1 Analitik rеaksiyalarning qaytarligi va ularga massalar ta'siri qonunining qo’llanilishi. Muvozanat konstantasi



Download 496 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2020
Hajmi496 Kb.
#38684
1   2   3   4   5
Bog'liq
analitik kimyo tóliq


Fe3+ ionini va Al3+ kationidan ajratish.3-punktdagi usulda olingan cho’kma 5-6 tomchi 6 n li NaOH da eritiladi , uni sekinroq qizdirib va aralashtirib turgan holda 5-6 tomchi 3% li H2O2 eritmasidan tomiziladi.Fe(OH)3 cho’kmasi sentrafugalash yo’li bilan ajratiladi.Sentrafugat alyuminiy ionini aniqlash uchun ishlatiladi. Al3+ kationini aniqlash. Sentrafugat (4-punktdagi) ishqoriy muhitga ega , shuning uchun alyuminiy alyuminat anioni AlO2- ko’rinishida bo’ladi.Alyuminiyni kation holatga o’tkazish zarur.Buning uchun eritmada 3-5 tomchi olib, unga muhitni kislotali (pH ≤4 ) bo’lguncha 2 n li sulfat kislota eritmasidan qo’shiladi.So’ngra muhit kuchsiz ishqoriy (pH≈9) bo’lguncha NH4OH eritmasidan qo’shiladi va aralashma suv hammoida qizdiriladi.Eritmada Al3+ mavjud bo’lsa, oq cho’kma Al(OH)3 hosil bo’ladi . Cho’kma sentrafugatlab ajratiladi, yuviladi va sirka kislatada eritilib Al3+ kationi uchun alizarin yordamida sifat reaksiya o’tkaziladi.Zn2+ kationini aniqlash.Ammiakli eritmadan iborat sentrafugatga (3-punkt) muhit kuchsiz kislotali bo’lguncha xlorid kislota eritmasidan qo’shiladi.Xosil bo’lgan eritmaning 8-10 tomchisiga CaCO3 kukunidan solinadi va aralashma chayqatiladi. Korbanat angidrid gazi ajralib chiqishi tugagandan keyin hosil bo’lgan cho’kma sentrafuga yordamida ajratiladi.Sentrafugatga 2-3 tomchi 0.05 n li xlorid kislota tomiziladi va qizdiriladi , so’ngra 2-3 min davomida vodorod sulfide yuboriladi. 2 n li xlorid kislota da eriydigan oq cho’kma hosil bo’lishi eritmada Zn2+ kationlari borligini bildiradi.Cr3+ kationini aniqlash. Eritmada xrom ionlari bo’lsa , u eritmaning bir qismidan foydalanib aniqlanadi.Bunda 4 punktda olingan sentrafugatdan foydalanish mumkin. Xrom ionlarini aniqlash vodarod peroksid qo’llaniladigan metoddagi (4 punktdaga qarang) kabi bajariladi. Eritmada xromat CrO42- ionlarining mavjudligi alyuminiy kationini aniqlashga halal bermaydi.Co2+ va Ni2+ ionlarini aniqlash. Tekshirilayotgan eritmada Co2+ va Ni2+ ionlari bo’lsa,ular quyidagi tartibda aniqlanadi.a) Co2+ ionini aniqlash. Analitik reaksiyani dastlabki sinovlar qatorida ham o’tkazish mumkin. Uchunchi gruppa kationlari aralashmasidan iborat eritmadan 2 tomchi olib unga 8-10 tomchi NH4CNS ning to’yingan eritmasidan yoki quruq kristallaridan bir necha bo’lak tashlanadi. Rodanid CNS- ionlarining konsentratsiyasining yuqori bo’lishiga sabab [Co( CNS )4]2- kompleksining beqaror modda ekanligidir, ya’ni ortiqcha rodanid ionlari ta’sirida kompleks ionning dissosiyalanish darajasi kamayadi.Eritmaga reaktiv ta’sir ettirilganda temir rodanid hosil bo’lib, eritma qizaradi.Fe3+ kationlarini [FeF6]3- kompleks holida bog’lash uchun eritmaga ammoniy ftorid NH4F yoki natriy ftorid NaF dan qizil rang yo’qolguncha qo’shiladi.So’ngra 6-7 tomchi amil spirt qo’shib aralashma yaxshilab chayqatiladi.Amil spirt qavatining ko’k rangga bo’yalishi ( NH4)[Co( CNS)4 ] hosil bo’lganligini bildiradi, u eritmada Co2+ kationi mavjudligini belgisidir.Tajribani amil spirt o’rnida efirdan foydalanib o;tkazish ham mumkin.b)Ni2+ ionini topish. 3-punktdagi tartibda olingan ammiakli eritmada uchunchi gruppa kationlarining ikkinchi gruppachasi kationlari bn birgalikda Ni2+ ioni ham bo’lishi mumkin.Anashu sentrafugat dan 2 tomchi olib , unga 3-4 tomchi chugayev reaktivi (dimetilglioksim) qo’shib chayqatiladi.Lola rang qizil cho’kma ichi kompleks birikmaning hosil bo’lishi eritmada Ni ionlari borligini bildiradi.

3.5. Iоnlаnish dаrаjаsi vа iоnlаnish kоnstаntаsi, eritmа pH ini hisоblаsh. Tuzlarning gidrolizi hodisasidan kimyoviy analiz keng miqyosda har xil maqsadlarda foydalaniladi, jumladan suvli eritmalarning kislotaliligi yoki ishqoriyligini kuchaytirish uchun foydalaniladi. Masalan, suvli eritmalarning ishqoriyligini oshirsh (yoki kislotaliligini kamaytirish) uchun ularga natriy asetat yoki karbonat qo’shiladi. Bu tuzlar erkin gidroksid ionlarini xosil qilib gidrolizlanadi, binobarin, tekshirilayotgan eritmaning pH qiymati ortadi. Suvli eritmaning kislotaliligini oshirish (yoki ishqoriyligini kamaytirish) uchun ularga kuchli kislotalarning ammoniyli tuzlari (odatda NH4Cl) qo’shiladi, chunki bu tuzlar gidrolizlanganda erkin vodorod ionlarini xosil qilib, bu H+ ionlari analiz qilinayotgan eritmalari pH qiymatini kamaytiradi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz gidrolizlanuvchi har xil eritmalarning pH va pOH qiymatlarini hisoblab chiqarish tenglamalarini keltirib chiqarishimiz kerak.1.Kuchsiz asoslarning kationlari va kuchli kislota anionlarida hosil bo’lgan gidrolizlanuvchi tuzlar eriteritmalarining pH va pOH qiymatlarini keltirib chiqarish.Bunday turdagi tuzlarning gidrolizi katoin bo’yicha boradi va umumiy ko’rinishda quyidagi shema bilan ifodalash munkin: K++OH- KOH +H+ Ionli tenglamadan shu narsa ma’lumki, [KOH]=[H+] va ko’paytma [KOH]*[H+]+ deb hisoblash munkin. Shunday tarkibli tuzlar gidrolizi nisbatan kam (h=0,01) bo’lganligi uchun, gidrolizlanmagan kationlar konsentratsiyasini tuzning umumiy molyar konsentratsiyasiga teng deb olish munkin,yani [K+] =Ctuz. Qabul qilingan ifodalarni gidroliz konstantasi tenglamasiga qo’yilsa, quyidagi tenglama kelib chiqadi: bo’lganligi uchun, Vodorod ionlari konsentratsiyasi [H+] dan pH qiymatiga o’tish uchun hosil qilingan tenglamani logarifmlab, ishorasini teskariga almashtirilsa, quyidagi tenglama kelib chiqadi. - lg[H+]= -  (lgKH2O +lgCtuz-lgKKtOH pH =  (14+ lgKKtOH - lgCtuz). Yoki pH=7+lgKasos - lgCtuz

Eritmaning pOH i suvning ion ko’patmasidndan topiladi pH+pOH=pKSuv; pKSuv=14Bu yerdan, pOH=14~ pH 1-misol. Ammoniy bromidning 0,09 eritmasining pH va pOH qiymatini hisoblang. Echish: 1).Ammoniy bromidning gidroliz reaksiyasi tenglamasi yoziladi:NH4Br+HOH NH4OH+HBr qisqartirilgan ionli shakld NH4++HOH NH4OH+H+

Bu tuz eritmasining pH qiymati quyidagi tenglamadan topiladi pH=7+lgKNH4OH - lgCNH4Br

Jadvaldan KNH4OH=1,76*10-5 ekanligini topamiz. Tuzning ekvivalent massasi mol massasiga teng, 0,09N=0,09M

pH=7+lg(1,76*10-5) - lg0,09=7-2,377+0,0438=5,66

2) Endi ammoniy bromid eritmasining pOH qiymati hisoblanadi:

pOH =14- pH; pOH =14-5,66

Kuchli asosning kationi va kuchsiz kislotaning anionidan xosil bo’lgan tuzlarning pOH va pH qiymatlarini xisoblash tenglamalarini keltirib chiqaradi.

An-+HOH HAn+OH-

Ionli tenglamaga asoslanib, kislotaning konsentratsiyasi [Han]=[OH-], gidroliz mahsulotlari konsentratsiyalari ko’paytmasi [HAn]* [OH-]=[OH-]2 deb hisoblash munkin.

Shuningdek [An- ]=Ctuz bo’ladi va bu ifodalarni gidroliz konstantasi tenglamasiga kiritilsa

kelib chiqadi.

bundan


[OH-]=

Gidroliz konstantasining o’zi Kgid= ekanligini hisobga olsak, unda quyidagiga ega bo’linadBu tenglamani logarifmlansa va ishorasini teskarisiga almashtirilsa:

-lg[OH-]= - (lgKsuv+lgCtuz-lgKkisl

pOH=7 +pKkisl -lgCtuz

kelib chiqadi.

Eritmaning pH qiymatini quyidagicha toppish munkin

pH=14-pOH

4.1Аnаlitik rеаksiyalаrning sеzgirligi Barcha kimyoviy reaktsiyalar muayyan sharoitlarda o’tkazilishi kerak.

Undan chetga chiqish noto’g’ri natijalarga olib keladi. Reaktsiya amalga oshadigan muhit reaktsiyaning natijasiga ta‘sir etadigan muhim omillardan biridir.Masalan: NH4 li muhitda Ag+ni AgCI holida cho’kmaga tushirib bo’lmaydi. SHuning uchun analitik reaktsiyalarni o’tkazishdan avval muhitning рН ni aniqlash kerak.Ma‘lum рН qiymatiga ega bo’lgan muhit yaratish maqsadida ishqor yoki qislotalardan foydalanish mumkin. Analitik reaktsiyalarni amalga oshirishda temperatura ham sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Ba‘zi bir reaktsiyalarni sovuqda ayrimlarini xona temperaturasida, yana boshqalarini yuqori temperatura sharoitda o’tkazishga to’g’ri keladi. Masalan , Na+ va К+ionlarini cho’ktirish reaktsiyasi sovuqda olib boriladi. Kontsentratsiya ham reaktsiya tezligiga ta‘sir qiluvchi muhim omillardan biridir. Agar aniqlanayotgan ionning kontsentratsiyasi ushbu reaktiv ta‘sirida topilishi mumkin bo’lgan minimal kontsentratsiyadan kam bo’lsa, u holda reaktsiya ijobiy natija bermaydi. Qo’shilayotgan reaktiv ta‘sirida hosil bo’ladigan birikma o’ta to’yingan birikma hosil qiladigan miqdorda bo’lishi kerak, ana shundagina cho’kma hosil bo’ladi.Analitik reaktsiyalar sezgir bo’lishi kerak. Reaktsiyaning sezgirligi qancha yuqori bo’lsa, u shuncha kam miqdordagi moddani aniqlashga imkon beradi.Reaktsiyaning sezgirligi topilish minimumi va minimal (yoki chegara) kontsentratsiya (va chegara suyultirish) bilan harakterlanadi.Topilish minimumi. Modda yoki ionning ayni reaktsiya yordamida ma‘lum sharoitda topilishi mumkin bo’lgan eng kichik miqdori uning topilish minimumi deb ataladi. Topilish minimumi grammning milliondan bir o’lushlari, ya‘ni mikrogrammlar (mgr) bilan ifodalanadi. Analitik kimyoda u yoki bu elementga xos (xususiy) reaktsiyalar alohida ahamiyatga ega. Xususiy reaktsiya ushbu ionni boshqa ionlar ishtirokida ham aniqlash imkonini beradi Masalan: kraxmalning yod ta‘sirida ko’qarishi, ammoniy tuzlariga ishqorlar ta‘sir ettirilganda ammiak gazining ajralib chiqishi reaktsiyalar bunga misol bo’ladi.Agar ionlar aralashmasiga qo’shilgan reaktiv faqat ba‘zi ionlar bilan reaktsiyaga kirishsa bunday reaktsiyalar selektiv reaktsiyalar deb ataladi.Masalan: (NH4)2C2O4 tuzi kationlar aralashmasiga qo’shilganida faqat Сa2+, Ba2+,Sr2+,n2+ kationlar bilan reaktsiyaga kirishadi.



4.2Gеtеrоgеn sistеmаdаgi muvоzаnаt Bir-biridan sirt chegaralari bilan ajralgan moddalar sistemasi geterogen sistema deb ataladi. Geterogen sistemalarda bo’ladigan reaksiyalarning muvozanat konstantalarini ko’rib chiqamiz. Geterogen sistemalardagi kimyoviy muvozanat uchun massalar ta’siri qonunini tatbiq etishda qo’shimcha kiritishga to’g’ri keladi: suyuq va qattiq fazalardagi moddalarning gaz fazadagi parsial bosimlari o’zgarmas qiymatlar muvozanat konstantasi ifodasiga kiritilmaydi. Geterogen sistemada faqat gazsimon qisimning parsial bosimgina (yoki eritma konsentratsiyasigina muvozanat konstanta ifodasiga yoziladi.). Misol tariqasida ohaktosh (kalsiy karbonat) ning parchalanishni ko’rib chiqamiz. Ohaktosh SaSO3 berk idishda qizdirilsa:SaSO3 = SaO + SO2Reaksiya sodir bo’lib, muvozanat haror topadi. Agar bu reaksiya gaz fazada gomogen reaksiya sifatida sodir bo’lsa edi, uning muvozanat konstantasi quyidagi tenglama bilan ifodalanar edi.Lekin geterogen sistemali kalsiy oksid va kalsiy karbonat bug’larining bosimi (Ra SO) ayni haroratda o’zgarmas kattaliklar bo’lgani uchun, ularning nisbatini o’zgarmas qiymat bilan almashtirishimiz mumkin.U vaqtida; Km = K * RSO2, Bundan RSO2 = Sonst kelib chiqadi.Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, SaSO3 parchalanganda hosil bo’lgan SO2 ning bosimi istalgan temperturada aynan shu haroratga mos bo’lgan o’zgarmas kattalikdir. Bu bosim SaSO3 ning dissotsiyalanish bosimi yoki bug’ bosimi deb ataladi. Uning qiymati faqat haroratga bog’liq, lekin sistemadagi SaSO3 va SaO miqdoriga bog’liq emas. Misol tariqasida SO2 bilan cho’g’ holatdagi ko’mir orasidagi reaksiya SO2 + S = 2SONing muvozanatini qarab chiqamiz.Bu reaksiyaning muvozanat konstantasi ifodasiga S ning konsentratsiyasi yozilmaydi, chunkiuning konsentratsiyasi doimiy sondir, demak:Reaksiyaning boshlanish davridagi tezligi, reaksiya uchun olingan dastlabki moddalar konsentrasiyalari kupaytmasi bilan aniklanadi, bunda tugri reaksiyaning tezligi maksimal kiymatga ega buladi. Teskari reaksiya tezligi esa 0 ga teng buladi. Tugri reaksiya tezligi vakt utishi bilan kamayadi, chunki H2 va J2 konsentrasiyalari kamayib boradi va HJ maxsulotning konsentrasiyasi ortib boradi, shuning uchun teskari reaksiya tezligi hxam ortadi. Nixoyat, shunday bir payt keladiki, bunda V1=V2 buladi va sistemada kimyoviy muvozanat karor topadi. Demak, vakt birligida xosil bulayotgan va parchalanayotgan HJ molekulalarining soni bir biriga teng bo’ladi: V1=V2 yoki K1[H2][J2]=K2[HJ]2 yoki K1 va K2 o’zgarmas qiymatlar bo’lgani uchun ularning nisbatlari ham o’zgarmas qiymatdir, ya'ni:bu yerda, K- kimyoviy muvozanat konstantasi deyiladi. Umumiy holda qaytar reaksiya aA+bB=cC+dD uchun muvozanat konstantasi quyidagichaAgar kimyoviy muvozanatda turgan sistemaga, reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan birortasini qo’shsak, tugri va teskari reaksiya tezliklari o’zgaradi, vaqt o’tishi bilan asta-sekin yana muvozanat qaror topadi. Yangi muvozanat xolatda reaksiyada ishtirok etayotgan hamma moddalarning konsentrasiyalari dastlabki konsentrasiyalardan farq qiladi, lekin muvozanat konstanta o’zgarmay qoladi.Reaksiya muhiti o’zgartirilmasa, muvozanat holat o’zgarmaydi. Kimyoviy muvozanatga quyidagi parametrlar ta'sir etadi.1) Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentrasiyasi.2) temperatura.3) bosim (gazsimon moddalar bulsa).(Katalizator esa fakat reaksiya tezligini uzgartiradi).Ushbu parametrlarning birortasini o’zgarishi kimyoviy muvozanatni siljishiga olib keladi. Tashqi faktorlar (bosim, temperatura, moddalar konsentrasiyasi) dan birortasini o’zgarishi natijasida muvozanatni qaysi tomonga siljishini Le-Shatelye prinsipi (1884 y) quyidagicha ifodalaydi;kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada biror tashqi parametrdan biri (temperatura, bosim yoki kinsentrtratsiya) o’zgartirilsa, kimyoviy muvozanat shu o’zgargan ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomonga siljiydi. Reaksiyaga ta'sir etuvchi faktorlarni ko’rib chiqaylik.Tashqi muhitni (bosim, temperatura va moddalar konsentratsiyasini) o’zgartirish orqali muvozanatda turgan sistemaning tarkibini o’zgartirish, ya’ni muvozanatni siljitish mumkin. Muvozanatning siljishi 1884-yilda ta’riflangan umumiy qoidaga – Le Shatelye prinsipiga bo’ysunadi.

4.3Ikkinchi guruh kationlari. Bariy, stronsiy, kalsiy kationlari uchun xususiy reaksiyalar I. Bariy kationining xususiy reaksiyalari.

1. Kaliy xromat bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar.K2CrO4 bariy ionlari bilan xlorid va nitrat kislotalarda eriydigan, lekin sirka kislotada erimaydigan bariy xromatning sariq cho‘kmasini xosil qiladi:BaCl2 + K2CrO4 = BaCrO4↓ + 2KCl Ba2+ + CrO42- =BaCrO4 HCl da erishi: BaCrO4 + 2HCl = BaCl2 + H2CrO4Reaksiyaning bajarilishi: 2 – 3 tomchi bariy xlorid yoki nitratga shuncha kaliy xromat quyiladi. Bariy xromatning sariq cho‘kmasi tushishi kuzatiladi.

2. Kaliy bixromat bilan o‘tkaziladigan reaksiya.K2Cr2O7 bariy ionlari bilan bariy xromat BaCrO4 ning sariq cho‘kmasini xosil qiladi. Bu K2Cr2O7 eritmasida doim Cr2O72- ionlaridan xosil bo‘ladigan CrO42- ionlari borligi bilan izoxlanadi:Cr2O72- + H2O = 2CrO42-+2H+Bariy ionlarini kiritilganda BaCr2O7 emas, balki kam eruvchan tuz sifatida BaCrO4 cho‘kmasi xosil bo‘ladi (EK EKdan kichik). Kaliy bixromat chala cho‘ktiradi, chunki bariy xromat ajralib chiqayotgan xlorid kislotada eriydi:BaCl2 + K2Cr2O7 + H2O = 2BaCrO4↓ + 2KCl + 2HClKaliy bixromat kuchli kislotali eritmalardan bariy ionlarini cho‘ktirmaydi (CrO42- ionlarining konsentratsiyasi juda kichik va EK kiymatiga erishib bo‘lmaydi). Bariy ionlarining amalda to‘lik cho‘ktirish uchun eritmaga natriy atsetat CH3COONa qo’shish zarur. Natriy atsetat qo’shish xlorid kislotani cho‘kmani eritmaydigan sirka kislotaga almashtirish demakdir:CH3COONa + HCl = NaCl + CH3COOH
Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish