1. Қасддан одам ўлдириш жиноятининг оғирлаштирувчи ҳолатларини таҳлил қилинг


-SAVOL Товламачиликнинг талончиликдан фарқли жиҳатларини баён қилинг



Download 77,48 Kb.
bet33/36
Sana08.07.2022
Hajmi77,48 Kb.
#758252
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Jinoyat tayyor nazariy

47-SAVOL
Товламачиликнинг талончиликдан фарқли жиҳатларини баён қилинг.
Tovlamachilikning bevosita asosiy obyekti talon-toroj qilinayotgan mol-mulkni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bevosita qo‘shimcha obyekti tovlamachilik natijasida tajovuz qaratilgan jabrlanuvchining qonun bilan qo‘riqlanadigan shaxsiy huquqlari hisoblanadi. Tovlamachilikning qo‘shimcha obyekti aybdor tomonidan qo‘llaniladigan ruhiy zo‘rlikning xarakteri bilan tavsiflanadi. Masalan, zo‘rlik ishlatishda qo‘llaniladigan tahdidda fuqaroning sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan, jabrlanuvchi sir saqlanishini xohlaydigan shaxsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmatini tahqirlaydigan ma’lumotlarni oshkor etish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar namoyon bo‘lishi mumkin. Tovlamachilikning predmeti bo‘lib, nafaqat mol-mulklar, balki unga 40 bo‘lgan mulkiy huquqlar (tovlamachining yoki boshqa aybdor deb ko‘rsatilgan shaxsning qarzi borligini tasdiqlovchi tilxat, shartnoma yoki boshqa hujjat yoxud muayyan mulkiy huquqlar tovlamachiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga o‘tishiga asos bo‘ladigan boshqa hujjat), boshqa turdagi mulkiy harakatlar (ishni bajarish, xizmatlar taklif etish va tovarni past narxda yoxud tekinga berish va boshqalar) va mulkiy ko‘rinishdagi foydalar ham bo‘lishi mumkin. Aybdor tovlamachilikni sodir etayotib mulkka bo‘lgan huquqni talab qilmay, o‘zganing mol-mulkidan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini talab qilishi ham mumkin. Mulk — muayyan jismoniy shaklga ega, sezish mumkin bo‘lgan moddiy dunyo predmetlaridir. Tovlamachilik tarkibida mulk deganda ko‘char va ko‘chmas mulk tushuniladi. Mol-mulkka bo‘lgan huquq — shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab foydalanishi va uni tasarruf etishi, shuningdek, o‘zining mulkiy huquqi kim tomonidan buzilishidan qat’i nazar, o‘z mulkiy huquqlari buzilishini bartaraf etilishini talab qilish huquqidir. Tovlamachilikning predmeti bo‘lib ko‘char va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq namoyon bo‘ladi. Mulkiy yo‘sindagi harakatlar deganda, haqi to‘lanishi lozim bo‘lgan har qanday ishlarni tekinga bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish (imoratlar qurish, ularni ta’mirlash, avtomobillarni ta’mirlash, tovar-moddiy boyliklarni tashib berish va h.k.) tushuniladi. Bundan tashqari, mulkiy yo‘sindagi harakatlar jumlasiga aybdorga mulkiy manfaatlar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni (umumiy ulush, merosdan voz kechish va boshqa) ham kiritish mumkin. Tovlamachilikning predmeti bo‘lib, faqatgina o‘zganing mulki yoki mulkiy huquqi namoyon bo‘ladi. Jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatib, uning mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi sir saqlanishini xohlagan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib yoxud jabrlanuvchining manfaatlariga xavf soladigan sharoitni yaratish yo‘li bilan jabrlanuvchi shaxsni unda turgan (masalan, qarzga, kreditga olgan, jinoyat sodir etishi natijasida vaqtincha saqlanib turgan va hokazo) o‘zining mol-mulkini berishga majbur etganida, u o‘zganing mulkini tovlamachilik yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Bunday qilmish, qonunda nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lsa, o‘zboshimchalik deb hisoblanadi. Qarzdordan qarzni talab qilish Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas, lekin ayrim hollarda o‘zboshimchalik (JK 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida quyidagilar alohida ta’kidlab o‘tilgan: «...qarzdordan qarzni talab qilish Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emas, lekin ayrim hollarda o‘zboshimchalik (JKning 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim. Qarzdor va qarz beruvchi o‘rtasida foizlar to‘lash bo‘yicha oldindan kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa berilgan qarz uchun foiz talab qilish tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil qiladi»1 . Obyektiv tomondan tovlamachilik jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yishda ifodalanadi. JK 165-moddasi 1-qismida ko‘rib o‘tilganidek, tovlamachilik murakkab tarkibli jinoyat bo‘lib, bir tomondan aybdor mulkdordan bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda o‘ziga yoki u ko‘rsatgan shaxslarga muayyan mulkni, mulkka bo‘lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilsa, boshqa tomondan tahdidga asoslangan ruhiy zo‘rlik ishlatadi. Mulkni berish talabi tovlamachining jabrlanuvchidan ko‘char va ko‘chmas mulkni yoki mulkdan o‘z mulkidek foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etishini talab qilishni anglatadi. Talab rad etilsa, o‘ch olish bilan qo‘rqitishda ifodalangan bo‘lishi kerak. Qo‘rqitish bilan mustahkamlanmagan talablar tovlamachilikni hosil qilmaydi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan molmulk (predmet)larni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilish maxsus jinoyat tarkibi bo‘lgan JKning 247-moddasi (O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash), 251-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash), 271-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bilan kvalifikatsiya qilishga olib keladi. Tovlamachining talabi, albatta, jabrlanuvchining mulkiga zarar yetkazish yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish yoxud ular uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish tarzidagi qo‘rqitish bilan birgalikda sodir qilinishi lozim. Qo‘rqitish bilan amalga oshirilmagan talablar jinoyatning tovlamachilik tarkibini vujudga keltirmaydi. Mulk huquqini talab qilishda aybdor mazkur mulkni unga mulk sifatida butunligicha berishni talab qilmaydan bir vaqtning o‘zida unga bir yoki bir necha mulk huquqi vakolatlarini (egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish) berishni talab qilishi mumkin. Mulkiy yo‘sindagi harakatlar qilish yoki mulkiy manfaatlar berishni talab qilish deganda, aybdor foydasiga yoki u ko‘rstgan shaxs foydasiga mulkiy yo‘sindagi moddiy manfaatlar berish yoki aniq moddiy xizmatlar qilish «taklifi» nazarda tutiladi. Barcha holatlarda talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor tomonidan amalga oshirilishi bilan birga, vositachi orqali, shuningdek, og‘zaki, telefon, faks, xat orqali va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. Tovlamachi tomonidan qo‘yiladigan talablar ruhiy zo‘rlik — qo‘rqitish bilan doimo bog‘liq bo‘lishi kerak. Ko‘rqitish bilan amalga oshirilmagan talab tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil etmaydi. Tovlamachilikdagi qo‘rqitishga quyidagi belgilar xos: 1) o‘z mazmuniga ko‘ra unda jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud ular sir saqlashi lozim deb topgan ma’lumotlarni oshkor qilish niyati 43 bildirilgan bo‘lishi, ya’ni jabrlanuvchini qo‘rqitish, irodasini so‘ndirish vositasi bo‘lishi kerak; 2) qo‘rqitish real, ya’ni agar jabrlanuvchi tovlamachining talablarini bajarmasa, tahdid amalga oshirilishi mumkinligidan xavotir bo‘lishi lozim. Qo‘rqitishning xususiyati, usuli, joyi va vaqti, tovlamachining shaxsi, uning oldingi xulq-atvori qo‘rqitishning realligidan dalolat beradi. Jinoyat tarkibining mavjudligini aniqlash uchun qo‘rqitishni kim amalga oshirganligi: bevosita tovlamachining o‘zimi yoki uning ishtirokchilarimi, bu ahamiyat kasb etmaydi; 3) qo‘rqitish kelajakda (darhol yoki talabni bajarishdan bosh tortganlik uchun) amalga oshirilishga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu jinoyatning tarkibi uchun aybdorning haqiqatdan ham o‘z niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan bo‘lmaganligi ahamiyat kasb etmaydi. Tovlamachilikni kvalifikatsiya qilishda tahdidning bevosita mol-mulk egasiga yo‘naltirilganligi yoki uning yaqin qarindoshlariga qaratilganligining ahamiyati yo‘q. Jabrlanuvchi tomonidan qo‘rqitishning xususiyati va jadalligi, qanday qabul qilinganligi jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. Jadalligi bir xil bo‘lgan tahdid, jabrlanuvchilarning ruhiy holati, tarbiyasi, fe’l-atvori, jismoniy xususiyatlaridagi farqlar tufayli, ular tomonidan turlicha qabul qilinadi. Jabrlanuvchi qanday qabul qilganligidan qat’i nazar, tahdidning kuchi oshmaydi va kamaymaydi, uning o‘zi qanday bo‘lsa, shundayligicha qolaveradi. Agar aybdorning aytganlari obyektiv tomondan tahdidni o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, qilmish tovlamachilik deb baholanishi mumkin emas. Sud-tergov amaliyotida tovlamachilikni bosqinchilik (JK 164-moddasi) va talonchilikdan (JK 166-moddasi) farqlashda ko‘p muammolar mavjud. Shuni nazarda tutish kerakki, bosqinchilik va talonchilikda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish mulkni egallab olish yoki talon-toroj qilinganidan so‘ng uni ushlab qolish vositasi bo‘lib xizmat qilsa, tovlamachilikda ushbu qo‘rqitish jabrlanuvchining irodasini so‘ndirish va uni tovlamachining talablarini bajarishga majbur etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 77,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish