Tashkillashtirish” funksiyasi.
Ushbu funksiyada quyidagi asosiy maqsadlarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
- turistik kompleksdagi animatsion menejment bo’yicha munosabatlarni tashkil qilish va boshqarish;
- turistik kompleksda animatsion menejmentni bajarish bo’yicha maqsadlarni amalga oshirishda resurslarni optimallashtirish va ulardan samarali foydalanish;
- turistik kompleksda animatsion boshqaruvning samarali tashkiliy tuzilishini amalga oshirish, kadrlarni tanlash, joylashtirish, ularga ta'lim berish, animatsiya xizmatini ko’rsatuvchi mutaxassislar malakasini oshirish;
- animatsiya xizmatlarini tashkil etishda u bilan bog’liq bo’lgan boshqa xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar: animatsiya xizmatlarini ko’rsatishga mo’ljallangan texnik qurilmalar, tizimlar, inshootlarga xizmat ko’rsatuvchi; iste’molchilarning talablarini doimiy o’rganib borish hamda ijtimoiy so’rovlar o’tkazish masalalari bilan shug’ullanuvchi xizmat vakillari; moliyaviy xizmat ko'rsatuvchilar; transport, sayyohlik - ekskursiya, animatsiya xizmatida foydalaniladigan boshqa yordamchi xizmatlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish;
- animatsiya konsepsiyasini amalga oshirish uchun moliyaviy menejeri xizmati bilan birgalikda investitsiya siyosatini ishlab chiqish, investitsiya portfelini shakllantirishda ishtirok etish;
- “tavakkalchilik va xavf-xatarlarni boshqarish”: animatsion xavf-xatarlarning oldini olish, ularni kamaytirish tizimini tashkil qilish yo'llarini rivojlantirish, animatsion xizmatlarning yetarli darajada to’g’ri tashkillashtirilmaganligi natijasida bo’lishi mumkin bo’lgan potensial yo’qotishlarni kamaytirish bilan bog’liq xatarlarning boshqaruv tizimi.
“Motivatsiya” funksiyasi.
Ushbu funksiya quyidagi asosiy vazifalarni o’z ichiga oladi:
- animatsiya xizmatini ko’rsatuvchi xodimlarning individual rivojlantirish bo'yicha ijodiy ishlar, rag’batlantirish, animatorlar malakasini oshirish, ularga qobiliyatini namoyon etishda ko’maklashish;
- tashqi motivatsiya usullarini ishlab chiqish, xodimlarning mehnati samaradorligini oshirish bo’yicha ma'naviy va moddiy rag'batlantirish yo'llarini, manfaatdorlik tamoyillarini shakllantirish, animatsion xizmatlarni jonlantirish bo’yicha parametrlarni belgilash;
- turistik kompleksda har qanday xodimlar bilan ishlash uchun xodimlarning umumiy va individual hususiyatlarini, ma'naviy va moddiy jihatlarini chuqur o’rganish;
- kadrlarning malakasini va kasbiy hususiyatlarini oshirish; mehmonxona faoliyatida professional animatsiya xizmatlarini yaratish orqali mehmonxona nufuzining yanada oshishini ta’minlash;
- faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, insonparvarlikning eng muhim elementi bo’lgan ijtimoiy va estetik qadriyatlarni qadrlash.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |