2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. Yana shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi.
Хo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o’tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital kiritmalar;
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash.
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish yig’imi, davlat bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va yig’imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug’urta qilish bo’yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to’lanadigan haq; asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to’lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi. Agar xo’jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar obyektning ishga tushirilishi xo’jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan bo’lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’xtatiladi, asosiy vositalar obyekti foydalanishga berilgandan keyin o’tkazilgan foizli xarajatlar esa xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi.
Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning boshlang’ich qiymati shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |