1 Analitik rеaksiyalarning qaytarligi va ularga massalar ta'siri qonunining qo’llanilishi. Muvozanat konstantasi



Download 496 Kb.
bet5/5
Sana04.02.2020
Hajmi496 Kb.
#38684
1   2   3   4   5
Bog'liq
analitik kimyo tóliq

Reaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga 1 – 2 tomchi natriy atsetat va 2 – 3 tomchi kaliy bixromat eritmasi quyiladi.3. Sulfat kislota (yoki eruvchan sulfatlar)bilan bo‘ladigan reaksiya.Sulfat kislota va uning eruvchan tuzlari (SO42- ioni) bariy ioni bilan kislota va ishqorlarda erimaydigan oq cho‘kma BaSO4 xosil qiladi:

Ba2+ + SO42- = BaSO4↓Bariy sulfat kuchli kislotaning kiyin eruvchan tuzi bo’lgani uchun kislotalarda erimaydi. Bariy sulfatni eritmaga o’tkazish uchun u bariy karbanatga aylantiriladi, sungra kislotada eritiladi: BaSO4 + CO32- = BaCO3 +SO42- BaCO3 +2CH3COOH = Ba2+ + 2CH3COO- +H2O +CO2 Amalda bu ishni bajarish uchun bariy sulfatga natriy karbanatning tuyingan eritmasi kushib qizdiriladi. (xo’l usul).Bariy sulfatni 5 – 6 barobar miqdordagi natriy korbanat va kaliy korbanat tuzlari aralashmasi bilan tigelda suyuqlantirib xam karbonatga aylantirish mumkin. (kuruk usul).Reaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga shuncha sulfat kislota, natriy yoki ammoniy sulfat qo’shiladi.4. Ammoniy oksalat bilan bo‘ladigan reaksiya.(NH4)2C2O4 bariy ionlari bilan xlorid va nitrat kislotalarda, qizdirilganda esa sirka kislotada xam eriydigan oq kristall cho‘kma – BaC2O4 xosil qiladi: Ba2+ + C2O42- = BaC2O4Reaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga shuncha ammoniy oksalat eritmasi qo’shiladi.5. Natriy gidrofosfat bilan bo‘ladigan reaksiya.Na2HPO4 bariy ionlari bilan xlorid, nitrat va sirka kislotalarda eriydigan bariy gidrofosfatning oq cho‘kmasini xosil qiladi:Ba2+ + HPO42- = BaHPO4Reaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga shuncha natriy gidrofosfat eritmasidan kushiladi.6. Alanganing bo‘yalish reaksiyasi.Bariyning uchuvchan tuzlari, masalan, BaCl2, Ba(NO3)2 gorelkaning rangsiz alangasini yashil rangga kiritadi.II. Kalsiy kationining xususiy reaksiyalari.1. Ammoniy karbonat bilan bo‘ladigan reaksiya.(NH4)2CO3 kalsiy ionlari bilan qizdirilganda kristall xolatiga o‘tadigan amorf cho‘kma xosil bo‘ladi:CaCl2 + (NH4)2CO3 = CaCO3↓ + 2NH4Cl Ca2+ + CO32- = CaCO3↓SaSO3 cho‘kmasi kuchli kislotalarda va sirka kislotada eriydi.Reaksiyaning bajarilishi: Kalsiy tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga ammoniy karbonat eritmasidan shuncha qo’shiladi. 2. Ammoniy oksalat bilan bo‘ladigan reaksiya.(NH4)2C2O4 kalsiy ionlari bilan kalsiy oksalatning oq mayda kristall cho‘kmasini xosil qiladi:CaCl2 + (NH4)2C2O4 = CaC2O4↓ + 2NH4Cl Ca2+ + C2O42- = CaC2O4↓CaS2O4 cho‘kmasi kuchli kislotalarda eriydi va sirka kislotada erimaydi. Bu reaksiya bilan Ca2+ ionini fakat Ba2+ yo‘qotilgandan so‘ng topiladi, chunki Ba2+ xam shunga o‘xshash cho‘kma beradi.Reaksiyaning bajarilishi: Kalsiy tuzining 1 – 2 tomchi eritmasiga shuncha miqdorda ammoniy oksalat eritmasi qo’shiladi III. Stronsiy kationining xususiy reaksiyalari .Sr2+ kationining o’ziga xos reaksiyasi.

1. Sulfat kislota va eruvchan sulfatlar (SO42- ionlari )Sr2+ionlari bilan oq cho’kma stronsiy sulfat xosil buladi:Sr2+ +SO42-=SrSO4Buni xuddi bariy sulfat kabi eritmaga o’tkazish mumkin.Stronsiy korbanat stronsiy sulfatga nisbatan xos eruvchan bo’lgani sababli stronsiy sulfat bariy sulfatga qaraganda osonlik bilan korbanatga aylanadi .Reaksiyaning bajarilishi: Stronsiy tuzining 2 –3 tomchi eritmasiga shuncha sulfat kislota, natriy yoki ammoniy sulfat kushiladi.2. Gipsli suv, yani (CaSO4x2H2O) ning suvdagi tuyingan eritmasi xam Sr2+ ioni bilan stronsiy sulfat cho’kmasini (loyqa) xosil qiladi. Loyqa darxol xosil bo’lmaydi.Eritmani isitish loyqa xosil bo’lishini tezlashtiradi.

4.4To`rtinchi guruh kаtiоnlаri. Mishyak, surma, qalay, mis, kadmiy, vismut va simob (II) kationlari хususiy rеаksiyalаri I. Qalay ionining xususiy reaksiyalari.

Qalay birikmalarda 2 va 4 valentli bo‘ladi. Qalay (IV) ionlari eritmaga ozroq kislota qo’shilganda kompleks ionlar [SnCl6]2- ga aylanadi.SnCl4 + 2HCl = H2[SnCl6]Qalay tuzlarining suvdagi eritmalari rangsizdir.Sn2+ ning xususiy reaksiyalari.1. O‘yuvchi ishqorlar va ammoniy gidroksid bilan o‘tkaziladigan reaksiya.O‘yuvchi ishqorlar va ammoniy gidroksid qalay (II) tuzlari bilan Sn(OH)2 ning oq cho‘kmasini hosil qiladi:SnCl2 + 2KOH = Sn(OH)2 + 2KCl Sn(OH)2 cho‘kmasi amfoter xossalarga ega va kislotalarda ham, ishqorlarda ham eriydi. Ishqorlarda eriganda stannitlar hosil bo‘ladi:H2SnO2 + 2KOH = K2SnO2 + 2H2O H2SnO2 + 2OH- = SnO22- + 2H2OReaksiyaning bajarilishi. 3 – 4 tomchi SnCl2 eritmasiga 1 – 2 tomchi ishqor eritmasi qo‘shiladi.2. Sulema bilan o‘tkaziladigan reaksiya.Sulema Sn2+ ionini Sn4+ ionigacha oksidlaydi va simob metalining qora cho‘kmasi ajralib chiqadi. Reaktivdan ortiqcha qo’shilganda simob (II) xlorid simob metaligacha qaytariladi:

2Hg(NO3)2 + SnCl2 = Hg2Cl2↓+ Sn(NO3)4 Hg2Cl2 + SnCl2 = SnCl4 + 2Hg

Sn4+ ionining xususiy reaksiyalari.1. O‘yuvchi ishqorlar va ammoniy gidroksid bilan o‘tkaziladigan reaksiya.NaOH, KOH va NH4OH Qalay (IV) ionlari bilan ortostannat kislotasining H4SnO4 oq amorf cho‘kmasini hosil qiladi.H2[SnCl6] + 4OH = H4SnO4↓ + 6Cl-Cho‘kma ortiqcha miqdordagi ishqorda erib, stannatlar hosil qiladi:H4SnO4 + 2NaOH = Na2SnO3 + 3H2O Shuningdek xlorid kislotada ham eriydi:H4SnO4 + 6HCl = H2[SnCl6] + 4H2O

Reaksiyaning bajarilishi. SnCl4 tuzining 4 – 5 tomchi eritmasiga cho‘kma hosil bo‘lguncha tomchilatib ishqor qo‘shiladi va cho‘kmaning erishi kuzatiladi.2. Temir bilan o‘tkaziladigan reaksiya.Qalay (IV) ionlari temir bilan ta’sirida ikki valentli Qalay ionlarigacha qaytariladi:

H2[SnCl6] + Fe = SnCl2 + FeCl2 + 2HClReaksiyaning bajarilishi. 3-4 tomchi SnCl4 eritmasiga 2-3 tomchi 2n li HCl qo‘shiladi va temirning bir necha bo‘lakchasi solinadi. Aralashma bir oz vaqt suv hammomida qizdiriladi. So‘ngra olingan eritmaga kuchli ishqoriy muxitga kelguncha ishqor quyiladi, temir (II) – gidroksidining tushgan cho‘kmasi ajratiladi va stannat eritmasiga vismut tuzi eritmasidan 1-2 tomchi ta’sir ettiriladi. Eritmada Qalay (II) ionlari bo‘lganda vismut metalining qora cho‘kmasi tushadi.II.Mishyak (III) – birikmalarining reaksiyalari.1.Kumush nitrat bilan o‘tkaziladigan reaksiya.AgNO3, AsO33- ionlari bilan sariq rangli kumush arsenit cho‘kmasini hosil qiladi:Na3AsO3 + 3AgNO3 = Ag3AsO3↓ + 3NaNO3 AsO33- + 3Ag+ = Ag3AsO3↓ Cho‘kma HNO3 va NH4OH da eriydi. Cho‘kma NH4OH da eriganda kompleks ionlar [Ag(NH3)2]+ hosil bo‘ladi. Unga ozroq kislota qo’shilganda yana cho‘kma hosil qiladi.Reaksiyaning bajarilishi: Natriy arsenitning 3 – 4 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi reaktiv eritmasi quyiladi.



Mishyak (V) birikmalarining reaksiyalari.1. Kumush nitrat bilan o‘tkaziladigan reaksiya.AgNO3, AsO43- ionlari bilan shokolad rangli kumush arsenat cho‘kmasini hosil qiladi:Na3AsO4 + 3AgNO3 = Ag3AsO4 ↓ + 3NaNO3 AsO43- + 3Ag+ = Ag3AsO4↓ Cho‘kma HNO3 da va NH4OH da eriydi. NH4OH da erishi:Ag3AsO4 + 6NH4OH = [Ag(NH3)2]OH + H3AsO4 + 3H2O Reaksiyaning bajarilishi: natriy arsenatning 2-3 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasi qo‘shiladi.Olingan cho‘kmaga ammoniy gidroksid qo’shilganda cho‘kma eriydi.2. Kaliy yodid bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar.KI kislotali muxitda arsenat-ionlar ta’sirida erkin yodgacha oksidlanadi va eritma sariq ranga kiradi.Na3AsO4 + 2KI + 2HCI = Na3AsO3 + I2 + 2KCl + H2O

AsO43- + 2I- + 2H+ = AsO33- + I2 + H2OReaksiyaning bajarilishi.Natriy arsenatning 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi 6 n. HCl eritmasi, 3 tomchi benzin yoki benzol, so‘ngra chayqatib turib bir necha tomchi KI eritmasi qo‘shiladi. Ajralib chiqqan yod benzin qatlamiga o‘tib, uni binafsha rangga kiritadi.



III.Surma ionining xususiy reaksiyalari.Surma birikmalarida 3 va 5 valentli bo‘ladi.

Surma xloridlarining suvli eritmalariga ozroq xlorid kislota qo’shilganda [SbCl6]3- va [SbCl6]- kompleks ionlari hosil bo‘ladi:SbCl3 + 3HCl → H3[SbCl6] SbCl5 + HCl → H[SbCl6]Surma (III) ionining xususiy reaksiyalari.1.Gidrolizlanish reaksiyasi Surma (III) tuzlari suvda gidrolizlanib, surma xloroksidning oq cho‘kmasini hosil qiladi:SbCl3 + HOH → SbOCl + 2HCl Sb3+ + Cl- + HOH → SbOCl + 2H+ SbO+ gruppasi bir zaryadli kation rolini o‘ynaydi.Surma xloroksid cho‘kmasi kislotalarda eriydi.Reaksiyaning bajarilishi: Surma (III) tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga5 –6 tomchi distillangan suv tomiziladi va gidrolizlanish darajasini oshirish uchun suv hammomida qizdiriladi.2.Natriy tiosulfat bilan o‘tkaziladigan reaksiya.Na2S2O3 bilan Sb3+ ionlari qizdirilsa surma sulfidni qizil cho‘kmasini hosil qiladi:2SbCl3 + 3Na2S2O3 + 3H2O=Sb2S3 + 3H2SO4 + 6NaClReaksiyaning bajarilishi: Probirkaga 2 – 3 tomchi SbCl3 eritmasi solinadi, 1 tomchi H2SO4 va 5 – 6 tomchi suv qo’shing, natriy tiosulfat kristalini tashlang.Surma sulfid cho‘kmasi tushadi.



Surma (V) ionining xususiy reaksiyalari.1. Gidrolizlanish reaksiyasi.SbCl5 eritmasi suv bilan suyultirilgan xloroksidning oq cho‘kmasi va surma (V) ajralib chiqadi:SbCl5 + 2HOH = SbO2Cl + 4HCl

Sb5+ + Cl- + 2HOH = SbO2Cl + 4H+Reaksiyaning bajarilishi: 2 – 3 tomchi SbCl5 eritmasiga 5 – 6 tomchi distillangan suv qo‘shiladi va qizdiriladi.2.O‘yuvchi ishqorlar va ammoniy gidroksid bilan o‘tkaziladigan reaksiya.O‘yuvchi ishqorlar va ammoniy gidroksid surma (V) ionlari bilan metastibiat kislotaning oq cho‘kmasini hosil qiladi.SbCl5 + 5NaOH = HSbO3↓ + 5NaCl + 2H2O



Reaksiyaning bajarilishi: Surma (V) tuzining 2 – 3 tomchi eritmasiga 1 – 2 tomchi ishqor qo‘shiladi.

IV. Vismut kationining xususiy reaksiyalari.

1. Gidrolizlanish reaksiyasi.Vismut tuzlari suvda gidrolizlanadi va gidroksi tuzlarning oq cho‘kmalarini hosil qiladi:BiCl3 + 2HOH → Bi(OH)2Cl + 2HCl Bi(OH)2Cl → BiOCl + H2O Cho‘kma xlorid kislotada eriydi.Reaksiyaning bajarilishi: Vismut xloridning 2 –3 tomchi eritmasiga

8 – 10 tomchi suv quyiladi va vismutil xloridning oq cho‘kmasi tushishi kuzatiladi.Olingan cho‘kmaga cho‘kma eriguncha tomchilatib xlorid kislota qo‘shiladi.



V. Mis (II) kationining xususiy reaksiyalari.1. NH4OH bilan o‘tkaziladigan reaksiya.NH4OH (ozroq miqdorda qo’shilsa) yashil tusli asosli tuz, masalan, (CuOH)2SO4 ni hosil qiladi, bu tuz mo‘l ammiakda osongina eriydi. Bunda (pH >9) misning ravshan ko‘k tusli ammiakli kompleksi hosil bo‘ladi. Cu2+ ioni uchun xarakterli bo‘lgan bu reaksiyaning tenglamasi ionli shaklda quyidagicha ifodalanishi mumkin:2Cu2+ + SO42- + 2NH4OH = (CuOH)2SO4↓ + 2NH4+

(CuOH)2SO4↓ + 8NH4OH = 2[Cu(NH3)4]2+ + SO42- + 2OH- + 8H2O Misning ammiakli kompleksiga kislota qo’shilganda NH3 molekulalarining H+ ionlari bilan bog’lanib, barqaror NH4+ kompleksini hosil qilishi natijasida u parchalanadi. Bunda ko‘k tusli eritma havo rangga kiradi (Cu2+ ionining rangi).2. Natriy tiosulfat bilan o‘tkaziladigan reaksiya.Natriy tiosulfat ozgina kislota qo’shilgan mis tuzi eritmasiga qo’shilganda, kompleks tuzning hosil bo‘lishi sababli eritma rangsizlanadi.Agar eritma qizdirilsa, Cu2S va oltingugurt aralashmasidan iborat bo‘lgan to’q qo‘ng’ir cho‘kma hosil bo‘ladi: 2Cu2+ + 2S2O32- + 2H2O =Cu2S↓ + S↓ + 4H+ + 2SO42-Kislotali muxitda Cd2+ ion natriy tiosulfat ta’sirida sulfid cho‘kmasini hosil qilmaydi va shuning uchun bu reaksiyadan Cu2+ ionini Cd2+ ionidan ajratishda foydalanish mumkin.



VI. Simob (II) kationining xususiy reaksiyalari.Hg tuzlari zaharli hisoblanadi.2. Qalay (II) xlorid bilan o‘tkaziladigan reaksiya. Simob (II) tuzlari eritmasi SnCl2 ta’sir ettirilsa, avval oq cho‘kma Hg2Cl2 hosil bo‘ladi, u esa mo‘l miqdordagi reaktiv ta’sirida asta – sekin kul tusiga kiradi, ya’ni [Hg2]2+ metall simobgacha qaytariladi.Reaksiyaning borishi quyidagi tenglamalar bilan ifodalanishi mumkin:2HgCl2 + SnCl2 = Hg2Cl2↓ + SnCl4 Hg2Cl2↓ + SnCl2 = 2Hg↓ + SnCl4

VII. Kadmiy kationining xususiy reaksiyalari.

1. O‘yuvchi ishqorlar NaOH va KOH kislotalarda eriydigan oq cho‘kma Cd(OH)2 ni hosil qiladi.

2. NH4OH bilan boradigan reaksiya.Ammiak NH4OH Cd2+ ioni bilan o‘zaro ta’sirlashib, Cd(OH)2 cho‘kmani hosil qiladi; bu cho‘kma mo‘l reaktivda erib, ammiakli kompleksni hosil qiladi:

Cd2+ + 2OH- =Cd(OH)2

Cd(OH)2↓ + 4NH4OH = [Cd(NH3)4]2+ + 2OH- + 4H2O

[Cd(NH3)4]2+ kompleks [Cu(NH3)4]2+ dan rangsizligi bilan farq qiladi. Bu komplekslarning hosil bo‘lishidan analiz davomida Cu2+ va Cd2+ ionlarini Bi3+ ionlaridan ajratib olishda foydalaniladi; Bi3+ ionlar NH4OH ta’sirida ortiqcha miqdordagi ammiakda erimaydigan asosli tuz cho‘kmasini hosil qiladilar.



4.5Birinchi guruh kationlar (K,+ Na+, NH4+, Mg2+). Kaliy, natriy, ammoniy kationi uchun xususiy reaksiyalar I. Калий катионининг хусусий реакциялари1. Натрий гидротартрат билан ўтказиладиган реакция.

NaHC4H4O6 калий ионлари билан калий гидротартрат-ок кристалл чўкмасини хосил килади:

KCl + NaHC4H4O6 = KHC4H4O6↓ + NaCl

K+ + HC4H4O6- = KHC4H4O6

Кислота ва ишкорларда эриши:

KHC4H4O6 + HCl = H2C4H4O6 + KCl

KHC4H4O6 + KOH = K2C4H4O6 + H2O

KHC4H4O6 + NaOH = КNaC4H4O6 + H2O



Реакциянинг бажарилиши: калий тузининг 2-3 томчи эритмасига шунча реактив кўшилади.Пробиркани совук сув окимида совутиб туриб шиша таёкча билан пробирка деворининг ички юзаси ишкаланиб турилади.Текширилаётган эритма нейтрал бўлиши лозим, чунки кислотали мухитда калий гидротартрат чўкмаси тартрат кислота хосил килиб эрийди, ишкорий мухитда эса сувда осон эрийдиган ўрта ёки иккиламчи туз хосил килади.2. Натрий кобальтонитрит билан ўтказиладиган реакция.Na3[Co(NO2)6] нейтрал ёки кучсиз кислотали эритамдан калий натрий кобальтонитритни сарик чўкма тарзида чўктиради.

3Na+ + [Co(NO2)6]3- + 2KCl = K2Na[Co(NO2)6]↓ + 2NaCl

2K+ + Na+ + [Co(NO2)6]3- = K2Na[Co(NO2)6]↓

Реакциянинг бажарилиши калий тузининг 2-3 томчи эритмасига шунча реактив кўшилади.

Реакция сезилувчандир.



II. Натрий катионининг хусусий реакциялари.

1. Калий дигидроантимонат билан килинадиган реакция.

KH2SbO4 натрий ионлари билан натрий дигидроантимонатнинг ок кристалл чўкмасини хосил килади.

NaCl + KH2SbO4 = NaH2SbO4↓ + KCl

Na+ + H2SbO4- = NaH2SbO4

Агарда чўкма бирданига тушмаса пробирка деворларини шиша таёкча билан ишкаланг, шундан кейин ок рангли чўкма тушади.Бу реакцияни тубандаги шароитларда бажариш керак;а) Na+ - катионини очадиган эритма концентрланган бўлиши керак;б) эритма нейтрал ёки кучсиз ишкорий бўлиши керак кислотали шароит Na+ катионини очишга тўскинлик килади, чунки реактивнинг ўзи кислотали шароитда ок рангли аморф чўкма хосил килади.

KH2SbO4 + HCl = HSbO3↓ + KCl + H2O



III. Аммоний катионининг хусусий реакциялари.

1. Ишкорлар билан ўтказиладиган реакциялар.

Аммоний тузлари ўювчи ишкорлар NaOH ва KOH билан кўшиб киздирилганда аммиак ажралиб чикади.

NH4Cl + KOH = KCl + H2O + NH3↑ NH4+ + OH- = H2O + NH3

Бу газнинг ажралишини куйидагича билиш мумкин:а) хидидан – ўткир хидлиб) пробирка огзига тегизмасдан хўлланган лакмусли когозни туширинг у кўкаради.NH3 + H2O = NH4OHв) пробирка огзига тегизмасдан хлорид кислотага хўлланган шиша таёкчани туширинг, ок тутун хосил бўлади:NH3 + HCl = NH4Cl2. Несслер реактиви билан ўтказиладиган реакция.Несслер реактиви (K2[HgI4] билан КОН аралашмаси) аммоний ионлари билан аксодимеркураммоний йодиднинг кизил-кўнгир чўкмасини хосил килади.

Hg

NH4Cl + 2K2[HgI4] + 4KOH = [O NH2] I + 3H2O + 7KI +KCl



Hg

Реакция жуда селувчан бўлиб, одатда калий ва натрий ионларини топишга халакит берадиган аммоний ионлари йўклигига ишонч хосил килиш зарур бўлганда кўлланилади. Калий ва натрий ионлари аммоний ионларини топишга халакит бермайди.Реакциянинг бажарилиши. Аммоний тузининг 1 томчи эритмасига 5-6 томчи сув ва 1-2 томчи Несслер реактиви кўшилади. Кизил – кўнгир рангли чўкма хосил бўлиши кузатилади(NH4+ нинг концентрацияси паст бўлса, эритма тўк сарик рангга киради) 3. Аммоний ионларини йўкотиш.Аммоний тузлари киздирилганда парчаланади; бунда аммоний тузлари учиб чикиб кетади.Бундан аммоний ионларини эритмадан йўкатишда фойдаланилади:NH4Cl = NH3 + HClРеакциянинг бажарилиши: тигелга ёки чинни касочага таркибида биринчи аналитик группанинг хамма катионлари бўлган эритмадан 5-6 томчи солиниб, куригунча эхтиёткорлик билан буглатилади ва курук колдик ок «тутун» ажралиб чикиши тугагунча киздирилади. Тигель совугач, курук модданинг бир неча заррачалари 3 – 4 томчи сувда эритилади ва ишкор ёки Несслер реактиви билан тажриба килиб кўрилади.



IV. Магний катионининг хусусий реакциялари.1. Ўювчи ишкорлар билан реакцияси.Ўювчи ишкорлар Mg2+ ионлари билан гидроксиднинг билан аморф чўкмасини хосил килади:Mg2+ + 2OH- → Mg(OH)2↓Чўкма кислоталарда ва аммонийли тузларда эрийди. Мg(OH)2 нинг аммонийли тузларда эриши массалар таъсири конуни билан тушунтирилади.Реакциянинг бажарилиши: Магний тузининг 2 – 3 томчи эритмасига шунча микдорда ишкор эритмаси куйилади.

  1. Петрошень реакцияси.

Иодли сув ишкор иштирокида магний ионлари билан кизил кўнгир чўкма беради.Реакциянинг бажарилиши: 2 томчи иодли сувга 1 томчи ўювчи ишкор кўшилади ва суюклик рангсизлангунча аралаштирилади:I2 + 2NaOH → NaI + NaIO + H2O Cўнгра магний тузи эритмасидан 1 томчи кўшилади ва кизил – кўнгир чўкма хосил бўлиши кузатилади. Магний ионлари ишкорнинг гидроксид ионлари ни боглайди ва мувозанат чапга сурилади. Ажралиб чиккан эркин иод магний гидроксидга адсорбиланади ва чўкмага кизил – кўнгир ранг беради.MgCl2 + 2NaOH → Mg(OH)2↓ + NaCl
Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish