2. Animatsion faoliyat menejmenti funksiyalari.
Animatsion faoliyat menejmenti maxsus menejmentning bir biri sifatida, animatsiya faoliyatini aniq mexanizm asosida rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish va animatsiya faoliyatini nazorat qilish singari o'zaro bog'liq funksiyalarini bajaradi.
“Rejalashtirish” funksiyasi.
Ushbu funksiyani amalga oshirish vaqtida turistik kompleks animatsiya menejeri oldida quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
- turistik kompleksning marketing strategiyasiga mos ravishda turistik kompleksning animatsion strategiyasi va konseptsiyasini ishlab chiqish;
- turistlarning real guruhlari uchun moslashtirilgan animatsiya dasturlari modellari va algoritmlar (usullari)ini ishlab chiqish;
- animatorlikni samarali tashkil qilish va boshqarish maqsadida turizm bozoridagi animatsion faoliyatni, shuningdek, raqobatchi mehmonxonalardagi animatsiya xizmatlarini, shuningdek, faoliyatga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish hamda tahlil qilish;
- turistik komplekslarda animatsiya menejmenti va animatsiya xizmatlarini amalga oshirish yuzasidan eng murakkab jarayon bo’lgan narx siyosatini ishlab chiqish va shakllantirish;
- turistik kompleksda animatsiya faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qisqa muddatli hamda uzoq muddatli ish rejasi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, shu jumladan, korxonaning yakuning rejasini ishlab chiqish.
“Tashkillashtirish” funksiyasi.
Ushbu funksiyada quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
- turistik kompleksdagi animatsion menejment bo’yicha munosabatlarni tashkil qilish va boshqarish;
- turistik kompleksda animatsion menejmentni bajarish bo’yicha maqsadlarni amalga oshirishda resurslarni optimallashtirish va ulardan samarali foydalanish;
- turistik kompleksda animatsion boshqaruvning samarali tashkiliy tuzilishini amalga oshirish, kadrlarni tanlash, joylashtirish, ularga ta'lim berish, animatsiya xizmatini ko’rsatuvchi mutaxassislar malakasini oshirish;
- animatsiya xizmatlarini tashkil etishda u bilan bog’liq bo’lgan boshqa xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar: animatsiya xizmatlarini ko’rsatishga mo’ljallangan texnik qurilmalar, tizimlar, inshootlarga xizmat ko’rsatuvchi; iste’molchilarning talablarini doimiy o’rganib borish hamda ijtimoiy so’rovlar o’tkazish masalalari bilan shug’ullanuvchi xizmat vakillari; moliyaviy xizmat ko'rsatuvchilar; transport, sayyohlik - ekskursiya, animatsiya xizmatida foydalaniladigan boshqa yordamchi xizmatlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
- animatsiya konsepsiyasini amalga oshirish uchun moliyaviy menejeri xizmati bilan birgalikda investitsiya siyosatini ishlab chiqish, investitsiya portfelini shakllantirishda ishtirok etish;
- “tavakkalchilik va xavf-xatarlarni boshqarish”: animatsion xavf-xatarlarning oldini olish, ularni kamaytirish tizimini tashkil qilish yo'llarini rivojlantirish, animatsion xizmatlarning yetarli darajada to’g’ri tashkillashtirilmaganligi natijasida bo’lishi mumkin bo’lgan potensial yo’qotishlarni kamaytirish bilan bog’liq xatarlarning boshqaruv tizimi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |