11.1-rasm. Professionallik darajalari
Eng yuqori daraja bu animatsiya bo’yicha mutaxassis menejerlardir.
Turizm sanoatida yangi, eng tez rivojlanayotgan soha – dam olish faoliyatidir. Unga yaxshi bilimli, tajribali menejerlar kerak.
6. Animatorga qo’yiladigan talablar
Mehmonxona xodimi va turistlar o‘rtasidagi o‘zaro harakat jarayonida mehmonlarda otelga, unda o‘rnatilgan tartibga, servisga, o‘zlari uchun maxsus yaratilgan barcha sharoitlarga munosabat shakllanadi. Demak ularda dam olishga ishtiyoq uyg‘onadi. Mehmonlarni qabul qiluvchi mehmonxona barcha xodimlarining kasbiy mahoarti va xushmuomilaliliga ko‘p narsa bog‘liq: shunga qarab turist bu mehmonxonaga yana bir bor kelish – kelmasligini belgilaydi. Ushbu mehmonxonada qisqa muddatli dam olishni turist uzoq vaqt eslab yurish-yurmasligi ko‘p jihatdan mutaxassis – animatorlar kvalifikatsiyasiga bog’liq bo‘ladi.
Animator – artist, uning butun faoliyati doimiy ravishda – har kuni, har daqiqa, o‘n-o‘n besh soat davomida bor kuch va mahoratini ishga solishni talab qiladi. Bunday qizg‘in va jo‘shqin faollikni har kim ham ko‘taraolmaydi. Shuning uchun ham animatorlar ishini yaxshi tashkil etish juda muhim.
Mehmonxonalarda animatsiya menejmenti tarkibi quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
Otel bosh menejeri
Animator-menejer
Metodist-animator
Tashkilotchi - animator
Ijrochi - animatorlar
11.2-rasm. Mehmonxonalarda animatsiya menejmenti tarkibi
Animatsiya tizimida boshliq animatsiya bo‘yicha menejer. U bevosita bosh menejerga buysunadi. U esa o‘z navbatida mehmonxona egasiga buysunadi.
Keng profilli mutaxassis sifatida animatsion faoliyat menejeri aholi turli ijtimoiy-madaniy qiziqishlarini qoniqtirish va rivojlantirishga qaratilgan. U maqsadli animatsion dasturlar va ularni amalga oshirish uchun ijtimoiy texnologiyalarini ishlab chiqadi, turizm sohasida innovatsion harakatni rag‘batlantiradi va madaniy-estetik ijodkorlikni rivojlantirishning samarali pedogigk metodlarini joriy etadi. Animator mutaxassisining prinsipial xususiyatlari shundaki, u sotsiologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, huquq, boshqaruv nazariyasi, rejissura asoslari va boshqa qator jamoatchilik ahamiyatiga ega bilimlarni puxta bilishi lozim. Bugungi kunda bu nufuzli fanlar faqat maqsadgina emas, ijtimoiy-madaniy faoliyatning yetakchi metafunksiyalarini amalga oshirish vositasi hamdir – kishini dunyo madaniyati yutuqlari bilan tanishtiradi, uning dunyo jahoniy ijodiy potensialini rivojlantiradi.
Menejer – animator vaqtincha jamoani boshqaruv psixologik – pedagogik asoslarini bilishi kerak. Qaysikim xilma-xil turistik jamoalarda ishlaydi va yetakchi bo‘ladi. Chunki ushbu jamoalar yoshi, ma’lumoti, ijtimoiy mavqei jihatidan biri-biridan farq qiladi. Animator o‘sha atrofidagilarning fikriga ta’sir eta olishi kerak.
Yetakchilikka moyillik muhim ahamiyatga ega, aynan: tashabbus ko‘rsata olish mahorati, boshqalar diqqatini jalb etish va yo‘naltira olish, ularga hal qilish yo‘llarini taklif etish, o‘z tarafdorlari tilida so‘zlasha olish qobiliyati shular jumlasidandir.
Menejer – animatorlar yuqori ishchanlik sifatiga, odamlar psixologiyasini chuqur bilish, izchil yo‘lga qo‘yilgan sharoitlarda amaliy ish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
Animatsiya bo‘yicha menejerga bo‘ysinadi:
metodist-animator (xoreograf) u ssenariylar tayyorlash bilan shug‘ullanadi va shoularni sahnalashtiradi. Kostyumlar ishlab chiqadi va repetitsiyalar o‘tkazadi;
tashkilotchi – animator, u animatsion faoliyat jarayonlarini zarur barcha narsalar bilan bilan ta’minlanishini tashkil qiladi.
Animatsion jamoaning bevosita bir qismi hisoblangan odamlardan tashqari, tomoshaning yanada qiziqarli chiqishi uchun rassom ham (agar u animataorlar orasida bo‘lmasa) yordam beradi. U tomoshaga dekoratsiyalar o‘ylab topadi, unga anonslar, afishalar chizadi. Shuningdek tikuvchi ham ishtirok etadi, u animatorlarning oqshomgi liboslarini tikishga javob beradi.
Animator bo‘lish oson emas. Animator avval boshdan ma’lum ish ko‘nikmalari va mahoratga ega bo‘lishi lozim va ushbu ishga ruhan tayyor bo‘lmog‘i zarur. Yangilar ana shularning barisiga – til to‘siqlarini yengib o‘tishdan tortib, o‘z personajlarini mahorat bilan o‘ynash san’ati darajasigacha o‘qitiladi, o‘rgatiladi. Bundan tashqari, maxsus seminarlar va raqs bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, mavsumga dasturlar ishlab chiqiladi. Sport o‘yinlari va musobaqalar o‘tkazish tadbirlari tuziladi. Har ikki haftada animatsion dasturlar almashtiriladi, shuning uchun ham animator ish kunlari juda tig‘iz o‘tadi.
Tong soat yettidan boshlanadi. Shaxsiy gigena, zaryadka, nonushta. Ertalab soat to‘qqizda animatorlar yig‘ilishga to‘planishadi, unda kun bo‘yi qilinadigan ishlarning tashkiliy masalalari hal etiladi, shundan keyin mehmonlar bilan muloqotga kirishiladi, yoga mashg‘ulotlari, ertalabki gimnastika o‘tkaziladi.
Tushlikdan keyin basseynda suv gimnastikasi – tanaffus to kechki ovqatgacha, kechki ovqatdan keyin esa rang-barang animatsion dasturga navbat keladi: spektakl, mehmonlar bilan raqs, barlarda gurung, ko‘ngilochar shoular.
Animatorlar bilan qo‘shiqchilar, professional raqqoslar, musiqachilar birga ishlaydilar, ko‘pincha ularni otel ma’muriyati oqshomga maxsus taklif etib, haqlarini to‘laydi. Animatorlarning ish haqlari esa ish tajribasiga qarab har xil bo‘ladi: raqs tushmaydigan, faqat odamlarning ko‘nglini yozadigan animatorga 250-300 dollar maosh taklif etilishi mumkin. Raqs tushadigan, qo‘shiq kuylaydigan, musiqiy asboblarni chaladigan, hech bo‘lmasa inglizchani biladigan (nemischa bilsa yana ham yaxshi) animator esa oyiga 600 dollar va undan ko‘proq ishlashi mumkin. Rus tilini bilish ham juda muhim – yozda otellardagi mehmonlarning 70 % gachasi rus tilida so‘zlashuvchi turistlar bo‘lishadi. Shuning uchun animatorlar orasida MDH mamlakatlaridan yetarli darajada odamlar ko‘p.
Klub dam olishi tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, animatsion faoliyat sohasida katta miqdorda mutaxassislar talab etiladi. Ko‘p jihatdan. animator faoliyati turistlar ijodkorligini rivojlantirish, animatsion faoliyat mazmundorligini oshirish zamin talablarini hisobga olgan holda ish yangi shakllarini qidirish, moddiy va ifodali vositalardan to‘liq hajmda foydalanishga qaratilgan.
Agar turizm sohasidagi xodimlarni qiziqarli va jozibador dasturlar bilan qurollantirilsa, yosh va psixologik xususiyatlar, mahalliy an’ana va boshqa mamlakatlar an’analari hisobga olinsa, bu turizmni yanada ommaviy qilishga imkon beradi. O‘z sohasiga aholi barcha ijtimoiy qatlamlarini, shu jumladan, yoshlarni jalb etishga katta ufqlar ochadi.
Hozirgi dunyoda turistik xizmatlar ko‘rsatishda shafqatsiz raqobat sharoitida mehmonxonalar kompleksini ularda animatsion faoliyat tashkilisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |