5.Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tutgan о‘rni.
Taraqqiyotimiz yo’lida erishilayotgan yangi yutuqlar va marralar bilan bir qatorda mazkur sohada ham ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. O’n besh yil avval mamlakatimizda 475 ommaviy axborot vositalari mavjud bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda qariyb 1200 bosma va elektron ommaviy axborot vositalari royxatga olingan. Ularning 60 foizdan ortigi mamlakatimiz hududlarida faoliyat korsatmoqda. Nodavlat ommaviy axborot vositalari soni ham tobora kopayib borayotir. Ayni paytda barcha telekanallarning 53 va radiokanallarning 86 foizi ushbu toifaga kiradi. Axborot sohasi moddiy-texnik bazasining izchil mustahkamlanib borayotgani istiqlol yillarida ushbu yonalishda ulkan ishlar amalga oshirilganidan dalolat beradi. Natijada 90 nashriyot va 1300 dan ziyod matbaa korxonalari tomonidan chiqarilayotgan mahsulotlar sifati ancha oshdi. Koplab davlat va nodavlat teleradiostudiyalar zamonaviy media-texnologiyalar va raqamli asbob-uskunalardan foydalangan holda, oz korsatuv hamda eshittirishlarining texnik sifatini jahon standartlari darajasiga kotarishga erishdi. Axborotni yanada tezkor tarqatish imkonini beradigan internet jurnalistikani rivojlantirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilganini takidlash joiz. Bugungi kunda media-makonda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining yuzdan ortiq veb-saytlari faoliyat korsatmoqda. Oliy oquv yurtlari oquv dasturiga maxsus kurslar kiritilgan bolib, bu mazkur sohada mehnat qilayotgan jurnalistlar safini kengaytirishga yordam bermoqda. Bugungi kunda matbuot sohasida ana shunday miqdor ozgarishlari bilan birga, jiddiy sifat ozgarishlari ham yuz bermoqda. Gazeta va jurnallar, radio va telekanallarning mazmun-mohiyati, mavzu doirasi zamon talablariga mos bolib, jurnalistlarning dunyoqarashi, bilim va tajribasi, kasb mahorati yuksalib borayotir. Davlatimiz rahbari takidlaganidek, ommaviy axborot vositalarining eng muhim vazifasi mamlakatimizda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni atrofimizda sodir bolayotgan voqealarga nisbatan fikrlar va qarashlar rang-barangligi, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, xolisona yoritishdan iborat. Shu munosabat bilan ommaviy axborot vositalari zimmasiga katta masuliyat yuklanadi. Birinchi navbatda, ular real hayotni, mamlakatimizda roy berayotgan ulkan ozgarishlarni xolis va har tomonlama aks ettirishi, yuzaga kelayotgan muammolarni kotarib chiqishi, shu tariqa ularni hal etishga komaklashishi lozim. Istiqlol yillarida yangi ijtimoiy munosabatlarning samarali huquqiy mexanizmini yaratishga alohida etibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlat qurishning muhim institutlaridan biridir. Ushbu sohadagi davlat siyosati Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoyilgan so’z erkinligi prinsiplari va fuqarolarning axborot olish huquqini izchillik bilan to’liq amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |