib yurish bilan
o‘tishning boshlanish paytida himoyachi raqibga savatga tomon to‘g‘ridan yo‘l qoldirib orqaga
biroz chekinadi yoki yengil sakraydi va uni ta’qib qilib, yon chiziqqa qisadi, so‘ng himoyachi
hujumchidagidek tezlik olib va olib yurish maromini aniqlab, maydondan sakragan to‘pni qabul
qilish paytida raqibga yaqinroq qo‘li bilan to‘pni urib chiqaradi. To‘pni hujumchidan o‘tishning
boshlang‘ich davrida orqadan ham urib chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |