12.2-rasm. Mehmonxonalarda animatsion faoliyatni samarali tuzish.
“Animatsiya menejmenti” tushunchasi ikki tushunchalardan iborat. Bular – “animatsiya” va “menejment”.
Animatsiya – turistlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda animatsiya xizmatlari majmuasini taqdim etish;
Menejment - turizmda strategik maqsadlar va missiyani amalga oshirish, cheklovlarga qaramasdan mavjud sharoitdan samarali foydalanish, korporativ mehmondo'stlik falsafasiga asoslangan nazorat tizimini joriy qilish va boshqarish.
Shunday qilib, mehmonxonada animatsion menejment – turizm bozoridagi turistik kompleks faoliyatida strategik maqsadga erishish uchun mo'ljallangan murakkab animatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda jarayonni nazorat qilish tizimidir.
Animatsion turizm o’zining hususiyatlari bilan quyidagicha ifodalanadi:
- Animatsion tizim va xizmatlarni boshqarish faoliyati bilan bog’liq mehnat majmui;
- Animatsiya dasturini amalga oshirish bo’yicha maxsus vositalar;
- Sayohat davomida animatsion xizmatlarni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha faoliyat natijalari.
Animatsiya faoliyati tizimlarini istiqbolli boshqaruv (3-rasm), nazorat qilish tizimi - quyi nazorat (qulay boshqarish) turistlarning salomatligi (jismoniy, aqliy, ma'naviy, jismoniy), ijrochi xodimlari, animatsiya, texnik va boshqa xizmatlar uchun sayyohlik majmuasida animatsiya xizmatlariga turistlarni jalb qilish va boshqaruvning quyi tizimi (boshqaruv sub’yekti) turistik majmuada animatsiya xizmatini ko’rsatuvchi bosh mutahassis tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa tomondan, turistik majmualarda boshqaruvning quyi tizimi (4-rasm) mavjud va u to’liq boshqaruvni amalga oshirishi mumkin.
Animatsion menejment strategik va taktik boshqaruvni o’z ichiga oladi:
Animatsion jarayonlarni strategik boshqarish – Turizm biznesida foyda olish maqsadida mehmondo'stlik muhitida mavjud sharoitlardan to’laqonli foydalangan holda, cheklangan resurslar sharoitida turistlarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun sayyohlik majmuasida umumiy yo'nalishini saqlab, animatsiya faoliyatini amalga oshirish, turistlarning hissiy va aqliy farovonlikka erishtirish bo’yicha uzoq muddatli boshqaruv faoliyatidir.
Taktika – bu animatsiya xizmatlarida kutilgan natijalarga erishish yuzasidan aniq usullar va uslublar to’plamidir (5-rasm).
Boshqaruv tizimi (boshqaruv sub’yekti): animatsion xizmatlarni boshqaruvchi xodim, turistik komplekslarda animatsiya va sportni boshqaruvchi menejer
Boshqariluvchi tizim (boshqaruv ob’yekti):
Turistlar (mehmonlar), animatsiya xizmatlarini ko’rsatuvchi xodimlar, material-texnik qism
Boshqaruvning ta’siri
Qayta aloqa (boshqaruvga nisbatan javob reaksiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |