1. Barkamol avlod tarbiyasida "О‘zbekistonning eng yangi tarixi fani"ning tutgan о‘rni



Download 0,55 Mb.
bet9/12
Sana14.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#448346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tarix oraliq nazorat

2-TOPSHIRIQ: Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing.


1.O‘zbekiston mustaqillik deklaratsiyasi- Mustaqillik deklaratsiyasi (1990-yil 20-iyun) — Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida qabul qilingan. U Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam boʻldi. M.D.da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi oʻzbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, Oʻzbekistonning kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chu-qur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mu-staqilligini eʼlon qiladi
2.O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari- O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga ega
Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan.O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
3.Taraqqiyotning o‘zbek modeli- O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloq etishdir
Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
2. Davlat - bosh isloqotchi.
3. Qonunning ustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish.
Taraqqiyotning "O'zbek modeli”
Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi.
4.Ko‘ppartiyavilik tizimi- Koʻp partiyaviylik - mamlakatda 2 va undan ortiq partiyalarning boʻlishi. Koʻp partiyaviylik aholi keng qatlamlarining ijtimoiy faolligini oshiradi, fikrlar xilma-xilligini taʼminlaydi, saylovlarning demokratik asosda oʻtishiga yordam beradi. Hozirgi demokratik davlatlarning deyarli hammasi Koʻp partiyaviylik tamoyiliga rioya qiladi. Oʻzbekiston Respublikasida 4 ta siyosiy partiya va 2 ta ijtimoiy harakat faoliyat olib boradi
5.Bozor iqtisodiyoti- Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir.
6.Bozor infratuzilmasi- Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida boʻgʻinini tashkil qilib, ularga maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.
7.Ommaviy madaniyat- Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.
Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.
8.Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari-Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati institutlari tom ma’noda demokratik qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Zaminimizda qadimdan shakllangan mahalla instituti bugun aholining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan mustahkam jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei yanada kuchaymoqda.
9.Inflyatsiya- Inflyatsiya - lotincha “inflatio” so'zidan olingan bo'lib, “shishish”, “bo'rtish”, “ko'tarilish” degan ma'nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o'sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko'tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro'y beradi. Bu esa o'z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
10.Senzura- Senzura (lot. censere — „hukm qilish“, „baholash“) deb hukumat, tahririyat yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan shu boshqaruvchilar fikricha zararli, xavfli yoki noqulay boʻlgan nutq yoki boshqa ommaviy muloqotni bekitishga aytiladiOʻz-oʻzini senzuralash holatlari ham mavjud. Senzura ommaviy axborot vositalari, kitob, nutq, musiqa, film, vebsayt yoki boshqa axborot vositasidagi maʼlumotlarni yashirish, ularni taqiqlash, oʻzgartirish kabi amallarda namoyon boʻladi. Senzura sabablariga milliy xavfsizlikni taʼminlash, bolalar va ularning psixologiyasini asrash (ayniqsa, bolalar pornografiyasidan, nafrat va nizo qoʻzgʻatuvchi nutqlarni cheklash, diniy yoki siyosiy qarashlarni filtrlash, tuhmatning oldini olish yoki mualliflik huquqlarini himoyalash kiradi. U qonuniy yoki noqonuniy boʻlishi mumkin. Aksariyat davlatlar senzurani qonunchilik bilan chegaralashadi,biroq bu cheklovlar mutlaq emas.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish