O‘zbekiston Yer fondining turlari bo‘yicha taqsimlanishi, ming/ga (1.01.1993 y.)
№
|
Egalik qilish va foydalanish turlari
|
Umumiy maydoni
|
Shu jumladan sug‘ori- ladigan
yerlar
|
Qishloq xo‘jalik yerlarining turlari
|
Qishloq xo‘jaligida foydalanil- maydigan
yerlar
|
Umumiy maydo-niga nisba-tan,
%.
|
1.
|
Qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlarning
hammasi
|
32239,6
|
4162,6
|
25593,2
|
6646,4
|
72,0
|
2.
|
Davlat yer zahirasi
|
4632,0
|
-
|
616,0
|
4016,0
|
10,3
|
3.
|
O‘rmon xo‘jaliklari yerlari
|
5243,2
|
17,8
|
1223,0
|
4020,2
|
11,7
|
4.
|
Sanoat, yo‘l, dam olish,
|
1816,3
|
15,5
|
61,7
|
1754,6
|
4,0
|
|
qo‘riqxonalar va qishloq xo‘jaligida foydalanilmay-
digan boshqa yerlar
|
|
|
|
|
|
5.
|
Suv inshootlari va boshqa
gidrotexnik qurilmalar
|
635,0
|
3,4
|
10,8
|
624,2
|
1,4
|
6.
|
Qishloq yerlari (shahar va
shahar tipidagi qishloqlar)
|
215,4
|
38,9
|
9,9
|
205,5
|
0,5
|
7.
|
Tabiatni muhofaza qilish,
rekreatsion va tarixiy- madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar, tash- kilotlarning yerlari
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
44797,7
|
4238,6
|
27521,6
|
17276,1
|
100
|
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining 2017 yil 1 yanvar holati to‘g‘risida Milliy hisobot O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan hisobot yilida korxona, muassasa, fermer xo‘jaliklari va tashkilotlarning yerlaridagi barcha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo‘yicha umumlashtirish natijasida tuzildi.
2017 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasa, fermer xo‘jaligi va fuqarolar foydalanishidagi jami erlar 44892,4 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4312,9 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,6 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasiga binoan 8 ta toifaga bo‘linadi. Yer fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi 3-jadvalda hamda yer fondining yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi 4-jadvalda ko‘rsatilgan.
jadval.
O‘zbekiston Yer fondining turlari bo‘yicha taqsimlanishi, ming/ga (1.01.2017 y.)
№
|
Yer fоndining tоifalari
|
Umumiy maydоn
|
Shundan
sug‘оriladigan yerlar
|
jami
|
Fоiz
hisоbida
|
jami
|
Fоiz
hisоbida
|
1
|
Qishlоq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlar
|
22259,1
|
50,12
|
4210,9
|
9,48
|
2
|
Ahоli punktlarining yerlari
|
235,0
|
0,53
|
48,8
|
0,11
|
3
|
Sanоat, transpоrt, alоqa, mudоfaa va
bоshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
|
1965,1
|
4,42
|
12,2
|
0,03
|
4
|
Tabiatni muhоfaza qilish, sоg‘lоmlashtirish, rekreatsiya
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
|
72,2
|
0,16
|
0,5
|
0,001
|
5
|
Tarixiy-madaniy ahamiyatga mоlik
yerlar
|
0,4
|
0,001
|
0
|
0
|
6
|
O‘rmоn fоndi yerlari
|
8661,0
|
19,50
|
26,9
|
0,06
|
7
|
Suv fоndi yerlari
|
813,6
|
1,83
|
4,5
|
0,01
|
8
|
Zahira yerlar
|
10403,9
|
23,43
|
2,0
|
0,004
|
|
Jami yerlar
|
44410,3
|
100
|
4305,8
|
9,69
|
Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jalik mahsulotini 95% ni etishtirishda xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligi esa volyuta keltiruvchi asosiy tarmoq, ya’ni manba hisoblanadi. Bulardan tashqari yuqorida qayd qilganimizdek 790,4 ming gektar yerimiz lalmikor dehqonchilikda foydalaniladi.
Bu yerlar qatoriga nisbatan yuqori darajada gumus bilan ta’minlangan to‘q tusli bo‘z tuproqlar tipchasi mansub bo‘lib, mashhur, qattiq, ya’ni qayroqi bug‘doy va boshqa don turlarini etishtirishda xizmat qiladi.
Afsuski bunday yerlar, ya’ni lalmikor tuproqlar ko‘p emas: Jazzax viloyatida 227.8, Qashqadaryoda 252.0, Samarqandda 183.5, Surxondaryoda 42.1, Toshkentda 39.5, Navoiyda 20.8 ming gektarni tashkil qiladi. Bu maydonlar turli darajada eroziyaga uchragan va dehqonchilikni olib borish jarayonida katta ehtiyotlik talab qiladi, aks holda eroziya tezda yerlarni degradatsiyaga uchratadi.
Bu guruh tuproqlar, ya’ni to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlar namlik bilan ta’minlangan yerlar hisoblanadi. Katta mehnat sarf qilmasdan, namgarchilik yaxshi bo‘lgan yillari nisbatan yuqori hosil olish mumkin.
Demak asosiy diqqat va e’tibor ana shu, ya’ni sug‘oriladigan yerlar va lalmikor yerlarning unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklashga qaratilmog‘i darkor.
Rasmiy xujjatlar ma’lumotiga ko‘ra sug‘oriladigan maydonlarning 53% yoki 2 mln. 286 ming gektari turli darajada sho‘rlangan. Kuchsiz sho‘rlangan yerlar maydoni 1 mln. 125 ming gektar yoki 58% ni tashkil qiladi. O‘rtacha darajada sho‘rlangan yerlar 650 ming gektar yoki 33%, kuchli sho‘rlangan yerlar maydoni 250 ming gektar atrofida bo‘lib, sho‘rlangan yerlarga nisbatan 14% ni tashkil qiladi.
Keyingi ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra kuchsiz darajada sho‘rlangan yerlarda 20-25% miqdorda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi kamayadi, demak sho‘rlanmagan yerlarga nisban 1/4 hissa kam hosil olinadi.
O‘rtacha darajada sho‘rlangan yerlarda esa 30-40%, ayrim hollarda 50% gacha hosil kamayadi. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda esa hosil 80% gacha kamayadi yoki butunlay nobud bo‘lishi mumkin. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarning 70 ming gektari Qoraqalpog‘iston respublikasi hududiga, 65 ming gektari esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Demak, 135 ming gektar yer ikki viloyatga to‘g‘ri keladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, odatdagi sho‘r yuvish usullarida kuchsiz va o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardagina sho‘r yuvish ishlarini to‘la tamomlash, ya’ni yerlarni sho‘rsiz yoki sho‘rlanmagan holatigacha suvda eruvchi tuzlardan tozalash
mumkin. Ammo hozirgacha qo‘llanilib kelinayotgan usullar bilan kuchli darajada sho‘rlangan yerlarni davolash, yaxshi va juda yaxshi natijalarga olib kelgani yo‘q.
O‘zlashtirilishi nisbatan oson yerlar, ayniqsa sho‘rini yuvish oson bo‘lgan maydonlar o‘zlashtirilib bo‘lgan. Hozirgi kunda o‘zlashtirish maqsadida qolgan, ya’ni ajratiladigan yerlarni meliorativ holati juda noqulay va nobob. Sho‘rlik darajasi yuqori, suv o‘tkazuvchanligi yomon, gipsli, shox-arzikli yerlar o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan yer zahiralarini katta qismini tashkil qiladi. Bunday yerlardan foydalanish jarayonida agrotexnologik, agromeliorativ jarayonlar buzilishi tezda yerlarni bir turdan ikkinchisiga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Natijada Yer fondi foydalanishi va turlari bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yerlarni o‘zlashtirilishi natijasida lalmi, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz yerlar sug‘orilib, sug‘orma dehqonchilik yerlari qatoriga o‘tadi.
Noqishloq xo‘jalik maqsadlarida turli qurilishlarga sug‘oriladigan yerlarni ajratilishi, binolar, korxonalar qurilishi va boshqalar ham Yer fondi turlarini o‘zgartirib yuboradi. Bunday o‘zgarishlarni aniq hisobga olib borish ishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomoniidan 1992 yil 14 avgustda tasdiqlangan 11/48-273 shakl asosida olib boriladi. Bu yer hisobi har yili birinchi yanvargacha Yerga egalik qiluvchi va foydalanuvchi xo‘jaliklar, tashkilotlar, tumanlar va viloyatlar bo‘yicha bajariladi. Bu xujjatlardan qishloq xo‘jalik ekinlari turlarini joylashtirish, olinadigan hosilning taqsimoti va boshqa sohalarda foydalaniladi. U quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |