1. Badiiy matnda fonetik birliklarning estetik xususiyatlari haqida ma’lumot bering



Download 24 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi24 Kb.
#489793
Bog'liq
1. Badiiy matnda fonetik birliklarning estetik xususiyatlari haq


Nazorat savollari:

1. Badiiy matnda fonetik birliklarning estetik xususiyatlari haqida ma’lumot bering.


2. Badiiy matnda fonografik vositalarning qo‘llanish sababini tushuntiring.
3.Unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli qanday usul hisoblanadi?
4.Badiiy asarda qahramon nutqini individuallashtirish maqsadida qanday usuldan foydalansa bo‘ladi?
5.Fonografik vositalarni sanab bering.
6.Alliteratsiya sharq she’riyatida qanday san’at deb yuritilgan?
7.“ Xalq hukmi – haq hukmi” qaysi fonetik usulga misol bo‘la oladi?
8. Alliteratsiya deb nimaga aytiladi?
9. Assonans deb nimaga aytiladi?
10. Geminatsiya deb nimaga aytiladi?

Javoblar:
1. Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki She’rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. She’riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bog‘liq qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin.
2. Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‘ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalanadilar.
3. Yozuvchilar holatni "aynan" berishda unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalanadilar. Masalan, unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho‘zib talaffuz qilinganligi tushuniladi. Unlini cho‘zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me’yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta’kidlanadi. Masalan, belgining kuchsizligi: Ortiq jizzaki ko‘rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Qodirov). Belgining ortiqligi: Uzo-oq yo‘l, ahyo-onda bir keladi, qato-or imoratlar, o‘yla-ab tursam, o‘g‘lim, dunyoni ishi qiziq.(A.Muxtor) «Sharq» sahnasi bilan «Turon»ning to‘rtta karnayi: g‘o-o-o-o-ot, g‘o-o-otu-u-u g‘o-o-o-ot! G‘ort-g‘ort-g‘ort! Ha, tovushing o‘chkur, ha, egasiz qolg‘ur!! (A.Qodiriy)
4. So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish. Og‘zaki nutqda turli sabablarga ko‘ra ayrim so‘zlar, asosan, o‘zlashma so‘zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so‘zlovchining o‘zlashgan so‘z imlosini to‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. Badiiy asarda bu usuldan qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og‘zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida foydalaniladi. Ayrim o‘rinlarda kulgi qo‘zg‘atish maqsadida ham so‘zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o‘sha tarzda yoziladi. Masalan,
-Kotibadan kirsam mumkinmi, deb so‘rash kerak.
–Jinni bo‘ldingmi, Ne’mat?
–Men sizga Ne’mat emasman, o‘rtoq Babbaev bo‘laman, o‘rtoq Xajjayip.(S.Ahmad)
–Xo‘p, bo‘pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... –aytaveraymi, deb unga qaradi. (S.Ahmad).

5. Fonografik vositalar quyidagilar:
1)Unlilarni birdan ortiq yozish;
2)Undoshlarni birdan ortiq yozish;
3)So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish.
6. Alliteratsiya. Badiiy nutqning ohandorligini va ta’sirchanligini ta’minlashda alliteratsiyaning o‘rni beqiyosdir. She’riy nutqda misralar, undagi so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qo‘llanishiga alliteratsiya deyiladi. Tovushlar zamiridagi musiqiylikka asoslangan bu usul qadimdan Sharq She’riyatida keng qo‘llanilib kelingan. Ko‘hna badiiyatshunoslik(«ilmi bade’»)da alliteratsiya «tavzi’ san’ati» deb yuritilgan.
7. Alliteratsiyadan xalq maqollaridagi intonatsion butunlikni ta’minlashda ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:
Xalq hukmi – haq hukmi.
8. She’riy nutqda misralar, undagi so‘zlar hamda bo‘g‘inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qo‘llanishiga alliteratsiya deyiladi.
9. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko‘p kuzatiladi.
10. Badiiy nutqda keng qo‘llaniladigan fonetik usullardan yana biri – geminatsiyadir. «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati»da mazkur hodisa «qo‘sh undoshlik – ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi. «O‘zbek tili tarixiy fonetikasi» o‘quv qo‘llanmasida esa bu hodisa «qo‘shoqlanish» yoki «ikkilangan undosh» deb yuritiladi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish